Farmakologiya


Noglikozid strukturali kardiotonik moddalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə70/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Noglikozid strukturali kardiotonik moddalar
Adrenomimeiklar, dofamin, metilksantinlar, glyukagon ham yurakni stimullovchi xususuyatga ega. Lekin ularning yurak-qon tomir sistemasiga ko’pgina nojo’ya effektlari bor (taxikardiya, aritmiya) bu esa kardiotonik sifatidagi ta’sirini kamaytiradi. Boshqacha mexanizmda ta’sir qiladigan moddalar ham kashf qilindi (masalan, kardiomiostitlarning Ca ga sezuvchanligini stimulliydigan). Noglikozid moddalar kardiomiotsitlarga ta’sir qilish mexanizmi bo’yicha quyidagicha. Moddalar kardiomiostitlardagi s-AMF va Ca2+ ionlarini oshiradi.
1.β1adrenoresteptorlarni stimullaydiganmoddalar - Dofamin va Dobutamin
2. Fosfodiesterazani ingibitorlari – Amrinon, Milrinon
Dofamin va Dobutamin kardiotonik ta’siri ular yurakdagi adrenoresteptorlarga ta’siri bilan bog‘liq. Bunda adenilatsiklaza aktivlanadi, bu esa kardiomiostitlardagi stAMFni oshishiga va Ca ionlari konsentratsiyasining oshishiga olib keladi. Oxir oqibatda yurakning qisqarish kuchi oshib boradi.
Dofamin(dopmin) dofaminoretseptorlarga ta’sir qiladi, hamda a va β- resteptorlarni ketma-ket stimullaydi, noradrenalinni oldingi maxsuloti hisoblanadi. O’rtacha terapevtik dozada dofamin ijobiy inotrop ta’sir ko’rsatadi(yurakdagi β 1 resteptorlarni qo’eg‘atadi), buyrak va mezenterial qon tomirlarni kengaytiradi(silliq mushaklarga ta’sir qiladi). Dofamin kardiogen shokda qo’llaniladi.Bu preparat taxikardiya, aritmiya periferik qon tomirlarni qarshiligini va yurak ishini oshirishi mumkin. Dofamin, Dobutamin - β 1 adrenomimetik hisoblanadi ko’proq tanlab ta’sir ko’rsatadi.U kardiotonik ta’siri bilan ajralib turadi. Dobutamin yurakning dekompensastiya holatida qisqa muddat stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Dobutamin taxikardiya, aritmiya, gipertenziya va boshqa nojo’ya ta’sirlarni keltirib chiqaradi. Dofamin va Dobutamin vena ichiga yuboriladi. Oxirgi yillarda taxikardiya,aritmiya chaqirmaydigan, arterial bosimni o’zgartirmaydigan sintetik kardiotonik moddalar bo’yicha chuqur izlanishlar olib borilmoqda. Moddalarning inontrop ta’siri va toj arteriyalarida qonning aylanishini yaxshilashi, yurakni kislorodga bo’lganextiyojini oshishi bilan mos ravishda kashf qilinmoda. Shu talablarni qoniqtirgan holda Amrinon va Milrinon kashf qilindi. Shu talablarni qoniqtirgan holda Amrinon va Milrinon kashf ilindi. Moddalar fosfodiesteraza III ni ingibirlash xisobiga s-AMF ni oshiradi, s-AMF inaktivatsiya prostessini bloklaydi. stAMF ni yig‘ilishi Ca2+ ionlarini konsentrastiyasini oshishiga olib keladi, bu esa ijobiy inontrop ta’sirga sabab bo’ladi. Shunday qilib bu moddalar mexanizmi bo’yicha yurak glikozidlari va katexolaminlardan ajralib turadi.
Amrinon- (bispiperidin unumi) miokardni qisqarish aktivligini oshiradi va vazodilatatsiya chaqiradi. Hozirgi kunda bu moddani qisqa muddatli ta’sirda (vena ichiga) yurakning o’tkir etishmovchiligida qo’llaniladi. Strukturasi va ta’siri bo’yicha analogi milrinon hisoblanadi. Noglikozid kardiotonik prepatlar, shu bilan birga miofibrillalarni Ca2+ ionlariga sezuvchanligini oshirish xususiyatiga ega. Bu guruxning birinchi nomzodi va sintetik birikmasi bo’lib Levosimendan (simdaks-piridazinondinitrilning unumi) kiradi. Mexanizmi bo’yicha bu modda yurak miofibrillalarining Ca2+ ionlariga sensibilizatsiyasini yakunlaydi, shartli ravishda bu modda troponin C ni bog‘laydi. Bu esa miokardni kislorodga extiyojini oshirmagan holda, yurakni qisqarish kuchini oshirishiga olib keladi. Bundan tashqari, levosimendan toj tomirlarni va boshqa qon tomirlarini kengaytiradi. Bu qon tomirlar silliq muskullida KATF -ionlarini aktivlaydi. Bu preparat endotelin-1 ni ajralishiga ko’maklashishihaqida ma’lumotlar xam bor.Yuqori konstentrastiyada u fosfodiesteraza III ni ingibirlaydi. Levosimendanning tomirlarni kengaytiruvchi ta’siri yurakning nagruzkadan oldingi va keyingiholatida toj tomirlarida qon aylanishini yaxshilanishiga, umumiy periferik qon tomirlarni qarshiligini kamayishiga, yirik tomirlardagi va o’pka arteriyalaridagi bosimni pasayishiga, olib keladi. Bularning hammasi yurak etishmovchiligida uning ish faoliyatini yaxshilanishiga sabab bo’ladi.
Terapevtik dozada qo’llanilganda odatda aritmik xususiyati sezilmadi. Organizmda levosimendan to’liq metobolizmga uchraydi.Moddaning 5% ga yaqini aktiv metobolitga aylanadi. 97-98% iqondagi plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Bir soat ichida tezda eliminastiya bo’ladi.
3.2.Antiaritmik vositalar
Miokardning ritmi faolligi yurak ritmi va o’tkazish tizimi holati, miokard bioximizmi, uning qon ta’minoti va boshqa omillarga bog‘liq. Shuningdek neyrogen va gumoral ekstrakardial ta’sir ham muhim ahamiyatga ega. Bu murakkab tizimning alohida bo’g‘inlaridagi buzilishlar yurak ritmining patologik o’zgarishlariga olib kelishi mumkin Yurak aritmiyasining sabablari ko’p. Ular miokard ishemiyasi, yurak porogi, elektrolit buzilishlar, kislota asos holati o’zgarishi, kimyoviy moddalar intoksikastiyasi, yurak innervastiyasi buzilishi, endokrin va yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq. Yurak qisqarishi ritmining buzilishi avtomatizm va yurakning o’tkazish tizimi hamda mushak kataklari o’tkazuvchanligi o’zgarishi bilan asoslanadi. Avtomatizmning patologik o’zgarishlari ritmning fiziologik darajasidagi impulslar generastiyasi buzilishi yoki ritmning ektopik urishi paydo bo’lishi bilan bog‘liq (sinoatrial tugun va sinus bo’lmachali tugun asosiy hisoblanadi ). Ritmning ektopik urishi va razryadlar chastotasining ko’tarilishi elektrofiziologik tarzda diastolik depolyarizastiya tezligini oshishi, tinch membrana salohiyati pasayishi, faoliyat salohiyati pasayishi bilan bog‘liq, membrana tinchlik potenstialini pasayishi (maksimal diastolik potenstial; elektromanfiy potenstial hosil bo’ladi) va bo’sag‘a potenstialini kamayishi (bo’sag‘a elektromanfiy tomonga suriladi). Ko’rsatilgan o’zgarishlar aritmiya rivojlanishiga xos bo’ladi. O’tkazuvchanlikning buzilishi yurakning o’tkazish tizimidagi o’tkazish blokining turli darajalarida namoyon bo’ladi. O’tkazuvchanlik to’g‘rasmida faoliyat salohiyati amplitudasi o’sish tezligi bo’yicha fikr bo’ldirish mumkin (faza 0). O’tkazuvchanlik pasayganda sistologik depolyarizastiya tezligi- - faza 0 (Vmax) - kamayadi (harakat potenstiali ta’siri maksimal miqdorda erishiladi). EKG da yurak bo’lmasi tugunidagi o’tkazuvchanlik buzilishi P-R oraliq oshishi, qorinchalar ichi davomiyligi - QRST. Funkstional blok bir tomonlama bo’lishi mumkin (rasm. 14.5), bunday holatda aritmiya qayta kirish mexanizmi bo’yicha rivojlanadi (yoki qaytar qo’zg‘alish). Shunday yo’l bilan yurak bo’lmasi va qorinchalar aritmiyasi paydo bo’lishi mumkin. Aritmiya rivojlanishi uchun samarali refrakter davr miqdori muhim ahamiyatga ega 2. U kamayganda ekstrasistola va ko’plab xususiy stimullar ko’tariladi. Bu ko’pincha



Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə