Dnk va rnk translatsiya



Yüklə 224,75 Kb.
səhifə6/14
tarix24.12.2023
ölçüsü224,75 Kb.
#159478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Genetika masalalar to’plami-hozir.org

Chala domenantlik
1. Odamlarda sochning jingalak bo'lishi(J), tekis bo'lishi(j) geni ustidan chaladominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotali sochi to'lqinsimon bo'ladi. Sochlari to'lqinsimon bo'lgan ayol, sochlari tekis bo'lgan erkakka turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotip va genotipi qanday?

A) 100% to'lqinsimon; Jj


B) 75% jingalak; 25 % silliq; Jj, jj
C) 50 % jingalak va 50 % silliq; JJ, jj
D) 50 % to'lqinsimon va 50 % silliq; Jj, jj
2. Qaysi belgilar chala dominantlik holda irsiylanadi?

1- nomozshom gulining rangi;


2- qulupnay mevasining rangi;
3- qushlar patining tuzilishi;
4- andaluz tovuq patinng rangi;
5- no'xat urug'ining rangi.
A) 3,4,5 B) 1,2,5 C) 1,2,3,4 D)l,4,5
3.Nomozshomgul o'simlik gulining rangi qanday irsiylanadi?

A) to'liq birikish B) chala birikish


C) chala dominantlik D) toliq dominantlik
4.Andaluz tovuq patining rangi...

A) to'liq dominant xarakterga ega


B) oraliq xarakterga ega
C) komplementarlik xarakterga ega
D) polimer ta'sirga ega
5,Mendel gametalar sofligi gipotezasini ta'riflab bergan vaqtlarda qaysi hodisalar hali malum emas edi?

A) mitoz va meyoz


B) gametalarning rivojlanishi
C) faqat mitoz
D) gametalarning rivojlanisni, mitoz va meyoz
6. Qaysi holatda F2 da genotip va fenotip bo'yicha ajralish 1:2:1 nisbatda bo'ladi?
A) tahliliy chatishtirishda
B) to'la; dominantlikda
C) chala dominantlikda
D) epistazda
7.Bir juft belgisi bo'yicha geterozigota organism tahliliy chatishtirilganda fenotip bo'yicha qanday nisbatda xilma-xillik yuzaga keladi?

A) 1:1 B) 1:1:1:1 C) 3:1 D) 9:3:3:1


8. Odamlarda sochning jingalak bolishi (J), tekis bo'lishi (j)geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotalilarning sochi to'lqinsimon bo'ladi. Sochlari to'lqinsimon bo'lgan ayol, sochi tekis bo'lgan erkakga turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotipi va genotipini aniqlang.

A)75% jingalak va 25% silliq; JJ, Jj, jj


B) 100% to'lqinsimon Jj
C)50% to'lqinsimon va 50% silliq; Jj, jj
D)50% jingalak va 50% silliq; JJ.jj
9. G'o'zada tolasining qo'ng'ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvot rangda bo'ladi. Qo'ng'ir tolali bilan oq tolali g'o'za navlari chatishtirilganda F1 da 1800 ta o'simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi novvot rangda boladi?

A) 1800 B)450 Q900 D)1450


10 .Monoduragay chatishtirishning oraliq irsiylanishida F2 da fenotip va genotip jihatdan nisbat qanday bo'ladi?

A) 3:l B) l:2:l C) 3:lva 1:2:1 D) 9:3:3:l


11. Ajralishning qaysi biri dominantlikning oraliq shakliga xos?

A)9:3:3:l B) 1:2:1 C) 1:4:6:4:1 D)3:l


12. Malla tolali g'o'za navi oq tolali g'o'za navi bilan chatishtirilganda hosil bo'lgan duragaylarni o'zaro (1) va (2) oq tolali g'o'za navi bilan chatishtirildi. Birinchi avlod duragaylari rangi va ularni 2 xil chatishtirish natijasida olingan genotipik nisbatni aniqlang.

A) malla; 1:2:1; 1:1


B) novvotrang; 1:2:1; 1:1;
C) novvotrang; 3:1; 1 :1
D) mallarang;l:2:l;l:l:l:l;
13.Tajribada pushti gulli nomoshomgullar
chatishtirilib, 1:2:1 nisbatda qizil,pushti va oq rangli gullar olindi. Ota-ona genotiplari qaysi javobda to'g'ri berilgan?
A)RR x rr B)Rr x rr C)RR x Rr D)RR x Rr
14.Tahliliy chatishtirish natijasida birinchi bo'g'inda bir xillik kuzatilsa, bu holda genotipi noaniq bo'lgan organizmning genotipi qanday bo'ladi?

A)retsessiv gomozigotali


B)dominant gomozigotali
C)geterozigotali D)gemizigotali
15.Tahliliy chatishtirish natijasida birinchi bo'g'inda genotip va fenotip bo'yicha 1:1 nisbatda ajralish yuzaga kelsa, bu holda genotipi noaniq bo'lgan organizmning genotipi qanday bo'ladi?

A)retsessiv gomozigotali


B)dominant gomozigotali
C)geterozigotali
D)gemizigotali
16. Kulrang rangli shortgorn zotli sigir va buqalarni chatishtirish natijasida 270 ta buzoqchalar olindi. Ulardan 136 tasi ota-ona rangiga o'xshaydi. Qolganbuzoqchalarning genotipini, fenotipini va ularning miqdorini aniqlang. Bu misolda chatishtirish natijasida kulrang, oq va qora rangli mollarning ham bo'lishini etiborga oling.

A)AA, aa kulrang, oq 90 ta


B)Aa, aa qora, oq 65 ta
C)AA, aa qora, oq 67 tadan
D)Aa, Aa kulrang, qora 134 tadan
17. G'o'zada tolasining qo'ng'ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvot rangda bo'ladi. Qo'ng'ir tolali bilan oq tolali g'o'za navlari chatishtirilganda F2 dagi duragaylar orasidan 580 tasining tolasi novvot rangli bo'lgan. Duragaylardan nechtasi qo'ng'ir rangli tolaga ega?

A)1160 B)290 C)1740 D)580


18.Sochlari to'lqinsimon bo'lgan ayol sochlari tekis bo'lgan erkakga turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotipi va genotipini aniqlang

A)75% jingalak va 25% silliq; JJ, Jj, jj B)100%to'lqinsimon; Jj


C)50% to'lqinsimon va 50% silliq; Jj, jj
D)50% jingalak va 50% silliq; JJ, jj
19.Odamlarda sochning jingalak bo'lishi (J), tekis bo'lishi (j)geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotalilarning sochi to'lqinsimon bo'ladi.Oiladagi farzandlarning 25% jingalak, 50% to'lqinsimon va 25% silliq sochli. Ota-ona organizmlarning fenotipini toping.

A) jingalak to'lqinsimon B)jingalak, silliq


C) to'lqinsimon, to'lqinsimon
D) to'lqinsimon, silliq
20. Odamlarda sochning jingalak bo'lishi (J), tekis bo'lishi (j)geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotalilarning sochi to'lqinsimon bo'ladi.Sochlari to'lqinsimon bo'lgan yigit va qiz nikohidan qanday fenotip va genotipga ega bo'lgan farzandlar tug'iladi?

A) 75% jingalak va 25% silliq; JJ, Jj, jj


B) 100% to'lqinsimon; Jj
C) 50% to'lqinsimon va 50% silliq; Jj, jj
D) 25% jingalak, 50% to'lqinsimon va 25% silliq; JJ, Jj,jj
21. Odamlarda sochning jingalak bo'lishi (J), tekis bo'lishi (j)geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotalilaniing sochi to'lqinsimon boladi.Sochlari to'lqinsimon bolgan ayol jingalak sochli yigitga turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotipi va genotipini aniqlang.

A)75% jingalak va 25% silliq; JJ, Jj, jj


B)100% tolqinsimon; Jj
C)50% jingalak va 50% tolqinsimon; JJ, Jj
D)25% jingalak, 50% tolqinsimon va 25% silliq; JJ, Jj, jj
22.Pushti rangli qulupnaylarni o'zaro chatishtirilganda olingan avlodlar orasida 1500 o'simlik qizil rangli chiqdi. Duragaylar orasida taxminan nechtasi pushti rangli bolgan?

A)1500 B)3000 C)750 D)4500


23. No’xat o’simlida gulini qizil rangi oq rangga nisbatan to’liq dominantlik qiladi. Agar qizil rangi gomozigotali no’xat oq rangli no’xat bilan chatishtirilsa F1 avlodning fenotip va genotipi qanday bo’ladi?

A) fenotip bo’yicha oq; genotip bo’yicha aa


B) fenotip bo’yicha qizil; genotip bo’yicha AA C) fenotip bo’yicha pushti; genotip bo’yicha Aa D) fenotip bo’yicha qizil; genotip bo’yicha Aa
24. Pomidor o’simligini mevasini qizil rangi (A), pushti rangiga (a) nisbatan dominantlik qiladi. Quydagi chatishtirishdan qaysi birida ham qizil rangi ham pushti rangli pomidor olish mumkin?

A) AA x aa B) aa x aa C) Aa x Aa D) AA x AA


25. Ikkita belgisi bo’yicha geterozigotali, bitta belgisi bo’yicha ressesiv gomozigotali organizmni toping?

A) AABb B) RrHhJJ


C) UuEeBBLl D) DdKkww
26. Drozofila pashshasining tanasining kulrangligi (A), qoraligiga (a) nisbatan dominantlik qiladi. Geterozigotali pashshalar o’zaro chatishtirilganda F1 da 312 ta organizm hosil bo’ldi hosil bo’lgan organizmlardan nechtasi kulrang tanali pashshalar hisoblanadi?

A) 312 B) 78 C) 156 D) 234


27. Kulrang (AA) gomozigotali qo’y bilan qora rangli qo’chqorlar (aa) chatishtirilganda F2 da qanday fenotipli organizmlar kutish mumkin? A) 75 % qora, 25 % kulrang

B) 50 % kulrang, 50 % qora


C) 25 % qora, 75 % kulrang
D) hammasi kulrang
28. Quyonlarda quloq suprasining uzunligi qisqaligiga nisbatan to’liq dominantlik qiladi. Geterozigotali quyonlar chatishtirilganda avlodni 225 tasini quloq suprasi kalta bo’lgan quyonchalar tashkil etadi. Qolgan nechta quyonchalarni quloq suprasi uzun bo’ladi?

A) 675 B) 225 C) 900 D) 450


29. Oldingi masala bo’yicha F1 jami qancha quyonchalar olingan?

A) 675 B) 225 C) 900 D) 450


30. Drozofila pashshasining tanasining kulrangligi (A), qoraligiga (a) nisbatan dominantlik qiladi. Geterozigotali pashshalar o’zaro chatishtirilganda F1 da fenotip bo’yicha nisbat qanday bo’ladi?

A) 1:1 B) 1:2:1 C) 3:1 D) 2:1


31. Odamlarda qo’y ko’z kulrang ko’zga nisbatan dominatlik qiladi. Qo’y ko’zli yigit kulrang ko’zli qiz bilan turmush qursa ulardan tug’ulgan farzandlarini genotiplari qanday bo’ladi? (yigitni otasi bu belgi bo’yicha geterozigota, onasini esa bu belgi bo’yicha resessiv)

A) Aa, AA B) aa C) Aa, aa D) Aa, Aa


32. Ipak qurtining urug’ining qoramtir rangi oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotali kapalaklar chatishtirilganda 90 ta qoramtir rangi kapalaklar hosil bo’ldi. Ulardan nechtasi xuddi ota-onaga o’xshash genotipga ega?

A) 90 B) 30 C) 120 D) 60


33. Qaysi chatishtirishda 1:2:1 nisbat kutish mumkin?

A) AA x aa B) aa x aa C) Aa x Aa D) AA x AA


34. Quyonlarda xurpaygan jun (A) silliq junga (a) nisbatan dominantlik qiladi. Geterozigotali quyonlar chatishtirilganda F1 da 120 ta quyon olindi. F1 dagi dominant va resessiv gomozigotali quyon o’zaro chatishtirilganda F2 da 45 ta quyon olindi. F1 va F2 dagi ota-onaga o’xshash genotipga ega quyonlar qanchani tashkil etadi?

A) 105 B) 45 C) 165 D) 75


35. Qaysi chatishtirishda 100 % uzun quloqli quyonlar olish mumkin?

A) Aa x Aa B) aa x aa C) Aa x aa D) AA x Aa


36. Odamlarda braxidaktiliya (kalta barmoqlik) normal barmoqqa nisbatan dominantlik qiladi. Normal barmoqli yigit braxidaktiliya bilan kasallangan qizga uylangan va oilada 4 ta farzand bo’lgan, farzandlarning nechasa % otaga o’xshash? (qizning otasi qo’li normal, onasi esa braxidaktiliya bilan kasallangan va bu oilada faqat braxidaktiliya bilan kasallangan farzandlar tug’ilgan)

A) 50 % B) 25 % C) 75 % D) 100 %


37. Odamlarda qo’y ko’z kulrang ko’zga nisbatan dominatlik qiladi. Qo’y ko’zli yigit kulrang ko’zli qiz bilan turmush qursa ulardan tug’ulgan farzandlarini necha % ni kulrang ko’zlari farzandlar tashkil etadi? (yigitni otasi bu belgi bo’yicha geterozigota, onasini esa bu belgi bo’yicha resessiv)

A) 50 % B) 25 % C) 75 % D) 100 %.


38. Qizil rangili (A) pomidor bilan pushti rangli (a) pomidorlar o’zaro chatishtiril-ganda F1 avlodni barchasi qizil rangli pomidorlar tashkil qiladi. Ota-ona genotiplarini aniqlang? A) AA x aa B) aa x aa C) Aa x aa D) Aa x AA

39. Bug’doy o’simligini tezpisharligi (A), kechpisharligi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tezpisharlik formalari tezpisharlik va kechpisharlik formalari bilan o’zaro chatishtirilganda genotip bo’yicha 1:2:1 hamda 1:1 nisbat hosil bo’lishi uchun qanday genotipli o’simliklar chatishtirilishi kerak?

A) AA x aa; Aa x AA B) AA x aa; Aa x Aa C) Aa x Aa; Aa x aa D) AA x aa; Aa x aa
40. Odamlarda shapko’rlik (qorong’ida yahshi ko’rmaslik) kasalligi dominant ta’sirida yuzaga chiqadi. Ushbu gen bo’yicha geterozigotali erkak so’glom ayol bilan turmush qurgan. Bunday oilada qanday farzandlar tug’iladi?

A) hammasi sog’lom B) hammasi shapko’r


C) yarmi sog’, yarmi shapko’r
D) 1 tasi shapko’r, 3 tasi sog’lom
41. Normal va past poyali o’simliklar o’zaro chatishtirilganda F1 da normal poyali o’simliklar hosil bo’lgan. Birinchi avlod duragayini past poyali o’simliklar bilan chatishtirilganda F2 da 72 ta normal va 72 ta past bo’yli o’simliklar namoyon bo’lgan. Chatishtirishda ishtirok etgan o’simliklar genotipini aniqlang.

A) AA x aa B) aa x aa C) Aa x Aa D) Aa x aa


42. Drozofila pashshasining tanasining kulrangligi (A), qoraligiga (a) nisbatan dominantlik qiladi. Geterozigotali pashsha-lar o’zaro chatishtirilganda F1 da 312 ta organizm hosil bo’ldi. Hosil bo’lgan duragaylarning nechtasi genotipi geterezigotali hisoblanadi.

A) 312 B) 78 C) 156 D) 234


43. Qulpunay o’simligini mevasini qizil rangi, oqish rangi ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi shuning uchun geterozigotali holatda meva rangi pushti bo’ladi. Geterozigotali o’simliklar chatish-tirilganda F1 da fenotip bo’yicha nisbat qanday bo’ladi?

A) 3:1 B) 2:1 C) 1:2:1 D) 1:1


44. G’o’za o’simligida tolasining malla rangi oq rangiga nisbatan chala dominatlik qiladi shunung uchun geterozigotali holatda novvot rang tolali o’simlik rivojlanadi. Novvoot rangli o’simliklar chatshtirilganda F1 da 310 ta ota-onaga o’xshash o’simlik hosil bo’ldi. F1 dagi malla rangi o’simliklar sonini aniqlang.

A) 155 B) 310 C) 620 D) 465


45. Qora (AA) va qizil (aa) rangli qoramollar chatishtirilganda F2 dagi fenotipik nisbatni aniqlang.

A) 1:1 B) 3:1 C) 2:1 D) 2:1:2




Yüklə 224,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə