45
Peroksisomalarning biokimyoviy vazifasi ulardagi oksidlanish reaksiyalarin-
ing fermentlari (katalaza) bo'lishi bilan bog’liq bo'lib moddalarning parchalanishi
natijasida hosil bo'lgan vodorod peroksidini (H
2
O
2
) suv va kislorodgacha par-
chalaydi. Vodorod peroksidi hujayrada boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo'lib,
juda toksik zararlidir va hujayradan chiqarilishi kerak. Bu vazifani peroksisomalar
tarkibidagi katalaza fermenti bajarib uni suv va kislorodga parchalaydi.
Umumhujayraviy vazifasi hujayraga oziq moddalar tarkibi bilan kiradigan
uzun zanjirli yog’ kislotalarini parchalashdan iborat. Jigar hujayralari peroksisoma-
larga boy bo'lib organizmga tushayotgan etil spirtining 50% bu yerda asetildegid va
sirka kislotasigacha parchalaydi. Alkogolni (arabcha-
al-kuhl
-ingichka kukun) uzoq
muddat va katta dozalarda iste'mol qilish, jigar hujayralari tarkibida sirka kislotasi
miqdorining ko'payishiga va undan yog’ kislotalari sintezlanishiga olib keladi. Na-
tijada, lipidlar miqdori ko'payib sirroz (yunoncha-sariq) kasali rivojlanadi.
O'simliklarda uchraydigan peroksisomalar 3 guruhni tashkil qiladi:
1.Glioksisomalar-yog’larga boy urug’larda lipidlarning saxarozaga par-
chalanishida ishtirok etadi.
2.Barglarda uchraydigan peroksisomalar mitoxondriya va plastidalar bilan
bog’liq bo'lib nafas olishda ishtirok etadi.
3.Boshqa turdagi to'qimalarda uchraydigan differensiatsiyalanmagan pero-
ksisomalar.
Dostları ilə paylaş: