5410600 (55620600) - Zootexniya (turlari bo’yicha) yo’nalishi talabalari 7-
o’taydilar. Amaliyotga jami 42 kun ajratilgan bo’lib, shundan: a) xususiy
zootexniyaga 36 kun. Bunda: qoramolchilik (8 kun), parrandachilik (7 kun),
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi (6-kun), yilqichilik va
tuyachilik (5-kun), sutchilik (2 kun), cho’chqachilik (2-kun), asalarichilik (2-kun),
qo’ychilik (2-kun), baliqchilik (2-kun) va qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab
Dekanat va institut o’quv bo’limi, ishlab chiqarishdagi tegishli xo’jaliklar
raxbarlari bilan hamkorlikda amaliyot davrida boshqariladigan ishlar hajmi,
ma’daniy-ma’rifiy sharoitlar, amaliyot joyini aniqlash kabi tashkiliy tadbirlar
rejasini tuzadi. Har bir talaba amaliyot mobaynida tayanch xo’jaliklar bilan
kelishgan holda turar joy, kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va shaxsiy
33
Tegishli kafedralar amaliyot boshlanishigacha o’zlariga biriktirilgan tuman va
viloyatlarga vakillar yuborib, tuman va viloyat qishloq va suv xo’jaligi
boshqarmasi, qorako’lchilik uyushmasi, “nasl-xizmat” birlashmalari bilan
birgalikda amaliyot o’tash jadvalini tuzadilar va uni dekanatga tasdiq uchun
taqdim etadilar. Jadvalni tuzishda, har xil toifadagi chorvachilik xo’jaliklari,
parrandachilik fabrikalari va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat
korxonalari nazarda tutiladi. Amaliyot o’tash uchun kelgan talaba, avvalo xo’jalik
(korxona) raxbari va zootexnikka uchrashib, amaliyot o’tash uchun dekanat
tomonidan berilgan yo’llanma hamda amaliyot vazifalari bilan ularni qisqacha
tanishtiradi. Xo’jalikdan amaliyot raxbari etib zootexnik, yoki ish boshqaruvchi
tayinlanadi. Shundan so’ng talabaning amaliyot o’tashining aniq rejasi (jadvali)
tuziladi. Bunda umumiy jadval asos qilib olinadi.
Amaliyot, joriy o’quv yilining sentyabr, oktyabr va noyabr oyida tashkil
qilinadi. Amaliyot ohirida talaba xo’jalik (korxona) raxbariga amaliyotga oid
barcha rasmiy xujjatlarni ko’rsatib, tasdiqlatib oladi va 5 kun oralig’ida hisobotni
yozib topshiradi.
Amaliyot, o’tadigan talabalar joylarda aholi va ayniqsa chorvadorlar o’rtasida
mamlakatda ro’y berayotgan ijobiy siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar
haqida so’zlab, suxbatlar o’tkazishi lozim. Bunda, quyidagi tavsiya qilinayotgan
mavzulardan foydalanishi mumkin:
1.
Istiqlolning ijtimoiy va iqtisodiy mohiyati.
2.
O’zbekiston kelajagi buyuk davlat.
3.
Mamlakat xalq xo’jaligida qishloq xo’jaligi ustuvordir.
4.
Prezident I.A.Karimov millat ishonchi, shon shuxratni va yoshlarning dono
g’amg’o’ridir.
5.
Chorvachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
6.
Chorvachilikning kechasi, buguni va ertasi.
7.
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos tomonlari.
8.
Istiqlol va o’zligimizni anglash.
9.
Buyuk siymolar - Amir Temur, Alisher Navoiy, Ulug’bekning dunyo
sivilizatsiyasidagi o’rni.
10.
Giyoxvandlik bizning avlodimiz uchun yoq narsadir.
11.
Kelajak poydevorini bugun qurish lozim.
12.
Qishloq xo’jalik sharoiti bugungi kun talabi.
13.
Prezidentning chorvachilik rivojiga qaratilgan 2006 yildagi 308 va 2008
yildagi 842 sonli qarorini mazmun va mohiyati.
14.
Qishloq xo’jalik sohasida kadrlar tayyorlashda, Samarqand qishloq xo’jalik
institutining o’rni.
15.
Ma’naviy va milliy qadriyatimiz ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz.
16.
Barkamol avlod-kelajak poydevori.
17.
O’zbekiston va jahon iqtisodiyoti.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
34
“Zootexniya” ta’lim yo’nalishi bo’yicha malakaviy amaliyot o’tash jadvalini
quyidagi tartibda tuzish mumkin (namuna).
Dostları ilə paylaş: