A) 50 ga yaqin B) 60 dan ortiq C) 40 ga yaqin
D) 80 dan ortiq
149. Tarixda “farog‘at davlati” deb nom olgan tizimni tugatishga intilgan harakat bu – …
A) “kurrupsiya va terrorizm to‘lqini” edi
B) “liberalizm oqimi” edi
C) “totalitarizm va avtoritarizm oqimi” edi
D) “konservativlik to‘lqini” edi
150. XX asrning 80-yillarida G‘arbning ko‘pgina davlatlarida qaysi partiya vakillari hokimiyat tepasiga keldilar?
A) sotsial-demokratlar B) konservatorlar
C) liberal-demokratlar D) kommunistlar
151. Dastlabki shaxsiy kompyuter qachon yaratildi?
A) 1949-yil B) 1977-yil C) 1980-yil D) 1973-yil
152. Dunyoda kompyuterlar qachondan boshlab keng ko‘lamda ishlab chiqarila boshlandi?
A) 1949-yil B) 1977-yil C) 1980-yil D) 1973-yil
153. II-jahon urushidan keyingi yillarda G‘arbiy Yevropaning qator davlatlarida konservativ partiyalarning tiklanishiga … kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
A) qashshoq tabaqaning ko‘payishi
B) xristian dini
C) urushga qarshi tashkilotlarning vujudga kelishi
D) vatanparvarlik va millatchilik
154. II-jahon urushidan keyin qaysi davlat Konstitutsiyasiga “bu davlat urushga milliy siyosat vositasi sifatida qarashdan voz kechadi”, degan modda kiritildi?
A) Italiya B) Fransiya C) Yaponiya
D) Buyuk Britaniya
155. Quyidagi qaysi davlatlar siyosiy hayotida kuchli ikki partiyaviy tizim saqlanib qolgan?
A) Yaponiya va Fransiya
B) Germaniya va Buyuk Britaniya
C) AQSH va Buyuk Britaniya
D) AQSH va Germaniya
156. Bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyotning qanday asosiy modeli mavjud?
A) ikki asosiy model: Liberal-demokratik taraqqiyot modeli va Totalitar taraqqiyot modeli
B) bitta asosiy model: Liberal-demokratik taraqqiyot modeli
C) uch asosiy model: Liberal-demokratik taraqqiyot modeli, Totalitar taraqqiyot modeli va Aralash taraqqiyot modeli
D) ikki asosiy model: Sotsial-demokratik taraqqiyot modeli va Kapitalistik taraqqiyot modeli
157. XX asr 90-yillari oxiriga kelib Yevropa Hamjamiyatiga a’zo 15 davlatning 13 tasida hukumatni qaysi partiya vakillari boshqardi?
A) xristian-demokratik B) konservatorlar
C) liberal-demokratik D) sotsialistlar
158. Bugungi kunda G‘arb davlatlari aholisining qancha qismini o‘rta tabaqa vakillari tashkil etadi?
A) to‘rtdan bir qismi B) uchdan ikki qismi
C) beshdan ikki qismi D) teng yarmi
159. Bugungi kunda G‘arb davlatlari aholisining qancha qismini boy-badavlat qatlam vakillari tashkil etadi?
A) yettidan bir qismi B) 8 foizi
C) o‘ndan bir qismi D) 15 foizi
160. 1993-yilda tasdiqlangan Yevropa Komissiyasi qanday vazifalarni bajarishi lozim edi?
A) YEH a’zolari bo‘lgan davlatlarning sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohasidagi siyosatlarini tartibga solish vazifalari
B) YEH a’zolari bo‘lgan davlatlarning tashqi siyosatini belgilash, xalqaro ahvolini yaxshilash va siyosiy sohasidagi siyosatlarini tartibga solish vazifalari
C) YEH a’zolari bo‘lgan davlatlarning iqtisodiy va siyosiy hayotini tartibga solish vazifalari
D) YEH a’zolari bo‘lgan davlatlarning o‘zaro nizolarini tartaraf etish, ularni o‘zari iqtisodiy va siyosiy hamkorlikka chaqirish vazifalari
II-BOB. G‘ARB MAMLAKATLARI.
1. II-jahon urushida qaysi davlatdan 300 ming kishi halok bo‘ldi?
A) Argentina B) AQSH C) Kanada
D) Gretsiya
2. II-jahon urushida qaysi davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri zarari 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi?
A) Belgiya B) AQSH C) Kanada D) Ispaniya
3. Qaysi davlatning zarari Ikkinchi jahon urushida ko‘rilgan barcha zararning atigi 0,4 foizini tashkil etdi?
A) AQSH B) Gretsiya C) Misr D) Liviya
4. II-jahon urushidan keyin qaysi davlat dunyoning birinchi dengiz davlatiga aylandi?
A) Buyuk Britaniya B) Rossiya C) AQSH
D) Kanada
5. II-jahon urushi davrida qaysi davlat AQSHdan boshqalarga nisbatan ko‘proq qarz bo‘lib qoldi?
A) Rossiya B) Fransiya C) Xitoy
D) Buyuk Britaniya
6. II-jahon urushidan keyin dunyo oltin zaxirasining necha foizi AQSH xazinalarida to‘plandi?
A) 65 % B) 47 % C) 41 % D) 54 %
7. XX asrning ikkinchi yarmida yangi liberalizm (neoliberalizm) oqimi paydo bo‘ldi. Bu oqim tarafdorlari …
A) ijtimoiy xarajatlar kambag‘allarni ovqatlantirish yoki ishsizlarga nafaqa to‘lashga sarflanishi kerak, deb hisoblaganlar
B) ijtimoiy xarajatlar kambag‘allarni ovqatlantirish yoki ishsizlarga nafaqa to‘lashga emas, ularni kasbiy qayta tayyorlashga sarflanishi kerak, deb hisoblaganlar
C) mamlakat miqyosida yagona umumdavlat ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish kerak, deb hisoblaganlar
D) har bir kishi mehnat qilishi, o‘zini o‘zi ta’minlashi, hech kim jamiyatdan xayr-ehson kutmasligi lozim, deb hisoblaydilar
8. Rekonversiya bu – …
A) davlatning muammolarni hal etishga qaratilgan muhim qonunlar qabul qilishi
B) tashqi siyosatda ittifoqdosh davlatlarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
C) mamlakat hayotini harbiy izdan tinch izga solish
D) mamlakatdagi partiyalar kurashini qonuniy yo‘l bilan kafolatlash
9. G. Trumen AQSHning nechanchi yillardagi prezidenti hisoblanadi?
A) 1947-1951-yillar B) 1946-1950-yillar
C) 1945-1952-yillar D) 1945-1949-yillar
10. AQSH prezidenti G. Trumen 1948-yilda ijtimoiy himoya sohasida quyidagi qaysi tadbirlarni ilgari surdi?
1) ish o‘rinlarining to‘la bandligini ta’minlash; 2) adolatli mehnat munosabatlarini joriy etish; 3) davlat uy-joylari qurish va xaroba kulbalarni yo‘q qilish; 4) iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish uchun ichki bozorni kengaytirishga sarflanadigan xarajatlarni ko‘paytirish; 5) minimal ish haqini oshirish; 6) ishsizlik bo‘yicha to‘lanadigan nafaqani to‘lash muddatini uzaytirish.
A) 1, 4, 6 B) 4, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3
11. AQSH ning demokratik an’analariga katta ma'naviy zarar yetkazgan shaxsni aniqlang.
A) Garri Pauers B) Jozef Makkarti
C) Vudro Vilson D) Yujid Debs
12. AQSh prezidentlaridan ketma-ket hukmronlik qilgan prezidentlarni aniqlang.
A) Nikson, Ford, Karter, Reygan
B) Nikson, Ford, Reygan, Eyzenxauer
C) Nikson, Eyzenxauer, Makkarti, Reygan
D) Makkarti, Nikson, Ford, Reygan
13. AQSH prezidentlarining faoliyat ko‘rsatish ketma-ketligi berilgan qatorni aniqlang.
1) Nikson, 2) Garding, 3) Kulij, 4) Ruzvelt, 5) Trumen, 6) Reygan, 7) Ford.
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 5 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6
14. “Reyganomika”ning markaziy masalasini aniqlang.
A) harbiy ehtiyojlarga xarajatlarni oshirish
B) ta’lim tizimiga asosiy e'tibor bergan holda kadrlar sifatini oshirish
C) armiyaning qisqartirilishi evaziga ortiqcha xarajatlarni yo‘qotish
D) “sovuq urush”ga barham berish
15. AQSH prezidenti D. Eyzenxauer ilgari surgan doktrinani aniqlang.
A) “Yalpi qasos olish” B) “Adolatli yo‘l”
C) “Adolatli yo‘nalish” D) “Umumiy farovonlik”
16. Kimning prezidentlik davrida AQSHda mamlakatdagi har qanday o‘zgacha fikrni amalda yo‘q qilib mamlakatning demokratik amallariga katta ma'naviy zarar yetkazilgan?
A) Cherchill B) Trumen C) Ruzvelt
D) Eyzenxauer
17. 1963-yilda AQSHning prezidenti Jon Kennedi qaysi shaharda o‘ldirilgan edi?
A) Denverda B) Detroyda C) Deytonda
D) Dallasda
18. Amerikalik qoratanlilarning fuqarolik huquqi uchun kurash rahbari Martin Lyuter King nechanchi yilda o‘ldirildi?
A) 1963-yil B) 1968-yil C) 1965-yil D) 1971-yi
19. R. Niksonning 1974-yil avgustida AQSH prezidentligi vakolatini o‘zidan soqit qilishiga asosiy sabab nimada edi?
A) “Uotergeyt ishi” B) “Eron kontras”
C) Memfisdagi voqea D) Dallasdagi qotillik
20. Qaysi yilda B. Klinton AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylandi?
A) 1994-y. B) 1997-y. C) 1993-y. D) 1996-y.
21. O‘zining yurgizayotgan siyosiy dasturini “Buyuk Jamiyat” deb atagan prezidentni aniqlang.
A) J. Kennedi B) R. Nikson C) J. Karter
D) L. Jonson
22. Qaysi AQSH prezidenti davrida “Kambag‘allikka qarshi kurash” dasturini amalga oshirish maqsadida kam daromadli oilalarga yordam berish to‘g‘risida qonun qabul qilindi?
A) J. Kennedi B) R. Nikson C) L. Jonson
D) G. Trumen
23. AQSHning qaysi prezidenti davrida Shimoliy Vetnamga qarshi agressiya boshlanganini aniqlang.
A) G. Trumen B) R. Nikson C) J. Kennedi
D) L. Jonson
24. AQSH va Vetnam orasidagi urush nechanchi yilda tugadi?
A) 1973-yil B) 1970-yil C) 1980-yil D) 1975-yil
25. AQSH prezidenti G. Trumen ilgari surgan doktrinani aniqlang.
A) “Yalpi qasos olish” B) “Adolatli yo‘l”
C) “Yulduzlar urushi” D) “Buyuk jamiyat”
26. AQSHning qaysi prezidenti davrida pensiya bilan ta’minlanmagan 10 mln fuqaroga pensiya tayinlandi?
A) G. Trumen B) R. Nikson C) J. Kennedi
D) L. Jonson
27. AQSHning qaysi prezidenti davrida “Taft-Xartli qonuni” deb atalgan qonun qonun kuchga kirdi?
A) J. Kennedi B) R. Nikson C) G. Trumen
D) L. Jonson
28. Kimning rahbarligida AQSH Senati “Amerikaga qarshi faoliyatni tekshirish komissiyasi” tuzilgan edi?
A) R.Kennedi B) J. Makkarti C) L. Jonson
D) Marten Luyter King
29. AQSHning qaysi prezidenti kosmosda AQSHning yetakchi davlat bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Apollon” deb ataluvchi dasturni ilgari surdi?
A) R. Reygan B) R. Nikson C) J. Kennedi
D) D. Eyzenxauer
30. Amerika qaysi yili o‘z raketasini Oyga qo‘ndirishga erishishdi?
A) 1968-yil B) 1971-yil C) 1963-yil D) 1969-yil
31. AQSHda 1980-yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozongan?
A) R. Reygan B) J. Bush C) J. Karter
D) R. Nikson
32. AQSH prezidenti R. Reygan ilgari surgan “reyganomika” ning mazmuni nimalardan iborat edi?
1) yirik korxonalardan olinadigan soliqlar kamaytirildi; 2) ijtimoiy sohalarga budjetdan ajratiladigan xarajatlar kamaytirildi; 3) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamaytirildi; 4) adolatli mehnat munosabatlari joriy etildi; 5) davlat uy-joylari qurildi va xaroba kulbalar yo‘q qilindi; 6) harbiy xarajatlar keskin darajada oshirildi.
A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5 D) 4, 5, 6
33. AQSHning qaysi prezidenti o‘z lavozimiga jamiyatdagi illatlarni-kambag‘allik chegarasidan past darajada yashashni, turarjoyi yo‘qlarni, narkomaniya, jinoyatchilik va shu kabilarni keskin kamaytirish haqidagi va’dalari va bu borada jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirganligi tufayli saylandi?
A) R. Reygan B) J. Bush C) B. Klinton
D) J. Kennedi
34. AQSH qaysi urushda butun ikkinchi jahon urushi davomida berilgan qurbonning yarmiga teng askarini yo‘qotdi?
A) Koreya urushida B) Vetnam urushida
C) Iroqdagi urushda D) arab-isroil urushida
35. Sobiq SSSR vodorod bombasini qachon sinovdan o‘tkazdi?
A) 1952-yil dekabrda B) 1953-yil avgustda
C) 1954-yil avgustda D) 1957-yil noyabrda
36. Sobiq SSSR nechanchi yilda 10 ming km dan ortiq masofaga ucha oladigan qit’alararo ballistik raketani yaratdi?
A) 1954-yil B) 1952-yil C) 1953-yil D) 1957-yil
37. AQSH Vetnamdagi urushda urushda jami … soldat yo‘qotdi?
A) 132 ming B) 58 ming C) 68 ming
D) 142 ming
38. Nechanchi yilda SSSR birinchi bo‘lib Yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirildi?
A) 1953-yil dekabrda B) 1958-yil avgustda
C) 1954-yil avgustda D) 1957-yil oktabrda
39. AQSH Vetnamdagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani qaysi shaharda imzoladi?
A) Londonda B) Parijda C) Moskvada
D) Vashingtonda
40. AQSHning qaysi prezidenti bilan birinchi marta SSSR rahbari L. Brejnev o‘rtasida bir necha bor oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazildi?
A) R. Nikson B) R. Reygan C) G. Trumen
D) L. Jonson
41. 2000-yilda AQSHda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozondi?
A) R. Reygan B) J. Bush (katta) C) B. Klinton
D) J. Bush (kichik)
42. 1978-yilgi Kemp-Devid bitimi qaysi davlatlar o‘rtasida imzolangan edi?
A) Iroq va Quvayt B) AQSH va Koreya
C) Misr va Isroil D) AQSH va Vetnam
43. Quyidagi qaysi Olimpiada o‘yinlarini G‘arb boykot qilgan?
A) 1972-yil Berlindagi B) 1984-yil Londondagi
C) 1976-yil Parijdagi D) 1980-yil Moskvadagi
44. AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar nechanchi yil o‘rnatildi?
A) 1992-yil B) 1991-yil C) 1993-yil D) 1994-yil
45. Nechanchi yilda AQSH mudofaa vaziri U. Perri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi?
A) 1992-yil B) 1995-yil C) 1993-yil D) 1996-yil
46. 1996-yilning 23-28-iyun kunlari …
A) AQSH prezidenti B. Klinton rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi
B) O‘zbekiston prezidenti I. Karimov rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ldi
C) AQSHda BMTning 51-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
D) BMTning 52-sessiyasi O‘zbekiston prezidenti I. Karimov qatnashib qaytdi
48. 2002- yilning 11-martda …
A) AQSH prezidenti J. Bush rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
B) AQSH hukumati Afg‘onistonning tolibon hukumatidan terrorchi tashkilotlar rahnamosi Usoma ben Ladenni AQSHga topshirishni talab qildi
C) I. Karimov rasmiy tashrif bilan AQSHga bordi
D) Terrorchilar Nyu-York shahrida joylashgan “Xalqaro savdo markazi” binosini vayron qildilar
49. AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qachon imzolangan?
A) 2002-yil B) 1996-yil C) 1998-yil D) 2001-yil
50. AQSH jamoasi tashkilotlari xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun Islom Karimovni qanday mukofot bilan taqdirladilar?
A) “Xalqaro miqyosdagi terrorizm kurashchisi”
B) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
C) “Buyuk Strategik hamkor”
D) “Xalqaro miqyosdagi buyuk davlat arbobi”
51. Ikkinchi jahon urushidan keyin Lotin Amerikasi mintaqasi davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yo‘li xususida uch katta siyosiy guruh o‘rtasida shiddatli kurash bordi. Bu guruhlar qaysilar edi?
A) liberallik, totalitar va milliy istiqlolchilik tarafdorlari
B) konservatorlik, milliy islohotchilik va inqilobiy yo‘llari tarafdorlari
C) irridentizm, demokratik islohotlar va totalitar tuzum tarafdorlari
D) proteksionizm, liberallik va tashqi siyosatda Panamerika tarafdorlari
52. XX asr o‘rtalarida Lotin Amerikasining qaysi davlatida peronizm harakati vujudga keldi?
A) Meksikada B) Braziliyada C) Venusielada
D) Argentinada
53. Braziliyada nechanchi yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri va yashirin ovoz berishni nazarda tutuvchi saylov haqidagi qonun qabul qilindi?
A) 1945-yil B) 1946-yil C) 1958-yil D) 1955-yil
54. Argentinada 1946-yilda mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovda kim g‘alaba qozondi?
A) Vargas B) U. Chaves C) D. Peron
D) R. Eskobar
55. Ikkinchi jahon urushidan keyin Braziliyada amalga oshirilgan milliy islohotlar kimning nomi bilan bog‘liq?
A) K. Prestes B) S. Bernardis C) J. Vargas
D) D. Peron
56. Quyidagi qaysi davlat rahbari davlat to‘ntarishi natijasida horasizlikdan o‘zini o‘zi otib o‘ldirishga majbur bo‘lgan?
A) Vargas B) F. Kastro C) F. Batista
D) R. Eskobar
57. 1959-yilning 1-yanvarida Kubadagi milliy-vatanparvar kuchlar qo‘zg‘aloni kimning rahbarligida g‘alabaga erishdi?
A) F. Kastro B) F. Batista C) R. Eskobar
D) A. Batista
58. AQSHning qaysi prezidenti tashabbusi bilan “Taraqqiyot yo‘lidagi ittifoq” dasturi ishlab chiqildi?
A) J. Kennedi B) L. Jonson C) J. Karter
D) R. Nikson
59. AQSH hukumati tomonidan ishlab chiqilgan “Taraqqiyot yo‘lidagi ittifoq” dasturini Lotin Amerikasining nechta davlati imzoladi?
A) 19 ta B) 21 ta C) 13 ta D) 6 ta
60. Lotin Amerikasining qaysi davlatlarida sotsializm qurishga erishilgan?
A) Paragvay va Urugvayda B) Kuba va Chilida
C) Argentina va Meksikada D) Peru va Kubada
61. Lotin Amerikasining qaysi davlatida Konstitutsiyaviy yo‘l bilan sotsializm qurishga erishildi?
A) Peruda B) Kubada C) Chilida D) Meksikada
62. Chilida general A. Pinochetning harbiy diktaturasi nechanchi yillarda hukm surdi?
A) 1972-1991-yillar B) 1970-1990-yillar
C) 1969-1989-yillar D) 1973-1990-yillar
63. Lotin Amerikasining qaysi davlatida 1980-yilda harbiy diktatura barham topdi?
A) Peruda B) Chilida C) Braziliyada
D) Gondurasda
64. Lotin Amerikasining qaysi davlatida 1982-yilda harbiy diktatura barham topdi?
A) Gvatemalada B) Chilida C) Boliviyada
D) Gondurasda
65. Argentinada harbiy diktatura qachon barham topdi?
A) 1980-yil B) 1986-yil C) 1983-yil D) 1985-yil
66. Lotin Amerikasining qaysi davlatlarida 1985-yilda harbiy diktatura barham topdi?
A) Kosta-Rika, Gonduras, Peruda, Nikaragua
B) Gvatemala, Gonduras, Braziliya, Urugvay
C) Paragvay, Gaiti, Braziliya, Urugvay
D) Gonduras, Kuba, Urugvay, Boliviya
67. Lotin Amerikasining qaysi davlatlarida 1989-yilda harbiy diktatura barham topdi?
A) Salvador va Paragvayda B) Peru va Chilida
C) Gonduras va Meksikada D) Gaiti va Kubada
68. Eng yangi davrda Lotin Amerikasining qaysi davlatlaridan boshqa barcha davlatlarda vakillik demokratiyasi qaror topdi?
A) Peru va Chili B) Argentina va Gonduras
C) Gaiti va Kuba D) Braziliya va Kolumbiya
69. Lotin Amerikasida kimning diktaturasi 35 yil davom etgan?
A) general A. Penochit B) F.Kastro
C) general Stresner D) R. Eskobar
70. Iqtisodiy ittifoq asosida “Janubiy Amerika umumiy bozori” qaysi davlatlar o‘rtasida tuzildi?
A) Braziliya va Kolumbiya
B) Kolumbiya va Nikaragua
C) Argentina va Venusiela
D) Braziliya va Argentina
71. Qaysi davlatlar o‘rtasida 1992-1994-yillarda “Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi” tashkil etilgan?
A) AQSH, Kanada, Meksika
B) Kuba, Meksika, Kosta-Rika, Kanada
C) AQSH, Kuba, Panama
D) Meksika, Kanada, Nikaragua, Gonduras
72. Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasidagi mojaroli joyga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
A) Gvadelupa oroli B) Martinika oroli
C) Folklend orollari D) Bermud orollari
73. Buyuk Britaniyaning 1945-1951-yillardagi bosh vazirini aniqlang.
A) U. Cherchill B) K. Ettli C) G.Makmillan
D) G. Vilson
74. Buyuk Britaniyaning Toni Blerdan avvalgi bosh vazirini aniqlang.
A) Jon Meyjor B) Margaret Tetcher
C) Garold Vilson D) Edvart Xit
75. M.Tetcher siyosatini davom ettirgan Angliya bosh vazirini aniqlang.
A) K. Ettli B) G. Vilson C) G. Braun
D) J. Meyjor
76. Buyuk Britaniya premer-ministrlari xronologik jihatdan ketma-ket ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) D. Kallagen; 2) T. Bleyr; 3) M. Tetcher; 4) J.Meyjor; 5) G. Vilson
A) 5, 1, 3, 4, 2 B) 5, 4, 2, 3, 1
C) 2, 5, 1, 4, 3 D) 3, 2, 5, 1, 4
77. Buyuk Britaniyada surunkasiga 4 marta saylovlarda g‘alaba qilgan partiyani aniqlang.
A) 1979 yildan buyon Konservatorlar partiyasi
B) 1945-1979 yillarda Leyboristlar partiyasi
C) Tred-yunionlar partiyasi
D) Bunday voqea bo‘lmagan
78. Ikkinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning tashqi qarzi qanchaga yetdi?
A) 4,8 mlrd funt sterling B) 3,3 mlrd funt sterling
C) 9,3 mlrd funt sterling D) 2,7 mlrd funt sterling
79. Ikkinchi jahon urushida Buyuk Britaniyaning harbiy xarajatlari …funt sterlingni tashkil etdi.
A) 32 mlrd B) 18 mlrd C) 25 mlrd D) 52 mlrd
80. Ikkinchi jahon urushida Buyuk Britaniya o‘z milliy boyligining qancha qismini yo‘qotdi?
A) 35 foizi B) 2/5 qismi C) 15 foizi D) 1/4 qismi
81. Ikkinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning ahvoliga kim “Zafar va fojia” deb baho bergan edi?
A) U. Cherchill B) K. Ettli C) G. Trumen
D) F. Marshall
82. Buyuk Britaniyada nechanchi yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajadan oshdi?
A) 1947-yil B) 1946-yil C) 1948-yil D) 1949-yil
83. Buyuk Britaniya hukumati “Marshall rejasi”ga ko‘ra, 1948-1950-yillar oralig‘ida qancha miqdorda yordam oldi?
A) 2 mlrd dollar B) 1,5 mlrd dollar
C) 3 mlrd dollar D) 4,5 mlrd dollar
84. Buyuk Britaniya nechanchi yilda yadro quroliga ega bo‘ldi?
A) 1950-yil B) 1952-yil C) 1954-yil D) 1949-yil
85. O‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan Buyuk Britaniya bosh vazirlarini aniqlang.
A) J.Kallagen, A. Iden, E. Xit
B) U. Cherchill, G. Vilson, M. Tetcher
C) G. Makmillan, J. Meyjor, T. Bler
D) M. Tetcher, T. Bler, J. Meyjor
86. Buyuk Britaniya bosh vazirlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri joylashtiring.
1) J. Kallagen, 2) A. Iden, 3) E. Xit, 4) U. Cherchill, 5) G. Vilson, 6) M. Tetcher, 7) G. Makmillan, 8) J. Meyjor, 9) T. Bler.
A) 4, 3, 7, 5, 2, 8, 6, 1, 9 B) 2, 4, 1, 5, 3, 7, 8, 6, 9
C) 5, 2, 6, 4, 3, 1, 7, 8, 9 D) 4, 2, 7, 5, 3, 1, 6, 8, 9
87. Buyuk Britaniya tarixiga “Margaret Tetcher davri” nomi bilan kirgan yillarni aniqlang.
A) 1979-1990-yillar B) 1980-1989-yillar
C) 1978-1991-yillar D) 1980-1991-yillar
88. Buyuk Britaniyada surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turgan partiyani aniqlang.
A) Leyboristlar B) Liberallar C) Konservatorlar
D) Demokratlar
89. Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro‘ qozongan “tetcherizm” dasturi mohiyatini quyidagi qaysi qoidalar tashkil etadi?
1) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko‘ra hokimiyat siyosiy yo‘lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo‘lishi kerak; 2) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo‘lishi lozim. U xususiy tashabbuslarni aslo bo‘g‘masligi kerak; 3) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o‘zini o‘zi ta’minlasin. O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko‘rsatadi; 4) kamomadsiz budjet bo‘lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi; 5) kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfaatlariga zarar yetkazilmasligi lozim; 6) jamiyatga zarar yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi lozim.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 5, 6
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
90. Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turish maqsadida Buyuk Britaniyaning kim boshchiligidagi hukumati daromadidan qat’i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish siyosatini qo‘lladi?
A) M. Tetcher B) G. Vilson C) G. Braun
D) J. Meyjor
91. Buyuk Britaniyaning qaysi bosh vazirlari “Teng imkoniyatlar jamiyati” barpo etish dasturini ilgari surdi?
A) M. Tetcher B) G. Vilson C) T. Bler
Dostları ilə paylaş: |