Энциклопедия 9-том


VI. "Turtinchisi ortiqcha" uyini. (2-minut)



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

VI. "Turtinchisi ortiqcha" uyini. (2-minut) 

Bu o’yinni dars ohirida tashqil qilsa bo’ladi. Bunda o’quvchilarning yangi 

dars  mazmunini  qanchalik    o’zlashtirganliklari  aniqlanadi.  O’qituvchi  o’yin 

topshirig’ini  tarqatadi.  Har  bir  topshiriqda  bittadan  ortiqcha  fakt  bo’ladi. 

Guruxlar bir necha soniya ichida 4ta faktdagi ortiqchasini topadi. 

VII. Dars yakunini chiqarish. (3-minut) 

Darsda  nimalarga  erishilganligi  ta’kidlandi.  Faol  gurux,  faol  o’quvchnlar 

rag’batlantariladi. 

VIII. Uyga vazifa: (2-minut) 

Mavzu  oxiridagi  savollarga  javob  topish,  Sharofiddin  Ali  Yazdiyning 

―Zafarnoma‖ asari xaqida ma’lumotlarni to’plab kelish. Keyingi mavzu bilan 

tanishishi.          

 



 

57 


Xulosa 

Sohibqiron  Amir  Temur  tarixi  haqida  ma’lumot  beruvchi  ko’plab 

yozma  manbalar  ichida  ―Temur  tuzuklari‖,  Nizomiddin  Shomiyning 

―Zafarnoma‖  va  Sharofiddin  Ali  Yazdiyning  ―Zafarnoma‖  asarlari  muhim 

ahamiyatga egadir. Amir Temurning ko’p yillik harbiy yurishlari, shahar va 

qishloqlardagi obodonchilik ishlari haqida mukammal asarni Sharafuddin Ali 

Yazdiy yaratdi. Sharafuddin ham G’iyosiddin Ali kabi Eron zamindagi Fors 

viloyatining  shimolidagi  Yazd  shahrida  tug’ilgan.  U  obdon  zukkoligi  va 

donoligi  bilan  Temuriylarning  diqqatini  o’ziga  jalb  qiladi.  Sharafuddin  bir 

necha  yil  Xirotda  Shohrux  mirzoning  hamda  Forsda  uning  kichik  o’g’li 

Ibrohim  Sultonning  saroyida  hizmat  qiladi.  U  she’riyat,  falsafa  va  ilmi 

nujumdan  obdon  habardor  olim  edi.  «Sharaf»  taxallusi  bilan  she’rlar  bitar 

edi.  Sharafuddin  o’z  hayotida  bajargan  ikki  sharafli  ishining  biri  shu  ediki, 

Ulug’bek  harbiy  yurishlarining  birida  hijriy  832  melodiy  1428-29  yili  yosh 

mo’g’ul  xoni  Yunusxonni  asir  qilganida  Shohruxning  buyrug’i  bilan 

Sharafuddin  asir  xonning  ustozi  etib  tayinlanadi.  Sharafuddin  bir  muddat 

Yunusxon  bilan  Yazdda  yashab,  uning  tarbiyasi  bilan  shug’ullanadi  va 

aftidan,  o’z  bilimlaridan  unga  ancha  singdira  olgan.  Ana  shu  yosh  xon 

keyinchalik  Hindistonda  uch  asrdan  ko’proq  hukm  surgan  Temuriylar 

sulolasining  asoschisi  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  ona  tarafidan 

bo’lajak bobosi edi

29



Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  ikkinchi  va  asosiy  sharafli  ishi  —  uning  o’z 

«Zafarnoma»sini 

yaratishidir. 

Sharafuddin 

asarining 

debochasida 

ko’rsatishicha, uni hijriy 828 yili melodiy 1424-25 yozib tugatgan. Shu tarix 

Abdurazzoq  Samarqandiyning  «Matlai  sa’dayi  va  majmai  bahrayn»  asarida 

ham  ko’rsatilgan.  Asar  Amirning  mufassal  va  shaxzoda  Xalil  Sultonning 

                                                 

29

 

Amir  Temur  va  uning  dunyo  tarixidagi  o’rni.  (Buyuk  sohibqiron  Amir  Temur  tavalludining  660  yilligiga 



bag’ishlangan  xalq ilmiy konferensiyasi ma’ruzalari bayoni). S., 1996. 

 



 

58 


qisqacha  tarixidan  iborat  bo’lib,  zamondoshlariga  o’ta  manzur  bo’lgan.  Bu 

asarga  asos  bo’lgan  ilk  nusxani  Temurning  saroy  kundaliklari  va  boshqa 

manbalar  asosida  va  saroy  kotiblarining  yordamida  Ibrohim  Sulton  yozgan. 

Bu nusxani qayta ishlab va yana boshqa manbalardan foydalanib Sharafuddin 

o’z «Zafarnoma»sini yaratgan. Muallif o’z asarini birinchi maqola deb ataydi 

va  Shohruxga  atalgan  ikkinchi  maqola  hamda  Ibrohim  Sultonga  atalgan 

uchinchi  maqolani  yozishni  ham  rejalashtirib  qo’yadi.  Bu  hol  matnda  ham 

o’z aksini topgan va o’quvchi quyida buning guvohi bo’ladi. 

Bitiruv  –  malakaviy  ishining  birinchi  bobida  Sharofiddin  Ali  Yazdiyning 

―Zafarnoma‖  asarining  yaratilishi,  asardagi  tarixiyf  voqealar  tahlil  qilingan. 

Jumladan,  «Zafarnoma»  faqat  sohibqironning  harbiy  yurishlarini  maqtab, 

ko’klarga  ko’tarishdan  iborat,  desak  xato  bo’lurdi.  Unda  inson  harakterlari 

ham  juda  yaxshi  tavsiflangan.  Xususan,  Temurning  shaxsiy  harakteri 

Sharafuddin  Ali  tomonidan  zur  mahorat  bilan  ko’rsatilgan.  Muhammad  Ali 

esa o’zbek tiliga ana shunday sahifalarni yuksak mahorat bilan akslantirgan. 

Ba’zi sahifalarda Temur faoliyati haqqoniy bayon qilingan va uni asoslashga 

urinishlar  seziladi  va  uning  mislsiz  olamgirligi  ko’rsatilgan  bo’lsa,  boshqa 

sahifalarda,  chunonchi.  Qizi  Tag’ayshohning  va  o’g’li  Jahongir  mirzoning 

vafotlariga  taalluqli  sahifalarda  sohibqiron  insoniy  zaifliklarga  ega  bo’lgan 

kishi  ekanligi  ham  ko’rsatilgan.  Lekin  ikkala  muallif  Sharafuddin, 

Muhammad  Ali  ham  Amir  sohibqironning  buyuk  sherqalbligi,  mislsiz 

qahramonligi, dovyurakligi va bahodurligini katta haqqoniy va mahorat bilan 

ko’rsatgan. Bu sahifalar o’quvchida zarracha shubha tug’dirmaydi. Va Temur 

siymosi  ko’z  oldimizda  chekinmas,  yengilmas  va  zabardast  jangchi  sifatida 

gavdalanadi. 

Asarda  nafaqat  Temur  siymosi,  balki  uning  atrofidagi  ba’zi  bonqa 

shaxslarning  siymolari  ham  yuksak  mahorat  bilan  tasvirlangan.  Masalan, 

sohibqironning  egachin  (opasi)  Qutlug’  Turkon  og’o  haqida  qisqagina 




 

59 


ma’lumotlar  keltirilgan  bo’lsa  ham,  shu  ma’lumotlarning  o’zigina  uni 

mushtipar  va  g’amho’r  opa,  nafis  didli,  idrokli  va  dono  hamda  jasur  va 

vatanparvar ayol sifatida gavdalantiradi. Bu ayol tili bilan aytilgan bir necha 

og’iz  so’zlarning  o’zigina  uning  butun  Eron  va  Turonda  katta  qudratga  ega 

bo’lgan  hamda  xalqaro  siyosatga  kuchli  ta’sir  ko’rsata  oladigan  yuksak 

irodali  hokima  ayol  bo’lganligini  ko’rsatadi.  Uning  oti  Turkon  og’a 

bo’lganligi ham bejiz emasdek tuyuladi kishiga. 

Amir  Hoji  Sayfuddin  va  amir  Xusayn  siymolari  ham  yuksak  mahorat 

bilan  tasvirlangan.  Bularning  birinchisi  sohibqironning  eng  ishonchli  do’sti 

va  safdoshlaridan  biri  edi.  Amir  eng  mas’uliyatli  va  og’ir  vazifalarni 

farzandlaridan  ham  unga  ko’proq  ishonardi  va  yuklardi.  U  umrining 

oxirigacha sohibqironga sodiqligicha qoladi. 

Bitiruv – malakaviy ishining ikkinchi bobi Sharofiddin Ali Yazdiyning 

―Zafarnoma‖ asarida Amir Temurning harbiy faoliyati yoritilgandir. Ikkinchi 

bobning  1-bandida  Amir  Temurning  Movarounnahrni  birlashtirish  va 

xavfsizligini  ta’minlash  uchun  ko’rashi  bayon  qilingan.  2-bandida  esa, 

qo’shni  mamlakat  va  o’lkalarning  Amir  Temur  davlati  tarkibiga  kiritilishi 

o’rganilgan.  

Temurning «uch yillik», «besh yillik» va «yetti yillik» yurish janglarida 

va  boshqa  bu  atamalarga  kirmagan  urushlaridan  oldiga  qo’ygan  maqsadi 

nima edi? degan savol tug’iladi. Odatda rus va sovet mualliflari bu savolga, 

maqsadi  faqat  boylik  orttirish  uchun  olib  borilgan  bosqinchilik  va 

qirg’inbarot  urushlari  edi,  deb  javob  berib  kelganlar.  Masalaga  yuzaki 

yondashganda  shunday  tuyulishi  mumkin.  Lekin  1385  yilgacha  Temurning 

mamlakatlarni  bosib  olish  niyati  bo’lmaganligi  aniq.  O’sha  yil  boshida 

To’xtamishxonning  Tabrizga  bostirib  kelib,  shaharni  vayron  qilishi  uning 

rejalariga qat’iy o’zgartirish kiritadi. Bundan bir necha ynl avvalroq u «Xudo 

bitta  bo’lganidek  butun  dunyoda  podsho  ham  bitta  bo’lishi  kerak»  degan 




 

60 


bo’lsada, bu fikrini u hech qachon to’la amalga oshirishga harakat qilmagan 

edi. Mazkur yilgacha olib borgan urushlari asosan yo turli vaqtlarda orttirgan 

dushmanlaridan  o’ch  olish,  yoki  aholiga  zulm  o’tkazayotgan  hokimlarning 

tanbixini berish, yohud shar’iy farz deb hisoblangan diniy dushmanlar bilan 

olib  borilgan  gazavot  urushlari  edi.  Gazavot  urushlarini  ham  u  faqat 

musulmonlarga  nisbatan  zulm  o’tkazayotgan  g’ayridinlarga  qarshi  olib 

borardi.  Bu  hol  asarda  o’z  aksini  topgan.  Lekin  To’xtamishning  mazkur 

yurishlaridan so’ng u butun Eronni bosib, Oltin Urdaga qo’shib olishi xavfi 

tug’iladi.  Shuning  uchun  Amir  Temur  Tuxtamishdan  avval  Eronni  o’z 

mulkiga  qo’shib  olishga  qaror  qiladi.  Eronni  zabt  etganidan  so’ng  umuman 

Hulogu  mulkini  tamoman  zabt  etish  g’oyasi  tug’iladi.  Xaqiqatdan  ham 

Hulogu mulkining asosiy qismi bo’lmish Eron va u mulkning ikkala poytaxti 

Tabriz va Sultoniya zabt etilganidan so’ng  bu mulkning parchalari bo’lmish 

Iroq, Suriya va Sharqiy Anatuliyani qo’shib olmay iloji yuq edi. Chunki bu 

yerlarning hokimlari Temurning dushmanlariga panoh berib, yerlari Amirga 

nisbatan ig’vo va hujum plandarmi-bazasiga aylangan edi. 

Temur  harbiy  yurishlarining  yana  bir  sababi  bor  edi.  Bu  ham  bo’lsa, 

Buyuk  Ipak  yo’lini  bir  mamlakatga  birlashtirib,  undagi  xavfsizlikni 

ta’minlash  edi.  Sharafuddin  bir  necha  marta  Mo’g’uliston,  Eron  va  Iroqda 

mahalliy  hokimlarning  farovonliga  yoki  karoqchilar  kuchayganligi  sababli 

karvonlar va hatto elchilar yurolmay qolganliklari va hujga ham borish xavfli 

bo’lib qolganligini aytadi. 

Ushbu voqealar tarixini o’rganishda bevosita ―Zafarnoma‖ asariga  murojaat 

qilingan  va  kerakli  ma’lumotlar  olingan.  Masalan,  sohibqiron  Amir 

Temurning 3 yillik, 5 yillik yurishlari, Hindistonga qilgan harbiy harakatlari 

bunga misol bo’ladi.  




 

61 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə