53
rivojlanib, sekinlik bilan so‘nadi, dielektrikda energiya sochilishi
kuzatiladi, ya’ni u qiziydi. Qutblanishning bunday turi relak-
satsion qutblanish deb ataladi (relaksatsiya — statik muvozanatga
kelish jarayoni).
Qutblanishning birinchi turiga elektron va ion qutblanishlar
kiradi. Boshqa mexanizmlar relaksatsion qutblanishga kiradi. Turli
dielektriklarda bir vaqtning o‘zida qutblanishning bir necha mexa-
nizmlari kuzatilishi mumkin.
Ion va atomlarning elektron qobiqlarining siljishi va defor-
matsiyasi
elektron qutblanishga kiradi. Elektron qutblanishning
o‘rnatilish vaqti 10
15
s. Elektron qutblanish barcha turdagi dielek-
triklarda kuzatiladi va energiya yo‘qotishlar kuzatilmaydi.
Ion tuzilmali qattiq jismlarda
ion qutblanish kuzatiladi va
o‘zaro bog‘liq ionlarning siljishi bilan tushuntiriladi. Ion qutbla-
nishning o‘rnatilish vaqti 10
-13
s.
Tartibsiz issiqlik harakatida qatnashadigan diðol molekulali
moddalarda diðol —
relaksatsion yoki oddiy
diðol qutblanish
kuzatiladi.
Qovushqoq muhitda diðollar aylanma harakat qilishi ma’lum
qarshiliklarni yengib o‘tishni talab qiladi, shuning uchun diðol
qutblanish energiya yo‘qotishlar bilan kechadigan moddalarda
kuzatiladi. Masalan sellulozani ko‘rsatish mumkin.
Noorganik shishalarda va ba’zi ionlari unchalik zich joylash-
magan ion kristall noorganik moddalarda
ion-relaksatsion
qutblanish kuzatiladi. Bu holatda tashqi elektr maydoni ta’sirida
moddaning kuchsiz bog‘langan ionlari maydon bo‘ylab tizilib
joylashishadi.
Yuqori sinuvchanlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan dielektrik-
larda
elektron-relaksatsion qutblanish kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: