Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Tayanch tushunchalar



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/12
tarix19.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#153432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Didaktika- ma ruza

Ta’lim tamoyillari. Ta’lim qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadi. Ta’lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta’limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari.
Ta’limning xususiy qoniniyatlariga gnoseologik, psixologik, kibernetik, sotsiologik, tashkiliy qonuniyatlar kiradi. Ta’lim yamoyillari o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang’ich qoidalardir. Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillarga quyidagilar kiradi: insonparvarlashtirish; tabiat bilan uyg’unlik; madaniyat bilan uyg’unlik; ilmiylik; ta’limning fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi; ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi. Ta’limni insonparvarlashtirish – uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o’zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirishdir. Shaxsning rivojlanishi va o’quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning insonparvarlik mazmuniga yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish, uning bilish bilan qo’shiluvi va madaniyatni o’zlashtirishi hammahammasi so’nggi yillarda sezilarli shakllandi. Mazkur yo’nalishda so’nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat’iy belgilash, ularga qattiq ta’sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega bo’lmagan qarashlardan voz kechish yordamida ko’plab innovatsiyalar yo’naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qarama-qarshi o’laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilishga yo’naltirilgan, unda mustaqillikni shakllantiruvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar orasida insonparvar, ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirish qoidalaridan foydalanish, «ta’limni insonparvarlashtirish», ya’ni insonparvarlik tamoyili yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta’lim esa, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb nomlanadi. Ta’limning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g’oyasiga asoslanadi. O’quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo’lishini ta’minlaydi. Umuman olganda, ta’lim jarayoni bolaning rivojlanishi, ya’ni tabiati bilan uyg’un bo’lishi lozim.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə