1.
UMUMIY QOIDALAR
Talabalarning malakaviy amaliyotlarini o’tash uchun uslubiy dastur O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risda”gi Davlat Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” talablariga mos ravishda, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligining 1998 yil oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim
muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi 305-sonli buyrug’idan
kelib chiqadigan vazifalar asosida tayyorlangan. Uslubiy dasturda mazkur
yo’nalishlar talabalarining malakaviy amaliyotini tashkil qilish shakllari, tartibi,
vaqti va uslublari belgilangan.
1.1. Kadrlar tayyorlash tizimini islohini muvoffaqiyatli amalga oshirish eng
avvalo oliy ta’limning barqaror va aniq maqsadli rivojlanishini ta’minlovchi,
islohatlarni amalga oshirishning muayyan yo’l-yo’riqlarini qamrab olgan me’yoriy
xujjatlarni, ya’ni amaliyot dasturini o’z vaqtida ishlab chiqish va tadbiq etish muhim
ahamiyatga egadir. Ma’lumki, chorvachilikda mulk shakllari o’zgardi, ularning
yo’nalishi va rivojlanishi turli shakllarda faoliyat ko’rsatayotgan xo’jaliklarni bir
me’yorda rivojlantirish uchun ularga malakali kadrlar yetkazib berish kerak.
Bo’lg’usi mutaxassislar chuqur nazariy bilimga ega bo’lishlari bilan bir qatorda
yuqori amaliy malakaga ham ega bo’lishlari bugundagi kun talabi. Buning uchun
nazariy bilimlarni ishlab chiqarish jarayonida malakaviy amaliyotlari orqali
mustahkamlash talab etiladi.
Har bir amaliyotning maqsadi, vazifasi mazmuni va o’tkazish muddati Davlat
ta’lim standarti (DTS), fanlarning namunaviy dasturlari va ishchi o’quv rejalariga
mos holda belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |