Энциклопедия 9-том


Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida tarixiy



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix01.03.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#84243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
amir temur shaxsini organishda sharofiddin ali yazdiyning zafarnoma

1.2.Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida tarixiy   

                 voqealar bayoni 

 

XIV  asrning  50-60-yillarida  Movarounnahrda  siyosiy  tarqoqlik 

g’oyatda kuchayib, o’zaro ichki ko’rash yanada keskinlashadi. Mamlakatdagi 

har  bir  viloyat  alohida  hukmdorlika  ajralib,  ular  o’rtasida  nizo  kuchayib 

ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Bu davrda mamlakatda yagona uyushgan 

davlatning  yo’qligi,  uning  siyosiy  jihatdan  maydalanib  ketganini  o’rta  asr 

muarrixlaridan  Riyosuddin  Xondamir  o’zining  «Xabib  us-siyar»  nomli 

asarida  quyidagicha  tasvirlaydi:  «Amirzoda  Abdullo  binni  amir  Qozogon 

(1346-1358)  vafotidan  so’ng  Turkiston  ahvolidan  garaju  maraj  (bosh-

boshdoqlik) yo’l topib, har shaharda mustaqil shohlikka intilishlar maydonga 

keladi. Har kasabada bir uyatsiz davlat iqbol havosi bilan qo’zg’alishga oyoq 

bosdi.  Xondamirning  yozishicha,  ulus  unga  yaqin  mustaqil  bekliklarga 

bo’linib  ketadi.  Samarqand  viloyatida  Amir  Bayon  Sudduz,  Keshda  Amir 

Xoja  Barlos,  Xo’jandda  Amir  Boyazid  Jaloir,  Balxda  Ujaydu  Sudduz, 

Shiburg’onda  Muhammad  Xoja  Yazdiy,  Ko’xistonda  Amir  Sotilmish, 

Xuttalonda  Kayxusrav,  Xisori  Shodman  chegarasida  Amir  Xusayn  va  Amir 

Xizir Yasovuriylar o’zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar

7



Nizomuddin  Shomiyning  so’ziga  qaraganda,  mamlakatda  hokimlar 

o’rtasida doimo nizolar va g’alayonlar bo’lib turar, davlat ishlari esa butunlay 

izdan  chiqqan  edi.  Siyosiy  parokandalik,  o’zaro  urush  va  janjallar  iqtisodiy 

takglikka  sabab  bo’lib,  mamlakat  aholisini,  ayniqsa  dehqonlar  xo’jaligini 

xonavayron  qilgan  edi.  Buning  ustiga  Sharqiy  Turkiston  va  Yettisuvda 

tashqil  topgan  Mo’g’uliston  amirlari  Movarounnahrni  bosib  olishga  harakat 

qiladilar.  Bir  necha  bor  Movarounnahr  ustiga  yurish  qilib,  uni  talab 

qaytadilar.  Mo’g’uliston  amirlarining  vayrongarchilik  yurishlariga  qarshi 

                                                 

7

 



Amir  Temur  va  uning  dunyo  tarixidagi  o’rni.  (Buyuk  sohibqiron  Amir  Temur  tavalludining  660  yilligiga 

bag’ishlangan  xalq ilmiy konferensiyasi ma’ruzalari bayoni). S., 1996. 




 

20 


ko’rash  boshlanib  ketadi.  Mo’g’ullar  istibdodi  va  zulmiga  qarshi  xalq 

harakati boshlanadi. 

Mana shunday ichki o’zaro urushlar qizigan, mo’g’ullar zulmiga qarshi 

mexnatkash  xalq  harakatlari  boshlangan  bir  davrda  qisqa  vaqt  ichida  o’rta 

asrlarning  yirik  davlatini  vujudga  keltirgan  sohibqiron  Amir  Temur  siyosat 

maydoniga dastlabki qadamlarini qo’ymoqda edi. 

Amir  Temur  tabiatan  og’ir,  bosiq  teran  fikrli  va  idrokli,  samimiyatni 

tezda  fahmlab  oladigan  inson  bo’lgan.  Shu  tufayli  atrofiga  o’spirinlik 

chog’laridayok tengqo’laridan sadoqatli do’stlarini jalb qila, olgan. O’zining 

ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat 

amirlariga  xizmat  qiliщdan  boshlagan.  Ularning  o’zaro  ko’rashlarida 

qatnashib,  jasorat  ko’rsatgan  va  janglarda  chiniqqan,  Harbiy  mahorati  va 

oliyhimmatlilik  Amir  Temurning  shuhratini  oshirib,  uning  dong’i  butun 

Qashqadaryo  vodiysi,  hususan,  Kesh  viloyatiga  yoyilgan.  Amir  Temurning 

aqlu zakovati, shijoati va jasorati to’g’risidagi shuhrat uni Movarounnahrning 

nufuzli amirlaridan avval Joku Barlos, so’ngra Amir Qozogon (1346—1358) 

bilan  yaqinlashtirgan.  Otasi  Amir  Temurni  avval  (1352)  Amir  Joku 

Barlosning  knzi  Turmish  Og’oga  uylantirgan,  so’ngra  esa  (1355)  Amir 

Qazog’onning  nabirasi  va  Amir  Xusaynning  singlisi  Uljoy  Turkon  Og’oni 

o’z  nikohiga  olgan  keyingi  nikoh  tufayli  Balx  amiri  bilan  bog’langan 

qarindoshlik  aloqa,  shubhasiz,  Amir  Temur  bilan  Amir  Xusayn  o’rtasida 

ittifoqni yuzaga keltiradi va mo’g’ullarga qarshi jiddiy ko’rash boshlanadi. 

Amir  Temurning  Movarounnahrni  birlashtirish  yo’lidagi  dastlabki 

harakati  XIV  asrning  60-yillari  boshlaridan  boshlanadi.  Buning  sababi  bor 

edi.  XIV  asrning  50-yillari  oxirida  Movarounnahrda  amirlarning  o’zaro 

ko’rashi  kuchayib,  Amir  Qozogon  uldiriladi.  Mamlakatda  siyosiy 

parokandalik avjga chiqib, har jihatdan og’ir tanglik sodir bo’ladi. Bu davrda 

Chig’atoy  ulusining  sharqiy  qismi  —  Yettisuv  va  Sharqni  Turkistonda 




 

21 


hukmronlik  qilayotgan  mo’g’ul  xonlari  Movarounnahrdagi  og’ir  siyosiy 

vaziyatdan  foydalanib,  bu  o’lkada  o’z  hokimiyatini  o’rnatishga  harakat 

qiladilar.  Mo’g’ul  xonlaridan  Tug’luq  Temur  (1359-1363)  1360-1361 

yillarda  Movarounnahrga  birin-ketin  ikki  marta  bostirib  kiradi.  Mo’g’ul 

xonlarining  vayronagarchilik  yurishlari,  istibdodi  va  zulmiga  qarshi  xalq 

harakati  boshlanadi.  Biroq  Movarounnahr  amirlari  xalqda  bosh  bo’lib, 

mo’g’ul bosqinchilariga qarshi ko’rashga jur’at  eta olmaydilar. Ularning bir 

qismi  dushman  tarafiga  o’tadi,  ikkinchi  qismi  esa  el-yurtni  tark  etib,  o’zga 

mamlakatlardan  boshpana  izlaydi.  Amir  Temurning  amakisi  Kesh 

viloyatining  hukmdori  Amir  Xoja  Barlosdek  Baxrdirbek  Xuroson  tomon 

qochadi. 

Mo’g’ullarga  qarshi  turish  uchun kuchlarning  teng  emasligini  hisobga 

olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tug’luq Temur tomonidan 

Keshga  yuborilgan  beklar  bilan  kelishadi.  Sharoit  taqozosi  bilan  Kesh 

viloyatini  butunlay  qo’ldan  chiqarib  yubormaslik  maqsadida  xon  xizmatiga 

o’tadi. Natijada Tug’luq Temurning yorlig’i bilan o’z viloyatining dorug’asi 

etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojlikdan qo’yilgan siyosiy va strategik 

qadam edi. Bu bilan Amir Temur mo’g’ullarning navbatdagi talonining oldini 

olib,  mamlakat  va  xaqlni  bunday  halokatdan  qutqargan  edi.  Ushbu  voqealar 

Sharofiddin Ali Yazdiyning ―Zafarnoma‖ asarida quyidagicha berilgan:




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə