2-Mavzu: Betonning fizik-mexanik



Yüklə 307,37 Kb.
səhifə5/5
tarix24.12.2023
ölçüsü307,37 Kb.
#159436
1   2   3   4   5
Betonning fizik-mexanik xossalari (2)

Betonning sinfi va markalari
Beton va temirbeton konstruksiyalarni loyihalashda ishlatilish soxasi va joyiga qarab sifat ko‘rsatkichi sifatida betonning sinflari va markalari o‘rnatilgan.
Beton mustahkamlik bo‘yicha quyidagi siniflarga bo‘linadi: markaziy siqilish bo‘yicha –B va markaziy cho‘zilish bo‘yicha-Bt.
Betonlar fizik xususiyatlariga ko‘ra quyidagi markalarga bo‘linadi: sovuqbardoshlik bo‘yicha – F, suv o‘tkazmaslik bo‘yicha –W, zichlik bo‘yicha –D.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik bo‘yicha siniflari quyidacha o‘rnatilgan: B7,5, B10, B12,5, B15, B20, B25, B30, B35, B40, B45, B50, B55, B60
Betonning cho‘zilishdagi mustahkamlik bo‘yicha siniflari quyidacha o‘rnatilgan: Bt0,8, Bt1,2, Bt1,6, Bt2, Bt2,4, Bt2,8, Bt3,2.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik buyicha sinflari qirralari 15x15x15sm bo‘lgan beton kublarni 28 sutka 20+2S xaroratda va muhitning nisbiy namligi 80- 90% bo‘lgan sharoitda saqlab va sinash natijalariga ko‘ra o‘rnatiladi.
Betonning sinfi konstruksiyaning belgilanishi va uni ishlatilish sharoitlariga qarab texnik –iqtisodiy muloxazalarga ko‘ra tanlanadi.
Betonning sovuqbardoshlik bo‘yicha markasi suvga to‘yingan beton kubning navbatma- navbat muzlash va erish sikllarining miqdori bilan o‘rnatiladi.
Og‘ir betonlar uchun quyidagi markalar o‘rnatilgan:
F50, F75, F100, F150, F200, F300, F400, F500.
Betonning suv o‘tkazmaslik bo‘yicha markasi suvning shunday bosimiga to‘g‘ri keladiki, bu bosimda suvning beton namunalar orqali sizib o‘tishi kuzatilmaydi. Betonlar uchun suv o‘tkazmaslik bo‘yicha quyidagi markalar o‘rnatilgan:
W2, W4, W6, W8, W10, W12.
Betonning zichlik bo‘yicha markasi betonning quritilgan xoldagi o‘rtacha zichligiga mos keladi va kg/m3 da o‘lchanadi.
Engil betonlar uchun D800-D1800,engillashtirilgan betonlar uchun D1900- D2200, og‘ir betonlar uchun betonlar uchun D2300- D2500 o‘rnatilgan.
Yüklə 307,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə