Futbol o‘yini bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish



Yüklə 20,32 Kb.
səhifə5/5
tarix27.12.2023
ölçüsü20,32 Kb.
#161772
1   2   3   4   5
2-мавзу футбол

O`yin g`olibini aniqlash yoki o`yinlar natijasi mehmonda va uyda O`yin durang natija bilan yakunlangan paytda, turnir reglamentida ishtirokni davom ettirish uchun keyingi bosqichga jamoalardan biri chiqishi talab qilinsa, 11 metrlik nuqtadan beriladigan zarbalar g`olibni aniqlash uchun yagona yo`l hisoblanadi.


TEXNIK MAYDONCHA
Rasmda ko`rib turganingizdek, maydonda bo`ladigan uchrashuvlarda zaxira futbolchilari uchun maxsus o`rindiq va jamoa rahbariyati uchun mo`ljallangan 3-qoida va 2-qarordagi kabi texnik maydoncha bo`ladi.

Texnik maydonchalar turli maydonlarda bir – biridan farq qilishi mumkin. Masalan, kattaligi va o`rnatilgan joyi bilan farq qiladi.
  • O`yin qoidalari va reglament
  • To`rtinchi hakam tomonidan o`yindagi to`xtalishlar hisobiga yo`qotilgan vaqtni e`lon qilish
  • 7 – Qoida: O`yining davomiyligi. Vaqt qo`shib berish.
  • O`yinning har bir bo`limida quyidagi holatlar uchun vaqt yo`qotilishi tufayli qo`shimcha vaqt qo`shib beriladi:
  • o`yinchi (lar) almashtirish,
  • o`yinchi jarohati darajasining jiddiyligini baholash,
  • kuzatib qo`yish (o`yinchiga yordam ko`rsatilishi uchun maydondan tashqariga chiqarish),
  • o`yinni cho`zish,
  • boshqa biror sabab.
  • Vaqtni qo`shish bosh hakam ko`rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
  • Musobaqalar reglamentida belgilanishicha, o`yin vaqtida stadionlardagi soatlar ishlashi mumkin, yagona shart shundan iboratki har bir bo`lim, ya`ni 45 va 90 daqiqa tugagach, soatlar to`xtatiladi. Ushbu shart final o`yinlarining qo`shimcha bo`limlari uchun ham taalluqli. (Ya`ni, soatlar 15 va 30 daqiqa o`tgach, to`xtatiladi).
  • Bosh hakam va to`rtinchi hakam o`yindagi to`xtalishlar hisobiga vaqt yo`qotilishiga ko`proq e`tibor berishlariga to`g`ri keladi. Hakamlar Qo`mitasi oddiy holatlarda o`yinchi almashtirishga 30 soniya, jarohatlangan o`yinchini maydon tashqarisiga kuzatish uchun 1 daqiqa qo`shib berishni tavsiya etadi. Alohida hollarda bosh hakam yuqorida qayd etilgan holatdan farqli o`laroq, vaqt yo`qotilishini aniqroq hisoblashi zarur bo`ladi. (Masalan, maydonda darvozabonga yordam ko`rsatilganda).
  • Italiyada keyingi yillarda to`plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Hakamlar Qo`mitasi UEFA musobaqalarining barcha o`yinlarida e`lon qilishning quyidagi qoidalariga asosan, to`rtinchi hakam tomonidan qo`shib berilayotgan vaqtni e`lon qilishni tavsiya etadi:
  • Har bir bo`limda asosiy o`yin vaqti tugagandan so`ng (45- va 90-daqiqalar o`tib bo`lgach) bosh hakam to`rtinchi hakamga imo-ishora yoki ovoz chiqarib, qancha vaqt qo`shishga qaror qilganini bildiradi. O`yinga yarim daqiqa yoki soniyalar emas, to`liq daqiqalar qo`shib beriladi. Ushbu qoida qo`shimcha bo`limlarda ham amal qiladi (15- va 30-daqiqalar tugagandan so`ng).

Adabiyotlar

    • Акрамов Р.А. Футбол. Дарслик. – Т., 2006.
    • Isroilov Sh.X, Nurimov Z.R, Abidov Sh.U, Davletmuratov S.R, Karimov A.A. Sport va harakatli oyinlar (Futbol). Darslik. – T., 2017.
    • footballrules.ru.football-laws-17-18 tarmog‘idan olingan ma’lumotlar.
    • sportzone.ru.sport.rules tarmog‘idan olingan ma’lumotlar.
  •  

Etiboringgiz uchun raxmat


Yüklə 20,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə