Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, aholi manzilgohlari insoniyat taraqqiyotining
ilk negizlari bilan bevosita bog’liq. Qishloqlarning vujudga kelishi ijtimoiy mehnat
taqsimotida sug‘orma dehqonchilik madaniyati rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Sug‘orma dehqonchilik avvallari tabiiy suv oqimidan foydalangan holda olib
borilgan, keyinchalik sug‘orish inshootlari (to‘g‘on, kanal va vositalari (chig‘iriq)
asosida rivojlangan. Aholi manzilgohlarini geografik jihatdan o’rganishda unda
yashaydigan aholining umumiy soniga emas, balki uning tartibini, xalq xo’jaligi
tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishini, shuningdek har bir aholi manzilgohining
bajaradigan funktsiyasini, mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o’rni va
ahamiyati, uning boshqa aholi manzilgohlari bilan aloqasi, tabiiy geografik o’rnini
analiz qilish muhimdir. Shunday qilib, aholi punktlari aholi yashaydigan joy
sifatidagina qiziqtirmasdan, balki ishlab chqarish, markazlari, xo’jalik markazlari,
madaniy – siyosiy markazlar, iqtisodiy aloqalarning asosiy tugunlari sifatida ham
qiziqtiradi.
Bugungi kunda insoniyat hayotida xavf solayotgan aksariyat global
(“Issiqxona samarasi’, “Ishqorli yomg’irlar”, “Ozon tuynugi”, “Dunyo okeanidan
foydalanish”) muammolar ayniqsa aholi zich yashaydigan shaharlar bilan bog’liq
rivojlanmoqda. Ushbu muammolarni oldini olish va yumshatish bugungi kunning
dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Shuning uchun ta’lim tarbiya jarayonini
samarali tashkil qilish, ta’limning amaliy ahamiyatini oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: