K
o‘proq daromad oladiganlar ko‘proq soliq to‘lashi hisobga olinsa, bu ham progressiv
jarayondir.
Buning evaziga finlar ta’lim va sog‘liqni saqlash,
shuningdek hukumatning
k
o‘plab boshqa xizmatlaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Finlyandiyada
barcha fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga intilish jamiyat rivojining
kafolati sifatida qaraladi. Xargrives va Shirli ta’kidlaganidek (2008, 137), kuchli va farovon
jamiyat Finlyandiya rivojining fundamental asosi b
o‘lib, bu o‘z navbatida mamlakat
iqtisodiyotining barqaror
o‘sishiga ham xizmat qiladi.
Skandinaviya mamlakatlari gender tengligi masalalari bilan ham yetakchi
davlatlardan sanaladi. Misol tariqasida Fin ayollarining 1907-yilda dunyoda birinchi b
o‘lib
ovoz berish va saylovlarda nomzod sifatida ishtirok etish huquqiga t
o‘liq ega bo‘lganligini
keltirish mumkin
1
. Bugungi kunda ham butun dunyoda Finlyandiya
Milliy parlamentdagi
ayollar soni b
o‘yicha eng yuqori foiz ko‘rsatkichiga ega. Bundan tashqari, Finlyandiya
hukumatida ayol va erkak vazirlar soni teng miqdorda b
o‘lishi
kerakligi haqidagi qoida
ham mavjud.
Ta
’lim jamiyatning o‘ziga xos qadriyatlari va madaniyati bilan chambarchas
bo
g‘liqdir. Sahlberg (2006, 278) ta’lim tizimi jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlarning
o‘zaro bog‘langan qismi sifatida rivojlanishini ta’kidlaydi. Shu jihatdan qaralsa,
Finlyandiya ta’lim tizimida ham barchaning teng huquqliligi g‘oyasini ko‘rish mumkin. Fin
ta
’limining asosiy poydevorlaridan biri shundaki, barcha uchun teng va yuqori sifatli ta’lim
olish huquqi ta’minlanishi kerak. Ijtimoiy va etnik kelib chiqishi, yoshi, mavqeyi yoki
yashash
joyidan qat
’i nazar, barcha fuqarolar uchun bir xil ta’lim imkoniyatlari mavjud
b
o‘lishi kerak. (Finnish Education in a Nutshell 2017, 6.) Shu nuqtai nazardan aytish
mumkinki, Finlyandiyada har qanday ta
’lim islohoti tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: