105
kamomad aniqlangan paytdagi oshgan summasiga.
d) Dt 5010, 6710 Kt 4730 etishmagan qimmatli qog’ozlar birja qiymatining
aybdor shaxs tomonidan kassaga naqd pul bilan to’lanishi yoki uning oylik
maoshidan ushlab qolinishi.
e) Kamomadlarning korxona moliyavny natijachariga olib borilishi: Dt 9690
Kt 9430 etishmagan qimmatli qog’ozlarning nominal qiymati.
Inventarizatsiyada ortiqcha va kam chiqqan qimmatli qog’ozlarni hisobda
aks ettirishning yuqorida keltirilgan tartibi shunga bog’liqki, hozirgi vaqtda
qimmatli qog’ozlar balansda ularning sotib olish bahosi bo’yicha aks ettirilib,
keyinchalik nominal qiymatiga etkazilaldi. Dt 0610, 0620, 0630, 0640, 0690, 5810,
5830, 5890-schyotlar Kt 5110, 5210, 5220 - sotib olish bahosi; Dt 0610, 0620,
0630, 0640, 0690, 5810, 5830, 5890-schyotlar K-t 9590 nominal qiymatining xarid
bahosidan oshgan qismi; Dt 9590 Kt 0610, 0620, 0630, 0640, 0690, 5810, 5830,
5890-schyotlar sotib olish qiymatining nominal qiymatidan oshgan qismi.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o’tkazishning xususiyati
nafaqat qimmatli qog’ozlarning xaqiqatda mavjudligi, balki qimmatli qog’ozlarni
baholash ya’ni ularning qiymatini shakllantiruvchi xaqiqiy xarajatlar to’g’riligini
aniqlashdan ham iboratdir. Auditor qimmatli qog’ozlar bo’yicha olingan
daromadlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning o’z vaqtidaligi va to’liqligini
tekshirishda inventarizatsiya malumotlaridan ham foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: