"Elektron hujjat almashish" atda loyiha yaratish


-modda. Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati



Yüklə 64,08 Kb.
səhifə4/7
tarix21.05.2023
ölçüsü64,08 Kb.
#111798
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu

3-modda. Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati
Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo‘llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.
4-modda. Elektron hujjat aylanishi
Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
5-modda. Elektron hujjat
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 562–II-son “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining oltinchi xatboshisi.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
6-modda. Elektron hujjatning rekvizitlari
Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
elektron raqamli imzo;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 562–II-son “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi.
elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;
hujjat yaratilgan sana.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 64,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə