yaratish, samimiy muomala maromini
shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy
mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizidan vujudga
keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan biri- shaxslarning
ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotgan
umumiy nuqtai nazarlari, hayotning
turli jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar, chunochi mehnat muvaffaqiyati va ta’lim
yutug’i, rahbar va xodim, o’qituvchi va saboq oluvchi o’rtasidagi munosabatlari,
oiladagi shaxslararo muomala maromi, har xil vaziyatlarda paydo bo’lgan
turmushdagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyojlari,
qiziqishlari, mayllari va
ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil qilishlik yoki qanoat hosil qilmaslik
kayfiyatning manbalari bo’lib hisoblanadi. Shaxsning ma’lum muddat ruhi tushib,
noxush, zaif kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga
kelganligidan xalovat, tinchlik buzilganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar
namoyon bo’lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda
xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o’tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositalarni
qo’llash, kayfiyatini buzib turgan omillarni batamom
bartaraf etish maqsadga
muvofiqdir.
Fanda stressning kayfiyat bilan bog’liq bir necha turlari ajratilinib
ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: