BOTANIKA VA OZUQA YETISHTIRISH fani (24-soat)
Botanika va ozuqa yetishtirish fanidan o’tkaziladigan o’quv-dala amaliyoti
o’simliklar qoplami yaylov o’simliklari, buta va chala buta o’simliklari, zararli va
zaharli o’simliklarni o’rganishga qaratilgan bo’lib, bunda talabalar o’simliklar
qoplami bilan tanishadilar.
Talabalar o’simliklar qoplamini o’rganish jarayonida yovvoyi hamda o’suvchi
zaxarli, zararli, madaniy va begona o’tlarning hayoti va ularning tarqalishi doimo
muhim geografik hamda ekologik sharoitlar ta’sirida borishini bilib oladilar.
Shuningdek, ular o’simliklar qoplami iqlim, tuproq, relyef, ayni joyning geologik
tuzilishi va hayvonot olami bilan bog’liq ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
O’simliklar qoplami bilan bevosita tanishganda talabalar yovvoyi va
madaniy o’simliklarning ma’lum xo’jalik a ha miya tiga ega ekanligi, ulardan yem-
xashak uchun foydalaniladigan o’simliklarni chorva mollari uchun ahamiyatini
o’rganishni ilmiy asosda amalga oshirish mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
Guruh tarzida o’tkaziladigan sayohatlar bilan bir qatorda amaliyot davomida
talabalarning individual holdagi mustaqil ishlariga ha m katta e’tibor berilishi lozim.
Buning uchun yozgi amaliyotga qo’shimcha ravishda umumiy mavzularga bog’liq
bo’lgan maxsus individual mavzular ha m bajarilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |