Dunyoviy va diniy madaniyat


Xristianlikning vujudga kelishi



Yüklə 46,28 Kb.
səhifə3/7
tarix24.06.2022
ölçüsü46,28 Kb.
#90054
1   2   3   4   5   6   7
Dunyoviy va diniy madaniyat

Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahoi dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e'tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e'tiqod qiluvchilarning soni 2 mlrd. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasiping sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra, xristianlik ta'limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747- yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.
Iso nomiga qushiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshshax» so‘zidan olingan bo‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma'nolarini beradi. Grekchada bu so‘z «xristos» shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tugilgan qishlog‘i «Nazaret» bilan boglab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan.
Iso Masih o‘z ta'limotini o‘zining 12 o‘quvchisi Apostollar -Havoriylarga o‘rgatdi. Ular esa Isoniig vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi axd» qismini tashkil etadi.
Xristianlik ta'limoti. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoniig odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta'limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta'limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya'ni Isoning o‘zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqiqdagi ta'limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, o‘g‘il-xudo va muqaddas ruh - uchta yuzlik xudo to‘g‘risidagi ta'limot, jannat va do‘zax, oxiratda go‘yo dunyoning oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 46,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə