Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
Oliy ta`lim muassasi talabalarining yengil atletika fani bo‘yicha bilim,
ko‘nikma, malakalarining shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
xayotning turli jabxalarida yengil atletika vositalaridan samarali foydalanish.
Yengil atletikaning rivojlanish tarixi haqida ma`lumot berish, talabalarni yengil
atletika sport turining texnikasi bilan tanishtirish, ularni yengil atletika bo‘yicha
musobaqalar o‘tkazishda hakamlik qilish qoidalarini o‘rgatib borishdan iborat.
Talabalarda yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanini o‘tkazishda bo‘lajak
mutaxasislarga yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish, yengil atletika
mashqlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish
va o‘tkazishga o‘rgatishdan iborat. Shuningdek talabalarni yengil atletika va uni
o‘rgatish metodikasi fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, yengil
atletikada qo‘llanadigan turli usullar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish
malakalarini shakllantirish, yengil atletika turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish
usullarini, nizomlarini tuzishga o‘rgatish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy tavsifi.
Qadimiy yunon so‘zi “ atletika” o‘zbek tilida kurash, mashq degan ma`noni
bildiradi. Qadimiy Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan
kishilarni atletlar deb atar edilar. Yengil atletika sportining ayrim turlari ( yurish,
yugurish, sakrash, uloqtirish, ko‘pkurashlardan iboratdir) uzoq vaqtlardan buyon
Movarounnahr
o‘lkasida istiqomat qiluvchilarning shug‘ullanib kelgan
mashg‘ulotlari, xususan, Sarmish (soyidagi) tog‘larida eramizdan bir necha asr
oldin qoldirilgan rasmlarda yuguruvchi, sakrovchi va nayza uloqtiruvchilarni
tasviri qoldirilgan. Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino bemorlarni
davolashda gimnastika, suzish, kurash bilan birga tez yurish, yugurish, sakrash,
nayza otish, tosh ko‘tarish mashqlaridan unumli foydalanganligi haqida nazariy
ma`lumotlarga ega qilish.
Dostları ilə paylaş: |