1.1.
Pedagogik-psixologik amaliyotning vazifalari.
Oliy va o’rta maxsus
ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan pedagogik-psixologik amaliyotlar ta’lim-
tarbiya jarayonining eng muhim sohasidir.
Oliy maktablar tarkibida tashkil etilgan «Kasbiy ta’lim» fakultetlari talaba
yoshlarining o’qituvchilik va kasbiy ta’lim yo’nalishiga tayyorlashda hamda ularda
pedagogik-psixologik bilim, malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishda nazariy
bilimlarni amaliyot sinovlaridan o’tkazib iste’dodli mutaxassis bo’lib shakllanishida
amaliyotdagi ta’lim-tarbiya katta ahamiyatga ega.
Shu jihatlarni hisobga olganda talaba yoshlarning pedagogik-psixologik
amaliyotlar davridagi vazifalari ulkan.
Ular:
-
oliy ta’lim jarayonida fanlardan olingan nazariy bilimlarni kengaytirish va
mustahkamlab borish imkoni yaratildi;
-
talaba-yoshlar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’z kasbiy
mutaxassislikka oid ma’lumotlar olib, kelajakda o’qituvchi-murabbiy bo’lishga
tayyorlanadi;
-
talaba o’qituvchi bo’lib amaliyot o’tkazar ekan, u dars o’tish metodlari,
uslublari, yangi pedagogik yondashuvlar, ta’limda muammoli, masofali, qiyosiy,
modulli yo’llarni mashg’ulotlarida qo’llab, o’z kuch va imkoniyatlariga ishonch
o’yg’otadi;
-
talabalar kollejda guruh raxbari vazifalarida ishlab, o’zlaridagi pedagogik-
psixologik muloqot madaniyatini ishga solib, o’quvchi yoshlar bilan demokratik,
insonparvar munosabatlarni yo’lga quyib boradi;
-
amaliyotchi talaba kollejda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish bilan bir
qatorda,
Dostları ilə paylaş: |