|
A s daminov, B. S. SalimovChuchuk suv amyobasi: - Amoeba proteus-A s daminov, B. S. SalimovChuchuk suv amyobasi: - Amoeba proteus-
0,2- 0,7 mm kattalikda bo‘lib,
ko‘lmak, hovuz suvlarida, sholipoyalarda erkin holda yashaydi. Mikroskop ostida
tiniq rangsiz bo‘lib, uning soxta oyoqlari (psevdopodiya), ekto va endoplazmalari,
yadrosi ko‘rinadi. Shakli va oyoqlar coni esa o‘zgarib turadi.
Amyoba bakteriya, suv o‘tlari va mayda bir hujayrali organizmlar bilan
oziqlanadi. Psevdopodiyalari harakat qilishda va ovqat tutishda xizmat qiladi. Ovqat
tutilgan joyda ovqat hazm qilish vakuolalari paydo bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan ovqat
qoldiqlari, ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolalar yordamida tashqariga chiqarib
yuboriladi. Amyobalar ko‘pchilik sodda hayvonlar kabi jinssiz oddiy bo‘linish yo‘li
bilan ko‘payadi. Dastlab yadro, so‘ngra protoplazma bo‘linadi. Amyoba noqulay
sharoitda ikki qavat qattiq po‘stga o‘raladi. Bu hodisa sistalanish deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|