4-mustaqil ta’lim: Tezis yozish.(3ball) 5-mustaqil ta’lim: Ilmiy maqola yozish.(4ball)



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix16.03.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#102658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-semestr

Trafik oqimi 
Navbat tizimini tavsiflashda muhim vazifa kiruvchi va hizmat ko‘rsatuvchi so‘rovlar oqimini 
tavsiflashdir. OLT dagi kirish so‘rovlari sifatida biz Ethernet kadrlarining tizimga kelishi boshlanishini 
ko‘rib chiqishimiz kerak. Kiruvchi so‘rovlar orasidagi intervallar tasodifiy kirish oqimlarini yaratadi, ularni 
qo‘shni so‘rovlarning kelishi o‘rtasidagi vaqt taqsimoti bilan tavsiflash mumkin. Trafikning matematik 
ifodasi, o‘rtacha hizmat ko‘rsatish vaqti bo‘yicha tasodifiy sonli so‘rovlarning ehtimolini taqsimlash 
funktsiyasidir. Keng ko‘lamli tadqiqotlarshuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda multiservis tarmoqlarida 
ko‘pchilik tarmoq trafik oqimlari o‘ziga o‘xshshlik Hurst parametrini masofaning uzoqliligiga bog‘liqligi 
bilan tavsiflanishi mumkin. Hurst parametri o‘ziga o‘xshashlik o‘lchovini ifodalaydi. Stoxastik 
jarayonlarda o‘ziga o‘xshash jarayonlarning Hurst parametrini (H) baholashning bir necha usullari 
mavjud. Biroq, qaysi usul eng yaxshi natija berishi haqida hech qanday mezon yo‘q. Hurst 
parametrinibaholashning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ular turli natijalarga olib kelishi mumkin. 
Shuning uchun H parametrini hisoblash mumkin emas, lekin uni taxmin qilish mumkin. Bunda H 
parametr qisqa masofaga bog‘liqlikda 0< H < H 
 


PON tizimlari 
Passiv optik aloqa tarmoqlari ovozli signal hizmatlari, standart va yuqori aniqlikdagi video (STV 
va HDTV) signal hizmtlari, videokonferensaloqa (interaktiv video) hizmatlari va ma’lumotlar trafigini 
almashish kabi turli hizmatlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Passiv optik tarmog‘ida manbadan 
manzilgacha signal almashish liniyasida faol elementlar mavjud emas. Passiv optiktarmog‘i optik tolalar, 
ulagichlar va splitterlar kabi passiv optik komponentlaridan tashkil topgan. Passiv optik tarmog‘idagi 
barcha uzatishlar optik liniya terminali (OLT) va optik tarmoq qurilmalari (ONU) o‘rtasida amalga 
oshiriladi (1-rasm). OLT markaziy aloqa offisida (CO) joylashadi va optik kirish tarmog‘ini magitral 
tarmog‘iga (MAN) yoki butun jahon internet tarmog‘iga (WAN) ulaydi. ONU uy qurilmasi 
𝑀
= - uygacha 
optik tola (FTTH) arxitekturasiga asoslanib optik tola yotqizilgan uyda joylashadi va quyi bo‘g‘inga trafik 
oqimini qabul qiluvchi qurilma hisoblandi. OLT orqali uzatiladigan Ethernet paketlari passiv 1:N 
splitterdan o‘tadi va har bir ONUga yetib boradi. OLT MAC (Media AccessControl) protokoli yordamida 
hizmatlar o‘rtasida dinamik polasa kengligi taqsimoti va ustuvorlikni ta’minlaydi. Paketlar OLT 
tomonidan uzatiladi va ONU tomonidan ularning Media kirishni boshqarish (MAC) manzili asosida 
olinadi. PON OLT uskunasining asosiy funktsiyalarini to‘rt darajaga bo‘lish mumkin, bularfizik daraja, 
MAC daraja, paketlarni qayta ishlash va trafikni boshqarish darajalarga bo‘linadi. MAC darajasining 
funktsiyalari asosan signallarni kadrlarga ajratish, mediaga kirishni boshqarish, operatsiyalar, ma’muriyat 
va texnik hizmat ko‘rsatish (OAM), dinamik polasa kengligi ajratish (DBA), oldinga xatoliklarni tuzatish 
(FEC) va xavfsizlikni o‘z ichiga oladi.
Hulosa 
Ushbu maqolada OLT qurilmasining passiv optik aloqa tarmog‘ining bir qismida trafik oqimi 
jarayonlarini tavsiflovchi analitik ifodalarini yaratishga qaratilgan. Tarmoq trafigini stoxastik jarayonlarni 
modellashtirish uchun cheklangan Pareto taqsimoti tanlandi va asoslandi. Natijalar turli trafik oqimlari 
uchun Pareto taqsimotining yuqori chegarasi funksiyasi sifatida chiqish oqimlaridaintervallar o‘zgarishi 
koeffitsientini taqdim etadi. Trafik intensivligi parametri internet protokoli asosida optik aloqa 
tarmog‘idan video trafik oqimi parametrlari va turli shakl parametrlari uchun kiruvchi so‘rovlar orasidagi 
interval vaqtining maksimal qiymati funksiyasi sifatida qabul qilindi. Olingan dastlabki natijalar transport 
oqimi parametrlariga qarab OLT jarayonlarini bashorat qilish uchunishlatilishi mumkin. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə