|
A s daminov, B. S. SalimovKo‘p hujayralilarning kelib chiqishiA s daminov, B. S. SalimovKo‘p hujayralilarning kelib chiqishi.
Ko‘p hujayralilarning bir hujayralilardan
kelib chiqqanligi isbot qilingan. Lekin ular bir hujayralilarning qaysi guruhidan
kelib chiqqanligi to‘g‘risida turli fikrlar mavjud.
Ko‘p hujayralilarning kelib chiqish muammosini hal etishda koloniya bo‘lib
yashovchi hayvonlar muhim o‘rin tutadi. Ko‘p hujayralilarni volvoksga o‘xshash
koloniyali xivchinlilardan kelib chiqqanligini hozir ko‘pchilik olimlar tan olishgan.
Ko‘p hujayralilar tuzilishiga ko‘ra tuban va yuqori darajada rivojlangan ko‘p
hujayralilarga bo‘linadi. Boshqa bir morfologik xususiyatlariga ko‘ra ko‘p
hujayrali organizmlar ikki va uch qavatlilarga, tana bo‘shliqsiz, birlamchi yoki
ikkilamchi tana bo‘shliqlilar va hakozo guruhlarga ajratilgan.
Tuban darajada rivojlangan ko‘p hujayralilarga Bulutlar-sporogia va
Kavakichlilar-Coclentrata tiplari misol bo‘ladi. Ushbu tiplarga kiruvchi ko‘p
hujayralalar ikki qavatli organizmlar bo‘lib ularda organ va toqimalarda bo‘lmaydi,
ularning tanasida turli vazifalarni bajaruvchi hujayralar guruhlari mavjud.
Bulutlarga nisbatan Kavakichlilar bir muncha progressive belgilarga ega,
evolyutsion jarayonda esa ulardan dastlabki uch qavatli, organ va toqimalarga ega
bo‘lgan yuqori rivojlangan ko‘p hujayralilar kelib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|