Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология


Taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlar



Yüklə 438,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix31.12.2021
ölçüsü438,26 Kb.
#81594
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
yosh va pedagogik psixologiya

Taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlar. 

Shaxs taraqqiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik 

taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir.  

Asosiy  ziddiyatlardan  biri  shaxsda  paydo  bo’ladigan  yangi  ehtiyojlar  va  ularni  qondirish 

uchun  zarur  vositalarning  etishmasligidir.  Shaxs  taraqqiyotining  erishgan  darajasi,  hayot  tarzi  va 

uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan o’rni o’rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan 

biridir.  Shaxs  yangi  sharoitga  moslashishga  intiladi  (bog’chada,  maktabda).  Ta`lim  va  tarbiya 

jarayoni ham shaxs oldiga yangi vazifalarni qo’yadi, faoliyatning yangi motivlarini hosil qiladi.  




 

Psixologiya  fanida  yosh  davrlarini  tabaqalash  bo’yicha  qator  nazariyalar  mavjud.  Masalan, 



psixodinamika nazariyasini yorqin vakillaridan biri e.erikson nazariyasiga ko’ra inson umri 8 davrga 

bo’linadi:  

1-davr  –  go’daklik;  2-davr  –  ilk  bolalik;  3-davr  –  o’yin  yoshi;  4-davr  –  maktab  yoshi;  5-davr  – 

o’spirinlik; 6-davr – yoshlik; 7-davr – etuklik; 8-davr – qarilik davri.  

 

E.Shpinger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning vakillari bo’lib, ular 



yosh davrlarini shaxs “men” xususiyatlarining shakllanishi bosqichlari deb hisoblaydilar.  

 

Kognitivistik  yo’nalishning  asoschilari  qatoriga  J.Piaje,  Dj.Kelli  va  boshqalarni  kiritish 



mumkin. J.Piaje intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi.  

1)

 



sensomotor intellekti ( tug’ulishdan 2 yoshgacha) 

2)

 



operaciyalardan ilgari tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha)  

3)

 



konkret operaciyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha) 

4)

 



formal (rasmiy) operaciyalar davri.  

Sobiq  sovet  psixologlari  L.S.Vigotskiy,  L.I.Bojovich,  D.B.el`konin,  A.A.Lyublinskaya, 

V.A.Kruteckiy,  A.V.Petrovskiylar  ham  yosh  davrlarini  o’ziga  xos  tabaqalash  nazariyalarini  

yaratdilar.  Ular  orasida  D.B.el`koninning  tasnifi  alohida  o’rin  tutib,  etakchi  faoliyat  nazariyasiga 

asoslanadi.  Bu  nazariyaga  ko’ra  har  bir  yosh  davrida  biror  faoliyat  turi  inson  shaxsi  shakllanishida 

asosiy rol` o’ynaydi. Bu yosh davrlari quyidagilar:  

1)

 

go’daklik davri – tug’ilgandan 1 yoshgacha; asosiy faoliyat – bevosita emocional muloqot. 



2)

 

Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; asosiy faoliyat – predmetli faoliyat. 



3)

 

Maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha; asosiy faoliyat – rolli o’yinlar.  



4)

 

Kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha; asosiy faoliyat – o’qish.  



5)

 

O’smirlik davri – 10 yoshdan 15 yoshgacha; asosiy faoliyat – muloqot.  



6)

 

Ilk o’spirinlik davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha; asosiy faoliyat – o’qish, kasb tanlash.  



Psixik  taraqqiyotning  bir  bosqichidan  ikkinchisiga  o’tish  bosqichlarida  yosh  krizislari  yuz 

beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz berganligi sababli 1 yosh davrining tugashi va ikkinchi 

yosh  davrining  boshlanishiga  to’g’ri  keladi.  Barcha  yosh  krizislari  ba`zi  umumiy  belgilarga  ega. 

Bolalar krizislar davrida  qaysar,  asabiy  bo’lib  qoladilar, kattalar  bilan  nizolar  paydo  bo’ladi,  avvalo 

bajaradigan  ishlarini  qilishdan  bosh  tortadilar.  Krizislar  davrida  paydo  bo’ladigan  yangi  ehtiyojlari 

qondirilmaydigan bolalar shunday reakciya namoyon qiladilar.  

Shaxsning  ontogenezidagi  ijtimoiy  rivojlanish  2 

yo’nalishda:  ijtimoiylashuv  va 

individuallashuv  ko’rinishida  bo’lib  turli  yosh  davrlaridagi  krizislar  ham  mos  ravishda  turli 

xarakterga  ega.  Masalan:  1,  6,  15  yoshlilar  krizislari  ijtimoiy  tajribani  o’zlashtirish  muhitda  o’z 

poziciyalarini mustahkamlash bilan bog’liq bo’lsa 0, 3, 10, 17  yoshdagi krizislar esa o’zini anglash, 

ko’rsatish, atrofdagilarning tan olishi uchun kurashish asosida yuzaga keluvchi krizislardir.  




 

Bola  avval  ma`lum  darajaga  etib,  keyin  tarbiyalanmaydi,  balki  ta`lim  va  tarbiya  jarayonida 



psixik  rivojlanadi.  Bunda  psixologlar  Vigotskiy  tomonidan  aniqlangan  qoidaga,  ya`ni  ta`lim  berish 

bola  ko’lga  kiritib  bo’lgan  rivojlanish  darajasini  ko’zlamasdan,  bir  muncha  olg’a  ketish,  bolaning 

tafakkurida  uning  mavjud  imkoniyatlarini  bir  muncha  oshiradigan  talablar  qo’yishi  u  erishgan  va 

yaxshi  o’zlashtirib  olgan  analitik-sintetik  faoliyat  darajasini  talab  qilish  kerak  degan  qoidaga 

asoslanadilar.  

L.S.Vigotskiy  ta`limining  aqliy  rivojlanishdagi  etakchi  rolini  ta`kidlar  ekan,  ta`lim  bolaning 

rivojlanishidagi  kechagi  kunga  emas,  balki  ertangi  kunga  tayanmog’i  lozim  deb  hisoblangan  edi. 

Ta`lim  rivojlanishning  faqat  tugallangan  darajasi  asosida  qurilmasdan,  avvalo  hali  unga  tarkib 

topmagan  narsalarga  tayanmog’i  kerak.  L.S.Vigotskiy  boladagi  aqliy  rivojlanishning  2  darajasi 

haqidagi  qoidani  ifodalab  berdi.  Birinchi  daraja,  Vigotskiy  atyganidek,  aktual  rivojlanish  darajasi  – 

o’quvchi tayyorligining mavjud darajasi bo’lib, u o’quvchining qanday topshiriqlarni to’la mustaqil 

bajara  olishi  bilan  xarakterlanadi.  Yancha  yuqori  bo’lgan  ikkinchi  daraja  (uni  Vigotskiy  eng  yaqin 

rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustaqil bajara olmasligini, lekin ozroq yordam bilan 

(yo’l-yo’riq beruvchi savollar ...) nimaning uddasidan chiqa olishini ko’rsatadi. Vigotskiy bola bugun 

kattalar, o’qituvchi yordamida bajarayotgan narsani ertaga mustaqil ravishda o’zi bajaradi, eng yaqin 

rivojlanish  zonasiga  kirgan  narsalar,  ta`lim  jarayonida  aktual  rivojlanish  jarayoniga  o’tadi  deb 

ta`kidlagan  edi.  Har  qanday  psixik  funkciya  inson  hayoti  davomida  2  marotaba  namoyon  bo’ladi: 

avval ijtimoiy, so’ngra psixologik xarakterdadir, avvaliga psixik funkciya odamlar orasida interpsixik 

ko’rinishda  bo’lsa,  so’ngra  bola  uchun  intrapsixik  ko’rinishdadir.  Bu  qonuniyat  barcha  psixik 

funkciyalar,  ixtiyoriy  diqqat,  mantiqiy  xotira  tushunchalarining,  irodaning  rivojlanishiga  tegishlidir. 

Har qanday funkciya avval boshqa odamlarga qaratilgan bo’lib, so’ngra shaxsning ichki funkciyasiga 

aylanadi.  Ontogenezda  psixik  bir  bosqichdan  sifat  jihatdan  boshqa  bosiqchga  qadamma-qadam 

o’tishdir. Har bir yosh davrlarda tashqi ta`sirga psixikaning sezuvchanlik xususiyati turlicha bo’lib, u 

yoki  bu  psixik  funkciya  rivojlanishi  uchun  qulay  sharoit  yaratiladi.  Bunday  davrni  –  shu  psixik 

funkciyaning  senzitiv  davri  deyiladi.  Masalan,  1  yoshdan  3  yoshgacha  davr  nutq  rivojlanishining 

senzitiv  davridir.  Kichik  maktab  yoshi  o’quv  faoliyati  uchun  senzitivdir.  Bu  yoshdagi  bolalarning 

xususiyatlari,  xususan  o’qituvchining  obro’li  ekanligi,  ishonuvchanligi,  tirishqoqligi  bunga  imkon 

beradi.  O’spirinlik  yoshi  esa  o’z  ichki  dunyosini  bilish  uchun  qulay  davrdir.  Ularning  emocional 

sferasining  boyishi,  o’z-o’zini  boshqarish  va  ma`suliyati  seziladi.  Bola  psixik  rivojlanishining  turli 

yo’nalishi  mavjudligini  unutmaslik  lozim.  Funkional  rivojlanish  bevosita  bilim  va  malakalarni 

o’zlashtirish  bilan  bog’liq  bo’lsa,  yosh  davriga  xos  psixofiziologik  rivojlanish  bilan  belgilanadigan 

yosh davri rivojlanishidir.  




Yüklə 438,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə