Dori preparatlar mikronini aniqlashda yussx usulini qo'llanilishi


Kompleks gomeopatik preparatlarini shakllari



Yüklə 35,53 Kb.
səhifə3/5
tarix29.03.2023
ölçüsü35,53 Kb.
#103543
1   2   3   4   5
Dori preparatlar mikronini aniqlashda yussx usulini qo\'llanilish-fayllar.org

Kompleks gomeopatik preparatlarini shakllari.

In’ellar (inject)- injection- so‘zidan olingan –bu ineksion preparatlar, tarkibida bitta ingradient, lekin bir necha suyultirishda bo‘ladi. M. , Belladonna Injekt bitta ampulada D10, D30, D200, D1000 beladonnaning suyultirishlari bor.


Aralash- in’el preparatlar bittadan ko‘proq ingradientlar bor .
Gomakordlar- ta’siri oddiy va kuchaytirilgan preparatlar. Bular ineksion va peroral dorilar tarkibida 2, 3 potensiyali har xil preparatlarni saqlashi mumkin. Belladonna Homokard tarkibida Belladonna Echinacae bor. Maxsus gomeopatik preparatlar -5 dan 30gacha nomli potensiyalar saqlovchi va patogenez bo‘yicha tuzilgan preparatlar. M. ,traumel, vertigohil, limfomiozot “Heel” firmaniki.
Gomeopatik preparatlarini turli kasalliklarda qo‘llash asoslari.
Hozirgi kunda yildan yilga yangi yangi dorivor preparatlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishi ,ilg‘or tibbiyot texnologiyalar yaratilishi, shuningdek diagnostika va davolash ishlari takomillashtirilishi kasalliklarni foizini kamaytirishi kerak edi. Lekin aholini sog‘lig‘ini ko‘rsatkichlari xali ham past darajada, o‘lish xolati oshmoqda, ayniqsa surunkali kasalliklarfoizi oshib bormoqda. Ishga yaroqsiz odamlar soni kasalligi tufayli ko‘payib bormoqda .
O‘z davrida Gippokrat kasalni daraxt bilan solishtirib, shunday degan ekan:”daraxtni ildizi bu kasallikni ildizi bo‘lsa, shoxlari uning natijasi “. SH.U.Gippokratni fikricha kasallikni ikki tomonlama davolash lozim ,ham ildizini (o‘xshashlik qonuni asosida ) ham shoxlarini (allopatik qarama –qarshi qoidasi) asosida.
Organizm bu- bir butun ekan ,demak davolashni kompleks sifatida bajarilishi ,hech qanday nojo‘ya ta’sirlar bo‘lmasligi uchun.
Gomeopatik vositalari kasal organizmiga yumshoq, chuqur normalashtiruvchi ta’sir etib, ichki gomeostazni mo‘‘tadillashtiradi va kasalni tuzalib ketishiga yordam beradi . Bu jarayon uzoq vaqtni talab qiladi.
Gomeopatiyada ishlatiladigan asosiy dorivor moddalar ,o‘simliklar va ularni qaysi kasalliklarda buyurilishi Z.N. Nazirovni o‘quv qo‘llanmasida (Toshkent , Abu ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyotida 2001 yyu chiqgan, 63-94 b keltirilgan.
Ganemanning ilimlaridan biri bo‘lgan "-ratsional bo‘lim" bemorlarga kam dozada dorilar tayinlashga asoslangan. Ganeman dastlabki yillari yangi usul bilan davolashni qo‘llaganda dorilarni katta miqdorda qo‘llagan, keyinchalik u shuni aniqlaganki, bemor sog‘ odamga nisbatan kuchliroq qitiqlanishni namoyon qiladi. SHunday qilib, Ganeman “dori moddalarni maksimal darajada maydalangan holda va kam dozalarda berish kerak ekan” degan xulosaga keladi.
Ganeman o‘zining "Tibbiyot san’ati organoni" deb nomlangan asarida shunday deb yozadi: "Dori moddasining qaysi kasallik bilan bo‘lsa ham o‘xshashligi uning nafaqat gomeopatikligi bilan, balki dorining miqdori bilan aniqrog‘i, uning kam miqdorda qabul qilinishi bilan tushuntiriladi. o‘ta yuqori dozada dorini, xox u gomeopatik dori bo‘lsin, qabul qilish bemor axvolini og‘irlashtiradi. CHunki bunda dorining kuchi keragidan ortiqcha ta’sir qiladi va bemorning kasallangan eriga zarar etkazadi (dorining ta’siri va shikastlangan joyning
og‘rig‘i birgalikda kasallik siptomlarining zo‘rayishiga olib keladi). SHuning uchun gomeopatik dorini yuqori miqdorda qabul qilish zararli".
Oxirgi yillarda tibbiyot amaliyotida ayrim dorilarga nisbatan ularni past dozada qabul qilish oqimi yaratildi. Tibbiy-biologik tajribalarda hayvonlar uchun dori moddalarni 1:1 000 000 va undan ortiq suyultirilgan holda qo‘llanilmoqda. Fermentativ jarayonlarni samaradorligiga mos keluvchi fermentlarning minimal miqdori bilan ham bog‘liq. Keyingi yillarda og‘ir metallarning turli ta’siri haqida ham gapirish mumkin, ya’ni ular hayvon, o‘simlik organizmida va tuproqda minimal miqdorda saqlanadi.
Muayyan sharoitda o‘tkazilgan N. P. Kravkovning tajribalaridan shu ma’lum bo‘ldiki, 10-32 suyultirish darajasidagi zahar hali ham o‘z faolligini saqlagan bo‘ladi. Bu ta’sirni Kravkov "parafarmakologik" deb atagan va uni molekula parchalanishi bilan ta’sirlashuvi bilan tushuntirgan. I. P. Pavlov shuni ta’kidlaganki, brom miqdori bemorning nerv sistemasi turiga bog‘liq bo‘lgan nevroz kasalligiga 100 marta o‘zgarishi mumkin va katta dozalariga nisbatan kichik dozalari samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. M. K. Petrovaning tajribasidan brom tuzlari milligramm miqdorida berilganida terapevtik effekt namoyon qilingaligi aniqlandi.
Har bir dori moddasining fiziologik ta’sirini alohida o‘rganganida quyidagilar hisobga olinadi:

  • Hayvonlarda farmakologik tajribalarda sinalgan dorining nati-jalari.

  • Kishilarning tasodifiy zaharlanishlaridagi toksikologik kuzatish-lar.

  • Bu modda bilan sog‘lom odamlarda Ganeman tomonidan o‘tkazilgan tajriba natijalari.

O‘simlik dorivor moddalar davolash bahosining ketma-ketligi darajasi jihatdan botanik oilalarga bo‘linadi.


Ayrim dori vositalari o‘rganilmagan bo‘lgani uchun, ya’ni gomeopatik farmakodinamikasi o‘rganilmaganligi uchun ular kam ishlatiladi.
Adabiyotlarni hamma bo‘limlarida va terapevtik ko‘rsatkichda kasalliklarning nomi va patogenezi, kasalliklarning belgilari keltirilgan. "Tayyorlash va tayinlash usullari" va "Terapevtik qo‘llanilishi" deb nomlangan bo‘limlarda dori moddalarni past, o‘rta va yuqori darajada suyultirilgan holda tayinlanadi; amaliyotda bemorlarni davolashda ko‘pincha qo‘llaniladigan dorilar dozalari qalin bosma harflar bilan ajratilgan.
Xaqiqiy gomeopatiya qo‘llanmalarini tuzuvchilar V. SHvabe gomeopatik farmakopeyasida ko‘rsatilgan dori moddalar nomenklaturasiga tayandilar.
Gomeopatik dorilar tayyorlash yurtimizda va chet ellarda hozirgacha shu farmakopeya asosida tayyorlanmoqda. Bu farmakopeya 1872 yilda yozilib, ko‘p tillarga tarjima qilingan, xususan, rus tiliga 1899 yil tarjima qilingan. Ganeman bergan nomlar hali ham saqlanib qolgan.
Ayrim dori moddalar o‘z nomiga mos kelmaydi, lekin ular 1796 yildan boshlab yozib kelingan gomeopatik terapevtik adabiyotga kiritilgani uchun, gomeopatik dorixonalar va davolovchi shifokorlar yanglishmaslik uchun
dorilarning qadimgi nomenklaturasiga tayanadilar.
Zamonaviy gomeopatiya albatta aniq ilmiy-materialistik asoslarga ega bo‘lishi kerak. Gomeopatiya xalq tabobatining ko‘plab bo‘limlari ichida kerakli o‘rinlardan birini egallashi zarur.
Gomeopatiya yunoncha homoios-o‘xshash va pathos- kasallik so‘zlaridan tashkil topgan. SHunga asoslangan gomeopatiya dorivor modda sog‘lom odamda sinalganda, u dori qaysi kasallik belgilarini paydo qilsa, o‘sha kasallikni aynan shu dori bilan, nihoyatda kam dozalarda va maxsus usulda kuchi oshirilgan dorilar bilan davolaydi.
200 yillik gomeopatiya dori vositalari bilan davolashda biron-bir qo‘shimcha ta’sir yoki zaharlanish kuzatilmagan. SHuning uchun kasallikni gomeopatiya usulida davolash AQSH, Angliya, Fransiya, Olmo-niya va boshqa mamlakatlarda rivojlangan.
Hozirgi vaqtda Ganeman g‘oyalariga tayangan holda V.SHvabe tomonidan yozilgan gomeopatiya dorilari bo‘yicha qo‘llanma 70 dan ortiq mamlakatlarda farmakopeya sifatida ishlatib kelinmoqda.
Gomeopatiya dorilarining 78-80% dorivor o‘simliklar, 14%ga yaqini kimyo-viy va 6% atrofida jonivorlarga to‘g‘ri keladi. Gomeopatiya dorilarining al-lopatiyanikidan asosiy farqi barcha o‘simlik va jonivor, ular mahsulot-larining yangi yig‘ilganlarini ishlatishdir.
Gomeopat shifokorlar dori yozishda retsept so‘zini ishlatishmaydi. Dori miqdori ko‘pincha ko‘rsatilmay uni suyultirish darajasi va dori turiga mansubligi ko‘rsatiladi.
Gomeopatiyada ishlatiladigan dori kuchlari (konsentratsiya) o‘nlik (X yokiD) va yuzlik (S) birliklari bilan ifoda etilib, ular necha marta suyultirishni belgilovchi raqam yoniga qo‘yiladi. Masalan: 2x (2 o‘nlik), 3x (3
o‘nlik), 3s (3 yuzlik) va shu kabi. Bir kecha kunduzda ichish uchun beriladigan go-meopatiya dorilari odatda 5-8 tomchi 3-4 dona granulani tashkil etadi.
SHifokorning yozadigan dori nomi lotincha bo‘lib, dorixonadagi dorilarga yopishtiriladigan yorliq kirilcha harfi bilan lotin tilida yoziladi. Masalan: Tartarus Emetikus, Merkurius Solyubilis.
Hozirda ma’lumki vitamin V12 ni ayrim kamqonlik kasalligida beriladigan miqdori undagi kobaltning bir grammning milliondan birini tashkil qiladi. Odam tanasidagi hatto o‘lchash qiyin bo‘lgan miqdordagi mikro- elementlarning tana o‘sishi va faoliyatidagi muhim o‘rni beqiyosdir. Odam ta-nasida bir kunda ishlab chiqariladigan tireodining miqdori juda ozgina bo‘lib, 0,0000005g tengdir.
Bu qonuniyatning ya’ni potensiyalashning yuzaga kelishi gomeopatiyada ayrim metallar: oltin, kumush, mis, platina, temir, qo‘rg‘oshin va shunga o‘xshash hamda yog‘och ko‘miri, qum va shu kabilarni dori-darmon sifatida keng qo‘llash imkoniyatini yaratdi. Vaholanki yuqorida keltirilganlar tabiiy holda dorivor modda sifatida ishlatilmaydi.
Ganeman birinchi bo‘lib, dori vositalarni oldin sog‘lom organizmda sinab ko‘rish kerakligini aytgan edi va shu bilan birga dorilar patogenezini topgan edi. CHunki dorining patogenezi xuddi kasal simptomi bilan bir xil bo‘ladi, lekin dori patogenezlarida Ganeman qanday odam qiyofasiga-o‘xshashligini yozgan.
Gomeopatiyada biologik jihatdan odam konstitutsiyasi ishlatilgan. Odam konstitutsiyasi nimadan iborat. U ijtimoiy va tabiiy sharoitda har xil ta’sir ko‘rsatgich omillar ostida paydo bo‘lgan odamdagi shaxsiy fiziologik va anatomik xususiyatlar kompleksidir.
Demak gomeopatik davolash usulida odamning konstitutsiyasi, ya’ni uni morfologik, fiziologik va psixika tomonlari o‘rganilib hisobga olinishi shart.
Gomeopatiya jihatdan morfologiya nimani ko‘rsatadi.Tirik organiz-mlarning tuzilishini va shaklini o‘rganadi.
Fiziologiya – organizmning funksiyalarini o‘rganishi yoki odamning xulq atvorini, tabiatini ko‘rsatadi.
Psixologiya- ruxiy holatini ko‘rsatadi. SHu tufayli kasal qabul qilinganda uni ob’ektiv va sub’ektiv (xolissalo mustaqil ravishda kasalning yaqinla-rini va kasalning shaxsiy o‘zi aytgan ma’lumotlari katta ahamiyatga ega).
SHunday qilib kasal ustida olgan ma’lumotlarni “Materiya medika”da kel-tirilgan dorilar patogenezi bilan solishtirgan holda kasalga gomeopatik dori tanlash mumkin. SHu bilan bir qatorda kasalning miazmasi ham hisobga olinishi kerak, ya’ni bu yunon so‘zi bo‘lib mhia-pashsha degani.
Mhia-pashsha tuxumlari chaqiradigan kasalliklar miazma-tashqi muhitdan odam organizmiga tushgan yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardir (marazlar).
Demak, gomeopatik davolash usulini qo‘llashda odam konstitutsiyasini hisobga olgan holda kasallarni qaysi dorilar patogeneziga to‘g‘ri kelishiga qarab turib,ularni uch toifaga bo‘lish mumkin: kalkarea fosforika, kalkarea karbonika, kalkarea flyuorika.
SHu uchta guruhlarga mansub odamlar o‘ziga xos yuqorida aytganimizdek morfologik va psixologik tomondan xususiyatlarga ega va farq qiladi. YA’ni kasalni toifasiga qarab birinchi konstitutsional dorisi belgilanadi.
Ma’lumki, kasallangan bo‘lim sog‘lom qismlarga nisbatan har bir narsaga juda sezgirdir, ayniqsa, dorilarga nisbatan. Xuddi shunday kasal ko‘z yorug‘-likka, kasallangan quloq-kattik tovushga, yara-chaqa esa ustiga tegadigan narsa-larga va shunga o‘xshashlar.
Gomeopatiyada shaxsiy sezgirlikka juda katta ahamiyat beriladi. Har bir odamda nimagadir, qandaydir bir narsaga nisbatan shaxsiy sezgirlik mav-juddir. Buni "idiosinkraziya" deb ataladi. SHularni va gomeopatiyaning "o‘x-shashlik" qonunini hisobga olganda o‘z-o‘zidan yoki kasalga buyuriladigan dori-ning qandaydir bir qismigina davolashga taaluqli va etarlidir.
Gomeopatiyada beriladigan dozalar juda aniq bo‘lishi kerak. Bu ham qonu-niyatlardan biri, chunki, ma’lum suyultirishda aniq to‘xtalmasa u doridan ta’-sir aksini kutish mumkin.
Masalan: taxikardiya kasalligida Kalmia latifolia 3X yuzlik suyultirishda beriladi, bradikardiyada esa 6S suyultirishda buyuriladi. Gipotoniyada Akonitum napellus 6 S suyultirishda buyurilib, gipertoniyada esa 3 x da buyuriladi. Ich qotganda Bryonia alba 6 S, ich ketganda 3x berilishi tavsiya etiladi.
Gomeopatiya bo‘yicha davolashda o‘ziga xos xususiyatlardan biri buyu-riladigan dorilar dozasidir. Bu dozalar allopatiya dozalaridan ancha-muncha, balki tubdan farq qiladi. Biz ilgari eslatib o‘tganimizdek, ma’lum bir kasal uchun tanlangan dorining eng shifobaxsh miqdori aniqlanib olinishi shart, bu miqdor optimal ta’sir etuvchi doza (me’yor) deb ataladi.
Optimal doza, ilmiy asos va klinik kuzatishlar yordamida aniqlanishi kerak. Ma’lumki gomeopatiyada kichik, o‘rta va yuqori suyultirishlar o‘z o‘rnini topgan. Ko‘rsatilgan suyultirishda qaysi dorini qanchadan berishlik juda katta mahorat talab qiladi.
Gomeopat shifokorlar ko‘pincha 1, 3, 6, 12, 18, 24, 30, 100, 200, 1000 hatto 50000 suyultirish darajalardan (shkala) foydalanishadi.
Fransiyalik gomeopat shifokor J. SHarretning yozishicha 1dan 6 gacha bo‘lgan suyultirishlar kichik, 6-12 gacha o‘rtacha, 18 dan 100gacha yuqori va 100 dan ortiqlari juda yuqori suyultirishlarga kiradi. Uning fikriga
ko‘ra kasal-likning zo‘rikkan chog‘ida dorining birlamchi yoki kichik suyultirishdagisini, surunkali holatida- o‘rtacha yoki juda yuqori suyultirishdagisini berish yaxshi natija beradi.
Asab kasalligida yuqori yoki juda yuqori suyultirishlari natijali deb topilgan. Dorilarni iste’mol qilish muxlati va vaqti ham turlichadir.



Yüklə 35,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə