Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


O‘rta Osiyoda mahalliy ilk o‘rta asrlar davlatlarining shakllanishi va ho‘jaligi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə13/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

4. O‘rta Osiyoda mahalliy ilk o‘rta asrlar davlatlarining shakllanishi va ho‘jaligi.
Turk xoqonligining ichki nizolar va tashqi harbiy hujumlar natijasida zaiflashuvi va markaziy hokimiyatning butun mamlakat ustidan nazoratni to‘laligicha qo‘ldan chiqarishi oqibatida O‘rta Osiyoda siyosiy tarqoqlik chuqurlashdi va bir qancha mahalliy hokimliklar yoki kichik-kichik feodal davlatlar shakllandi. Yuzaga kelgan davlatlar o‘z boshqaruv tizimlari, hududlari, xhjaliklari va boshqa jihatlariga ega bo‘lgan davlatchilik xususiyatlarini shakllantirdilar.
VI-VII asrlarda So‘g‘diyona, Xorazm va Farg‘ona va ularga qarashli tarixiy - geografik xududlarda dexqonchilik va bog‘dorchilik , uzumchilik va paxta yetishtirish, uy chorvachiligi yetakchi o‘rin tutgan. Iqticodiy hayotning muhim soxalari sanalgan hunarmandchilik va savdo – sotiq yaxshi taraqqiy etgan.
Dexkonchilik sum’iy sugorishga asoslangan. Arablar bosqiniga qadar sug‘orish tizimi yaxshi taraqqiy etgan va bu yerga kelgan arablar ham obod va ko‘kalamzor bog‘ – rog‘lar, dalalarni ko‘rib, hayratda qolganlar. Samarqand shahrini suv bilan ta’minlaydigan sug‘orish tarmog‘idan tashqari Kushoniyaning Narpay, Buxoro vohasining Shopurkom, Samarqand atrofining Raboti Hoja kabi uchta suv tarmog‘i mavjud bo‘lgan.
Lalmikor dexqonchilik ham xo‘jalikda asosiy o‘rin tutgan. Ziroatchilikda an’anaviy donli ekinlar va paxta ko‘p yetishtirilgan. So‘g‘dda ipak tolasi yetishtirilgan.
VI-VII asrlarda savdo – sotiq ishlari janubdan shimolga ko‘chgan va bundagi vositachilik so‘g‘diylar qo‘liga o‘tgan. Konchilik ishlari kengayib, hunarmandchilik turlari kengayib borgan. Mug‘ togida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan 150 turdagi mato bu yerlarda to‘kimachilik ham g‘oyatda rivojlanganligidan dalolat beradi.
VII asrda harbiy to‘qnashuvlarning ko‘payishi iqtisodiy hayotda katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Birinchidan, markazlashgan hokimiyat zaiflashdi, ikkinchidan, siyosiy vazyatning notinchligi iqtisodiy tanglikni yuzaga keltirdi.
So‘g‘d viloyati aholisi ijtimoiy qatlamlari asosan savdogarlar, hunarmandlar, taqvodorlar, harbiy askarlar, ziroatkorlar va chorvador aholidan tarkib topgan. Ularning orasida dehqonlar mavqe jihatdan yuqoriroq turgan. Chunki ular zodagon sanalib, katta yer egalari hisoblangan. Jamiyatda dindorlarning xam ahamiyati va o‘rni yuksak bo‘lgan.
VI-VII asrlarda madaniy taraqqiyot jamiyatdagi siyosiy – iqtisodiy va ijtimoiy voqealar ta’sirida rivojlanib borgan. Turli xalqlarning til va yozuvlari alohida o‘ringa va mavqega ega bo‘lgan. Arab yozuviga qadar O‘rta Osiyo hududlarida turk – runiy (miloddan avval shakllangan), uyg‘ur (taxminan VI asr), monaviy (milodiy III - VIII asrlar), so‘g‘d, braxma va suryoniy yozuvlari mavjud bulgan. Bular orasida Xorazm yozuvi alohida o‘ringa ega bo‘lgan.
So‘g‘d davlati. V—VII asrlarda bu mayda ilk feodal davlatlar, avval eftaliylar, so‘ngra Turk xoqonligaga bo‘ysundirilgan bo‘lsa-da, ammo eftaliylar ham, turklar ham ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. Markaziy xokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqlab qoladilar. Bu davlatlarning xukmdorlari o‘z atrofidagi mulkdor zodagon dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga tayanardilar. Chunki ular o‘zaro bir-birlari bilan dushmanlik kayfiyatida bo‘lib, shu boisdan biri ikkinchisidan cho‘chigan holda yashar edilar. Ular orasida eng yirigi So‘g‘dning ilk feodal davlatlari konfederatsiyasi edi. Bu ittifoqqa Zarafshon va Kashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Maymurg‘, Ishtixon, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshob mulklari birlashgan edi. Bu mulklarning har biri o‘z xokimiga va harbiy chokarlariga ega edi. Ularning ko‘pchiligi Samarqand ixshidiga tobe bo‘lsa-da, ammo Bu­xoro, Kesh va Naxshoblar deyarli mustaqil edi. Xatto ular o‘z tanga pullarini zarb qilardilar. VII asr birinchi choragida Kesh viloyati kuchayib, qudratli davlatga aylanib boradi. VII asr o‘rtalarida Kesh xukmdori - ixshid IIIishpir butun So‘g‘dda xukmronlikni qo‘lga kiritadi. U o‘z nomidan tangalar zarb ettiradi va Xitoy bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatadi. VI asr ikkinchi yarimida Keshda Axurpat xukmronlik qilgan vaqtda Kesh va Samarqand o‘rtasida kurashlar kuchayib ketadi va Samarqand xukmronlikni qaytarib oladi. Endilikda Kesh ixshidi Samarqand ixshidiga tobe bo‘lib qoladi va unga ixrid unvoni beriladi. Bu vaqtda Samarqand hokimi Varxuman bo‘lgan. So‘g‘diyonaning mahalliy hokimlari Choch va Xorazmning mustaqil hokimlari bilan birlashgan edilar. Yirik siyosiy birliklar ma’lum muddatlarda shaxarlardan birida o‘z qurultoylarini o‘tkazib turganlar.
Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ruxiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Unda o‘tkaziladigan har yilgi diniy marosimlarda viloyat xukmdorlarining barchasi qatnashardi. Yozma va arxeologik manbalardan ma’lum bo‘lishicha, So‘g‘d xukmdorlari O‘rta Osiyo va chet el davlatlari bilan elchilik aloqalari olib borardilar. Masalan, Afrosiyobda ochilgan devoriy rasmlarda So‘g‘d xokimi Varxumaning Chag‘oniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi.
So‘g‘diyona xududlari xozirgi Panjikentdan Karmanagacha bo‘lgan xududlardan iborat bo‘lgan. Bu vaqtda Buxoro mustaqil davlat sifatida ajralib chiqdi va buxorxudotlar boshchiligida yashay boshladi . So‘g‘dda aholi juda gavjum yashardi. So‘g‘diylar xunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va bog‘dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda omilkor edilar. Darg‘om, Naxripoy, Xarkon kabi yirik anhorlardan sug‘orilgan So‘g‘d yerlari juda xosildor edi. Sug‘orma dehqonchilik rivoj topgan bu diyorda g‘alladan tashqari, paxta va sholi ekilardi. Uning paxtasidan to‘qilgan surp va bo‘z matolaridan faqat so‘g‘diylargina emas, balki butun dasht aholisi kiyinardi. So‘g‘dning sharbatli uzumlaridan musallas tayyorlangan, Samarqandning zarg‘aldoq shaftolisi Xitoy poytaxtida «Samarqandning oltin shaftolisi» nomi bilan dong‘i ketgan edi. Chorvachilikda mayda va yirik shoxli hayvonlar bilan bir qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilardi. Ayniqsa So‘g‘dning xisori ko‘ylari va tulporlari juda mashhur edi. Buxoro, Kesh va Maymurg‘ yaylovlaridan uyur-uyur yilqilar muttasil Xitoyga xaydab borilardi.
Toxariston davlati. Toxariston hozirgi Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashgan. Bu mustaqil davlat Xuttalon, Chag‘oniyon, Termiz, Badaxshon, Kabodiyon, Vaxsh, Shuman, Shug‘non, Vaxon kabi 27 ta tog‘li va tog‘ oldi viloyatlarini birlashtirgan. Ular har birining o‘z xokimi va chokarlari bo‘lgan. Masalan, Chag‘oniyon viloyatining xokimi «chag‘onxudot», Termizning xukmdori «termizshox», Xuttalonniki – «malik» yoki «sheri xuttalon» deb yuritilardi. Mahalliy xukmdorlarning eng kuchli va nufuzlisi Xuttalon, Shuman, Kabodiyon, Shug‘non va Vaxon viloyatlarining xokimlari bo‘lib, ular harbiy kuchlar zarur paytlarda 50 mingtagacha chokar to‘play olardilar. Toxariston avval eftaliylar, so‘ngra Turk xoqonligi tomonidan bo‘ysundiriladi. Manbalarda ta’rif etilishicha, VII—VIII asrlarda Toxariston aholisining yarmi maxalliy, yarmi esa turklar bo‘lgan. Uning bir qismi toxar, ikkinchisi turk, uchinchisi esa mahalliy tilda so‘zlashgan. Podshox, zodagonlar va fuqarolar budda diniga sig‘inganlar, qator ibodatxonalar va koxinlar bo‘lgan. 25 harfli yozuvi kundalangiga chapdan o‘ngga qarab bitilgan. Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. Tog‘liklari po‘stin va jun chakmon kiyishgan. Erkaklar soch va soqollarini qirtishlab, ayollari esa uzun soch qo‘yib yurishgan.
Toxariston noyob tabiiy boyliklarga serob edi. U yerda qadimdan konchilik taraqqiy topgan. Birgina Badaxshonning o‘zidan la’l, lojuvard, aqiq kabi qimmatbaho toshlar va oltin, temir va jez kovlab olingan. Serjilo toshlar va ma’danlar zargarlik, chilangarlik va temirchilikda ishlatilgan. Bu o‘lkada ayniqsa kurolsozlik yuksalgan zdi. Chokarlar kamon, gurzi, chuqmor, xanjar va shamshir bilan qurollangan. Ularning qo‘lida ajoyib to‘qima Balx sovutlari bo‘lardi. Toxaristonda shishasozlik ham ancha rivoj topgan edi. Rangdor shishalardan surmadonlar, marjon va munchoqlardan tashqari xilma-xil shisha buyumlar yasalgan. VIII asr boshlarida Toxaristondan Xitoyga olib chiqilgan qizil va zumrad rangli shishalar xitoyliklarni lol qoldirgan.
Toxaristonda ayniksa to‘qimachilik yuksak darajada edi. Ip, jun va ipakdan rangli, guldor va yo‘l-yo‘l matolar to‘qilgan. Qimmatbaxo ipak va jun matolardan asosan zodagon dehqonlaru xukmdorlar kiyinishgan.
Xullas, Toxariston mustaqil ilk feodal davlatlar qatorida tursa ham, lekin hali bir oz bo‘lsa-da, markazlashmagan edi. Chunki uning hap bir viloyati o‘zining vorisiy sulolasiga mansub xokimlari tomonidan boshqarilgan. Ular alohida-alohida mayda davlatchalarni eslatardi. Hatto ularning har biri o‘zga yurtlarga elchilar yuborardi. Shunday qilib, Toxariston ilk o‘rta asrlarda tashkil topgan mayda davlatchalar konfederatsiyasini tashkil etardi.
Farg‘ona (Dovon) davlati. Bu davrda Farg‘ona vodiysida yana bir ilk feodal davlat xukm surardi. Qadimda bu mamlakat Davan va Fragona deb yuritilgan. Uning podsholari «ixshid» deb atalgan, poytaxti Koson va Axsikat shaxarlarida joylashgan. Farg‘ona Kan siyosiy ittifoqidan mustaqil bo‘lib, afshin tomondan boshqarilgan va Tyan-Shan xalqlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan.
Dovon shimol tomondan Yettisuv, g‘arbdan Choch va Eloq, janubi-g‘arbdan So‘g‘d, janubdan Toxariston va sharqdan Sharqiy Turkiston viloyatlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalarida ta’riflanishicha, Farg‘ona yerlari juda xosildor bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Unda bog‘u bo‘stonlar va gulzorlar mo‘l bo‘lgan. Koson, Axsikat va Kubo kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Ko‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar, bo‘yoqlar, rang-barang shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda tog‘ va tog‘oldi yaylovlarida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvadorlar yashagan. Kurama va Koramozor tog‘lari yon bag‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu diyorda ko‘paytirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga taralgan. Farg‘onada qo‘y, xachir va tuyalar ham boqilgan.
Shunday qilib, VI—VIII asrlarda Farg‘onada dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik xo‘jaliklari va ichki hamda tashqi savdo rivoj topgan. U mustahkam iqtisodiy poydevorli o‘lka edi. Strategik jihatdan qulay geografik o‘rni, mustahkam mudofaa inshootlari bilan ta’minlangan Koson, Axsikat, Kubo kabi yirik shaharlari, tog‘ qal’alari, vodiy bo‘ylab joylashgan qator-qator istehkomli qo‘rg‘onlari tufayli bu diyor kuchli harbiy imkoniyatga ham ega edi. Ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona O‘rta Osiyoning siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan qudratli davlat bo‘lgan.
Choch va Iloq davlatlari. V—VII asrlarda Chirchiq va Oxangaron vodiylarida ikkita mustaqil ilk feodal davlatlari xukmronlik qilgan. Manbalarda ulardan biri Choch davlati, ikkinchisi Eloq mulki nomlari bilan tilga olinadi. Chochning poytaxti Chochkat shahri bo‘lib, podshohi «tudun» deb yuritilgan. Xitoy manbalarida Choch viloyati Shi va Chje-Щi nomlari bilan ta’riflanadi. Eloqning poytaxti Tunkat bo‘lgan, xokimlari «dehqon» deb atalgan. V asrda Choch viloyati Eftaliylar davlatiga, VI asrda esa G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘ysundiriladi. VIII asrda Choch va Eloq birlashib yagona davlatga aylanadi va o‘z mustaqilligini tiklab oladi. Choch va Eloq shimol va g‘arb tomondan G‘arbiy turk xoqonligi, sharqdan Farg‘ona va janubdan Ustrushona bilan chegaradosh edi.
Choch va Eloq sertarmoq xo‘jalikka ega mamlakat edi. Unda sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, ayniqsa konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada rivojlangan. Ilk o‘rta asrlarda Chirchiq daryosidan Zog‘ariq, Bo‘zsuv, Anhor va Kalkovuz kabi yirik sug‘orish tarmoqlari qazib chiqarilib, Chochning ekin maydonlari nihoyatda kengaygan. Bu davrda Choch vohasi uzil-kesil shakllanib, u 50 ga yaqin sug‘orish shoxobchalari vositasida sug‘orilgan. Dehqonchilikda ko‘proq arpa, bug‘doy va tariq ekilgan. Ayniqsa, Chochning poytaxt shahri atroflari obod edi. Unda 50 dan ortiq katta-kichik istehkomlar, feodal qo‘rg‘onlari va ko‘shklari, obod qishloqlar qad ko‘targan.
Choch va Eloq tog‘lari oltin, kumush, rangli ma’danlar, temir va jilvador chaqmoq toshlarga boy edi. Bu tabiiy boyliklar tufayli qadimda bu o‘lkada konchilik va unga asoslangan xunarmandchilik rivoj topadi. Oltin va kumushlar qazib olishda ayniqsa Eloq O‘rta Sharq mamlakatlarida shuhrat topadi. Chotqol va Kurama tog‘larida joylashgan Kuxisim, Lashkarak va Koni Mansurdan kumush, Ko‘shbuloq va +izil olmasoy konlaridan oltin, O‘ngurlikon va Oqturpoq konlaridan esa feruza kovlab olingan.
Rangli va nodir ma’dan konlarining o‘zaro yaqinligi, ayirbosh savdo bozori bo‘lgan ko‘chmanchi chorvadorlar dashtining Choch va Eloqda tutashib ketgani, mamlakatlararo tashqi savdo aloqalarini bog‘lovchi karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi bu viloyatlarda ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlarning gavjumlashuviga imkon beradi.
Chochning mohir ustalari metallardan qurol-yarog‘, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oltin va kumushlardan turli xildagi zeb-ziynatlar yasaganlar, teri oshlab, charm pishirib, paxta va jundan mato to‘qiganlar, sopol va shisha idishlar yasab, ichki va tashqi bozorni xunarmandchilik mahsulotlari bilan ta’minlaganlar. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaxo toshlar, g‘alla, kuruq meva va yilqilar chetga chiqarilgan.
Shahar aholisining bir qismi savdo bilan mashg‘ul bo‘lgan, VI-VIII asrlarda Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin uchinchi o‘rinda turgan. Choch poytaxti tashqi savdo munosabatlarining markazi edi.
Chochning ijtimoiy tarkibi xam ilk feodal jamiyatiga xos edi. U mulkdor tabaqa zodagon dexqonlar, mexnatkash tabaqa erkin jamoa a’zolari -ozodlar; mulkdor tabaqaga mute-kadivarlar hamda erksiz qul va cho‘rilardan iborat edi.
Xorazm davlati. Xorazm boshqa shahar – davlatlariga nisbatan mustaqil edi. Mamlakatda Afrig‘iy shoxlari sulolasi shoxlari xukmronlik qilganlar. VI-VII asrlarda Xorazmda iqtisodiy inqiroz xukm surgan bo‘lishiga qaramay u Sharqiy Yevropa davlatlari bilan muntazam savdo aloqalari olib borgan. Xorazm madaniyati o‘z qiyofasini saqlab qolgan va hech qanday tashqi ta’sirga uchramagan edi. Xorazmda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Xorazm hududlarida IV-VI asrga oid yodgorliklardan biri Kat shahri yaqinidagi qadimgi Fir qal’asi xorabalari o‘rganilgan. Bu qal’a-shahar ilk o‘rta asrlarda Xorazm davlatining poytaxti bo‘lgan. Beruniy Fir qal’asi haqida shunday yozadi: “Qal’aning uchta devori paxsadan va xom g‘ishtdan qurilgan. Bularning bir ikkinchisi ichiga joylashgan, har birining balandligi boshqasiga nisbatan oshib boradi, amo shoh qasri hammasidan ham balanddir”. Turk xoqonligi davrida Xorazm ma’lum darajada o‘z mustaqilligini saqlab, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanish sohasida katta yutuqlarga erishgan. Afrig‘iylar sulolasi 995 yilgacha hukm surgan.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə