61
Mustaqil tayyorlanish uchun toshiriqlar.
Mavzuning mazmuni bilan tanishib chiqing va quyidagi savollarga
javob toping.
1. Nima uchun moddalar va energiya almashinuvi tiriklikning eng asosiy
xususiyatlari hisoblanadi, bunday jarayonlar noorganik dunyoda ham
kuzatilmaydimi?
2. Assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlarining izohlab bering.
3. Assimilyasiya va dissimilyasiya orasidagi bog‘lanishlarni bilasizmi?
4. Ontogenez davomida assimilyasiya va dissimilyasiya mutanosibligi
o‘zgaradimi.
5. Energiya almashinuvida glikolizning, Krebs siklining, elektron
tashuvchi zanjirning ahamiyatini bilasizmi?
6. Energetik valyuta nima?
7. Glyukoza molekulasidagi to‘plangan energiyadan nima uchun
to‘g‘ridan- to‘g‘ri foydalanish mumkin emas?
8. Nima uchun sut kislotasi va spirtda SO
2
ga nisbatan energiya ancha
ko‘pligini bilasizmi?
9. Tropizm, nastiya, taksis jarayonlarini mohiyatini tushuntiring,
misollar keltiring.
10. Hujayralarning qanday harakat turlarini bilasiz? (misollar keltiring)
Vaziyatga oid masalalarni yeching, test topshiriklariga javob toping va
ularni isbotlang.
Dostları ilə paylaş: