|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiamella
larini va disksimon vakuolalar-
tilakoid3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.amella
larini va disksimon vakuolalar-
tilakoid
larni hosil qi-
ladi(14rasm). Lamellalar bir tekislikda joylashadilar. Tilakoidlar xuddi tangalarni
taxlab qo'yganga o'xshash ustunchalarni hosil qiladilar. Bu ustunchalar
grana
lar
deyilib, ulardagi tilakoidlarning soni bir nechtadan 50tagacha, granalarning soni 40-
60 tagacha. Granadagi tilakoidlar bir-biriga zich joylashganligi uchun tashqi mem-
branalarining qavatlari qo'shilib ketadi. Tilakoidlar lipid va oqsil qavatidan iborat
bo'lib, ular orasida xlorofill pigmenti, lipid qavati orasida esa karotinoid pigmentlari
joylashadi. Shuningdek, granalar tarkibiga lammelalar ham kiradi. Bularning ham
tilakoidlar bilan birikkan joylarida zich qatlam yuzaga keladi. Shu tariqa lammelalar
granalarni biriktirish vazifasini bajaradi.
Xloroplast stromasida DNK molekulasi, ribosomalar va kraxmal donachalari
uchraydi.
Xloroplastlarda xlorofill pigmenti bo'lib, u yordamida o'simliklar yorug’lik
nurini yutib uni kimyoviy energiyaga aylantiradi.
Yashil suvo'tlarning xloroplastlari ichki membranasi burmalarni hosil qiladi,
lekin granalari yo’q . Xromatofor tarkibida pirenodlar uchraydi. Ularda sintezlangan
kraxmal to'planadi. Fotosintezlovchi bakteriyalarda membranasi ichki burmalarni
hosil qilib bular xam xromatofor deyiladi va o'zida bakterioxlorofill pigmentini tu-
tadi.
|
|
|