12.3.
LITIY TUZLARI.
Litiy tuzlari, xususan, litiy karbonat, maniakal holatlarda juda samarali boʻlib, ular yuqori
darajadagi, ammo nooʻrin va samarasiz faoliyat, noadekvat entuziazm, fikr va gʻoyalarni tez
oʻzgarishi, gʻayrioddiy takabburlik va fikrlashni buzilishlari bilan namoyon boʻladi. Bu
holat, xususan, maniakal-depressiv psixozning maniakal fazasiga xos boʻlib, unda maniakal
qoʻzgʻalishni davrlari depressiya bilan almashadi.
Maniakal-depressiv psixozni maniakal va depressiv fazalari bir-biriga bogʻliq boʻlganligi
sababli, litiy karbonatni muntazam ravishda qabul qilinishi, manik qoʻzgʻalishni
susaytirishdan tashqari, depressiv fazani namoyon boʻlishini kamaytiradi.
Litiy tuzlarini ta‘sir qilish mexanizmi Li
+
ning neyronlarda ushlanib qolish qobiliyati bilan
bogʻliq (Na
+
dan farqli oʻlaroq, u Na
+
, K
+
-ATFaza bilan ajralib chiqmaydi) va inozitol-1,4,5-
trifosfat hosil boʻlishini buzadi.
Li
+
markaziy asab tizimida noradrenalin va dofaminni ajralishini ingibirlaydi, noradrenalin
va serotoninni neyronlar tomonidan qayta tutilishini oshiradi.
178
Manbaa:
@pharma_baza
Dostları ilə paylaş: |