Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Y.Sh.Toreniyazov Qoraqolpog’iston sharoitida o‘rgangan: Madaniy o‘simliklar orasida mevali bog‘ daraxtlari ko‘pincha turli zararkunandalar bilan eng ko‘p shikastlanadi. Bunga asosiy sabab, uzoq vegetatsiya hamda daraxt tanasining nisbatan yirikligidir. Bu yerda oziqlanish jixatidan turli guruh, bug‘imoyoqli jonivorlarning namunalarini uchratish mumkin: barg, novda, meva va ildiz zararkunandalari. Umuman, O‘zbekistan sharoitida mevali daraxtlarda 300 dan ortiq bug‘imoyoqli jonivorlar oziqlanadi.
Xo‘jayev Sh.T. Tanasi yumshok va nozik, ayrimlari mayin kukun yoki oq momiq bilan qoplangan. Tanasining tusi ko‘kishdan qo‘ng‘ir, hatto qoragacha o‘zgaradi, ayrimlari qizg‘ish yoki och sarg‘ish rangda, odatda oziqlanayotgan muhitga o‘xshaydi. Tuxumlari yaltiroq qora, cho‘ziq oval shaklda. Shiralar to‘liq (bir uyli yoki ikki uyli) hamda to‘liqsiz rivojlanishi mumkin.
Bu muammo bo‘yicha ko‘plab O‘zbekiston va chet el olimlari tomonidan o‘rganilgan lekin, aynan Samarqand sharoitida o‘rganilmaganligi sababli ushbu mavzuni tanladim.
Dostları ilə paylaş: |