Aminokislotalar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish



Yüklə 292,33 Kb.
səhifə2/4
tarix23.09.2023
ölçüsü292,33 Kb.
#122894
1   2   3   4
AMINOKISLOTALAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARDAN FOYDALANISH

Fermentlar biokimyoviy reaksiyalarda katalizator sifatida vazifa bajaradi, yaʼni reaksiyalarni tezlashtiradi. Har bir ferment bir yoki bir nechta substratni aniqlaydi. Substrat reaksiyaning boshlangʻich mahsuloti sifatida reaksiyaga kirishuvchi molekula hisoblanadi. Turli xil fermentlar turli reaksiyalarda ishtirok etadi va ular substratlarni parchalashi, bogʻlashi yoki qayta qurishi mumkin.
Tanamizda uchraydigan fermentga misol tariqasida soʻlak tarkibidagi amilazani olish mumkin, u amilozani (kraxmalning bir turi) kichik shakar molekulalarigacha parchalaydi. Amilozaning taʼmi unchalik ham shirin emas, ammo undan hosil boʻlgan shakar molekulalari shirin taʼmni beradi. Shu sababli tarkibida kraxmal bor mahsulotlarni uzoqroq muddat chaynasangiz, uning taʼmi shirinroq boʻladi, chunki bunda soʻlak tarkibidagi amilaza ishga tushadi.
Gormonlar
Gormonlar endokrin hujayralar (xuddi gipofiz bezi hujayralari kabi) tomonidan ishlab chiqariladigan, masofaviy taʼsir qiluvchi kimyoviy signallar hisoblanadi. Ular oʻsish, rivojlanish, metabolizm va koʻpayish kabi muayyan fiziologik jarayonlarni nazorat qiladi. Ayrim gormonlar steroid tabiatli (lipidlar haqidagi maqolani koʻring), boshqalari esa oqsil tabiatli. Ushbu oqsil tabiatli gormonlar odatda peptid gormonlari deb ataladi.
Masalan, insulin qondagi glyukoza miqdorini tartibga solishga yordam beradigan muhim peptid gormon hisoblanadi. Qondagi glyukoza miqdori koʻtarilganda (masalan, ovqat isteʼmol qilgandan keyin), oshqozon osti bezidagi maxsus hujayralar qonga insulin ajratadi. Insulin jigar va tananing boshqa qismlaridagi hujayralar bilan bogʻlanadi va ular glyukozani oʻzlashtiradi. Bu jarayon qondagi glyukoza miqdorini normal, barqaror koʻrsatkichga qaytarishga yordam beradi.
Boshqa oqsillar va ularning vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Oqsil turlari va vazifalari

Ahamiyati

Misollar

Vazifasi

Hazm fermentlari

Amilaza, lipaza, pepsin

Ozuqa moddalarni kichik boʻlaklargacha parchalaydi va ularning absorbsiyalanishini osonlashtiradi

Tashuvchi oqsillar

Gemoglobin

Moddalarning qon yoki limfa tarkibida tana boʻylab harakatlanishini taʼminlaydi

Tuzilish oqsillari

Aktin, tubulin, keratin

Sitoskelet kabi turli tuzilmalarning qurilishida qatnashadi

Gormon signalizatsiya oqsillari

Insulin, glyukagon

Organizmning turli sistemalari faoliyatini muvofiqlashtiradi

Himoya oqsillari

Antitanalar

Organizmni begona patogenlardan himoya qiladi

Qisqaruvchi oqsillar

Miozin

Mushaklar qisqarishini taʼminlaydi

Zaxira oqsillari

Urugʻ zaxira oqsillari, tuxum hujayra tarkibidagi albumin oqsillari

Embrionning yoki urugʻning erta rivojlanishini ozuqa bilan taʼminlash uchun kerak

Jadval OpenStax College, Biologyʼdan olingan.
Oqsillar turli oʻlchamlarda va shakllarda uchraydi. Ayrimlari dumaloq (sharsimon) shaklda, boshqalari esa uzun, ingichka tolalar koʻrinishida boʻladi. Misol uchun, qondagi kislorodni tashuvchi gemoglobin oqsili dumaloq oqsil deyiladi, teri tarkibidagi kollagen esa tolali oqsil hisoblanadi.
Oqsil shakli uning vazifasi uchun juda muhim va keyingi maqolada biz oqsil shaklini saqlashda turli xil kimyoviy bogʻlar muhim ahamiyatga ega boʻlishini koʻrib chiqamiz. Harorat va pH dagi oʻzgarishlar, shuningdek, ayrim kimyoviy moddalarning mavjudligi oqsil shaklining buzilishi va vazifasini yoʻqotishiga olib kelishi mumkin, bu jarayon denaturatsiya deb ataladi.
Aminokislotalar

Yüklə 292,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə