12.1.2. Butirofenonning hosilalari.
Galoperidol
-samarali antipsixotik, sedativ va qusishga qarshi vosita. Fenotiazinlardan farqli
ravishda deyarli M-xolinobloklovchi xususiyatlariga ega emas; kamroq darajada α-
adrenobloklovchi xususiyatlari mavjud.
Foydalanish uchun asosiy koʻrsatma-shizofreniya.
Galoperidolning nojoʻya ta‘siri: parkinsonizm, akatiziya, tardiv diskineziya, uyquchanlik,
galaktoreya, menstrual sikl buzilishi; aritmiya yuzaga kelishi mumkin, neyroleptik
yomonsifatli sindromi.
Droperidol
odatda neyroleptanalgeziya uchun fentanil (kombinatsiyalangan preparat -
talamonal
) bilan ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |