Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38

 

 

35



35

xodisasining 

faolligi 

keskin 


pasaygan 

yoki 


umuman 

tuxtab 


kolgan. 

      Inshoot  loyixasi  tayyorlanayotgan  maydon  anik  injener-geologik  tadkikot  ishlari  asosida 

mikroseysmik  tumanlarga  bulinadi.  Bunda  ajratilgan  xar  bir  maydon  uchun  tog  jinslarining  xolatini, 

tarkalishini, kalinligini va sizot suvlarining yotish chukurligini xisobga olinadi va zilzila kuchi bir yoki 

ikki ballga orttirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 

 

 



 


 

 

36



36

5-Bob. Ekzogen geologik jarayonlar

 

1-Ma`ruza  Nurash 



2-Ma`ruza  Shamolning geologik ishi 

3-Ma`ruza  er yuzasidagi okar suvlarning geologik faoliyati 

4-Ma`ruza  Muzliklar va ularning geologik ishi 

5-Ma`ruza  Dengizlarning geologik ishi 

6-Ma`ruza  Kul va botkokliklarning geologik ishi 

Nazorat uchun savollar 

 

1-Mavzu. Nurash

 

Hurash  deb,  er  yuzasida  joylashgan  tog  jinslarining  xaroratning  keskin  uzgarishi,  suvlarning 

jins yoriklarida muzlashi, karbonat kislotasi, kislorod, usimlik va organizmlarning tog jinslariga ta`siri 

natijasida uzgarishi va buzilishiga aytiladi. Bu jarayonlar maboynida tog jinslarida fizikaviy, kimyoviy 



va biologik xarakterdagi uzgarishlar ruy beradi. Tabiatda bu jarayonlar odatda bir vaktning uzida sodir 

buladi, lekin iklimiy va boshka sabablarga kura nurashning biror bir turi asosiy buladi. 



Fizik nurash asosan xaroratning kecha-kunduz, kish va yozda uzgarishi natijasida sodir buladi 

va tog jinslarining parchalanishiga olib keladi. 

Kuyosh  kunduzi  tog  jinslari  yuzasini  kizdiradi  issiklik  jins  katlamlariga  asta-sekin  tarkalgani 

uchun  yukorida  joylashgan  katlamlar  ichkari  katlamlarga  nisbatan  kattarok  mikdorga  kengayadi. 

Bunday  notekis  kengayish  tog  jinslarining  yorilishiga,  parchalanishiga  va  katlam-katlam  bulib 

bulinishiga  olib  keladi.  Kizdirilish  bilan  sovushning  kecha-kunduz  va  yil  davomida  almashinuvi  tog 

jinslarining parchalanishini tezlashtiradi, yoriklarning xosil bulishi esa tog jinslarini borgan sari mayda 

bulaklarga  parchalanishiga  olib  keladi.  Notekis  kizdirilish  minerallar  va  tog  jinslarining  rangi  bilan 

xam  boglik.  Kora  rangdagi  minerallar  och  rangdagilarga  nisbatan  kuprok  kiziydi  va  nurash  tezrok 

sodir buladi. 

Agar tog jinslari darzlariga suvlar tushsa xaroratning pasayishi natijasida  ular muzlaydi va uz 

xajmini  9  foizga  kupaytiradi.  Natijada  yorik  va  darzlar  kengayadi,  chukurlashadi  va  jinslar  mayda 

bulaklarga ajraladi. 

Tog  jinslarining  parchalanishida  ularni  tashkil  kilgan  minerallarning  issiklikdan  kengayish 

koeffitsienti  katta  axamiyatga  ega.  Masalan,  30  santimetrli  granit  jinsi  1

0

S  ga  kizdirilsa  ortoklaz 



minerali  0,00026  santimetrga,  kvarts  minerali  0,00040  santimetrga  kengayadi.  Shuning  uchun  bir 

necha turli minerallardan tashkil topgan tog jinslari tez parchalanadi. 

Shunday  kilib  fizik  nurash  jarayonida  tog  jinslari  turli  kattalikdagi  bulaklarga  parchalanadi. 

Odatda  yirik  bulaklar  tarkibi  buyicha  xosil  bulgan  jinslari  bilan  bir-xil  mayda  bulaklari  esa  ayrim 

minerallardan tashkil topadi. 

Kimyoviy nurash. Bu jarayonda er yuzida joylashgan tog jinslari suv buglari, xavodagi gazlar 

xamda  kislorod,  karbonat  angidrid  gazi,  tuzlar  bilan  tuyingan  suvlar  va  turli  kislotalar  ta`siri  ostida 

buziladi. Ya`ni oksidlanish gidratatsiya, degidratatsiya, erish va gidroliz jarayonlari yuz beradi. 

Tog jinslari va minerallarning oksidlanishi xavodagi namlik, suv tarkibidagi erkin kislorodning 

ta`siri  ostida  sodir  buladi,  ayniksa  tarkibida  Fe2O  bulgan  minerallar  va  jinslarda  oksidlanish  tez 

rivojlanadi. Magnetit kislorod ta`sirida limonitga aylanadi. Temirning oksid birikmalari kum zarralari 

atrofida pustlok xosil kiladi va kumlarni tsementlashtiradi. 

Tarkibida  suv  bulmagan  minerallarning  uziga  suvni  biriktirib  olish  xodisasi  gidratatsiya 

deyiladi.  Natijada  suv  zarralarining  ma`lum  mikdori  minerallarning  strukturasiga  joylashadi  va  fakat 

400


0

S  dan  yukori  xaroratda  mineraldan  ajralishi  mumkin.  Gidratatsiya  jarayonida  mineralning 

kristallik  strukturasi  kayta  kuriladi  va  uning  xajmi  25%  va  undan  ortik  mikdorga  kupayishi  mumkin. 

Xajmning  ortishi  tog  jinslarida  deformatsiyaning  vujudga  kelishiga  va  ularning  jadal  ravishda 

yorilishiga  sabab  buladi.  Gidratatsiya  jarayoniga  misol  kilib  angidrid  (CaSO4)  ning  gipsga  (CaSO4  · 

2H2O) aylanishini kursatish mumkin. 

Agar jinslar katta chukurliklarga joylashgan bulsa, xarorat ta`sirida tarkibidagi suvni yukotadi, 

degidratatsiya xodisasi ruy beradi va gips angidridga aylanadi. 



 

 

37



37

Mineral  moddalarning  eritmaga  utish  jarayoni  erish  deyiladi.  Kulay  sharoitda  esa  ular 

eritmadan ajralishi xam mumkin. Tabiiy suvlarning eritish kobiliyati suv molekulalarining N

+

 va ON



ionlariga  dissotsiatsiyalanganligiga  boglik.  Dissotsiatsiyalanish  darajasi  xaroratning  kutarilishi  va 

suvdagi erkin karbonat kislotasi mikdorining ortishi bilan boglik. Tabiatda tarkalgan barcha minerallar 

turli mikdorda suvda erish xususiyatiga egadirlar. 



Gidroliz  jarayonida  minerallar  dissotsiatsiyalangan  suvlar  ta`sirida  parchalanadi,  yangi 

birikmalarni xosil kiladi va ayrim elementlarni erigan xolda ajratib chikaradi. 

Alyumosilikatlar  gidrolizi  jarayonida  ulardan  K,  Na,  Ca,  ajratib  chikariladi  (olib  chikib 

ketiladi).  Bu  kationlar  suvda  erigan  karbonat  angidrid  kislotasi  bilan  uzaro  ta`sirda  bulib  eritmalarga 

utadi va karbonatlar, bikarbonatlar kurinishida er osti va usti suvlari bilan olib chikib ketiladi. 

Dala shpatlarining gidroliz kuyidagi sxema buyicha utadi: 

K

2

O*Al

2

O

3

*6SiO



/ortoklas+SO

2

+nH

2

O=Al

2

O

3

*2SiO

2

*2H

2



/kaolinit+SiO

2

*nH

2



/opal+K

2

O

3

 /potash  

Kora  rangli  temir  magniyli  silikatlarning  gidrolizi,  alyumosilikatlarga  nisbatan  jadallashgan 

xolatda utadi. Bunda birikmalardagi ikki valentli temir, ikki oksidli kurinishdan oksid kurinishiga utadi 

va natijada temir gidrookisi yoki kungir temirtosh xosil buladi. 

Shunday  kilib,  suvning  va  unga  erigan  moddalarning  tog  jinslariga  bulgan  kimyoviy  ta`siri 

jarayonida tog jinslarining tarkibi uzgaradi va yangi minerallar xosil buladi. 



Organik  nurash.  Kimyoviy  nurash  jarayonining  jadalligi  er  pustining  yukori  kismida  va 

yuzida tirik organizmlarning xayot faoliyati ta`siri ostida keskin ortadi. 

V.I.Vernadskiyning yozishiga kura tirik moddalar er pustining 0,1% ogirligini tashkil kiladi. 

Biomassa,  atrof  va  biomassa  joylashgan  muxit  urtasida  uzaro  ta`sir  xukm  suradi.  Atomlar 

organik  muxitdan  tirik  organizmga  yoki  tirik  organizmdan  noorganik  muxitga  utib  turadi.  Biomassa 

yana  atmosfera,  gidrosfera  va  litosfera  bilan  juda  yakin  boglangan.  Uning  bu  muxitlarga  ta`siri  vakt 

utishi bilan kuchayib borgan. 

Organizmlar  atmosferaning  6  kilometrli  balandligigacha,  gidrosferaning  11500  metr 

chukurligigacha  va  litosferaning  bir  necha  yuz  metr  chukurligigacha  tarkalganligi  aniklangan.  erda 

flora  va  fauna  paydo  bulgan  vaktidan  boshlab  ularning  xayot  faoliyati  natijasida  litosfera  kator 

minerallar va tog jinslari bilan boyigan. 

Organizmlarning  xayot  faoliyati  tufayli  atmosferaning  tarkibi  idora  kilinadi,  kator  geologik 

jarayonlar ruy beradi va nurash jarayonlari tezlashadi. 

Organizmlar  xayot  faoliyatlari  jarayonida  atrofidagi  tog  jinslaridan  turli  elementlarni  kabul 

kilib  oladi  va  shu  bilan  ularni  asta-sekin  buzadi  (parchalaydi).  Ulardan  ajrab  chikadigan  organik 

kislotalar, faol ta`sir etuvchi gazlar (O, CO2, H2) va moddalar jinslarning buzilishini tezlashtiradi. 

Masalan,  tabiiy  sharoitda  dala  shpatining  nurashi  V.I.Vernadskiyning  fikricha  fakat 

bakteriyalarning ishtirokida tez sodir bulishi mumkin. Organizm koldiklarining chirishi natijasida xosil 

buluvchi  organik  kislotalar  silikatlarning  buzilishiga  olib  keladi.  engil  xarakatlanuvchi  kolloidlarning 

mavjudligi  alyuminiy  va  uch  valentli  temirning  xarakatchanligini  oshiradi  va  ular  suvlar  bilan  uzok 

masofalarga olib ketilishi mumkin. 

Nurashning xarakteri iklim, rel`ef va gidrogeologik sharoitlar bilan boglik. 

Chul va dashtlarda buglanish yogin mikdoriga nisbatan katta mikdorda bulganliklari uchun bu 

xududlarda asosan fizik nurash ruy beradi, kimyoviy nurash esa suv xavzalarida oson (engil) eruvchan 

tuz  birikmalarining  xosil  bulishida  va  chukmaga  tushishida  namoyon  buladi.  Natijada  tuproklar 

karbonat, 

sul`fat 


va 

xloridga 

boy 

tuzlar 


bilan 

shurlanadi. 

      Nam  va  issik  iklimli tabiiy  mintakalarda  yoginlarning  mikdori  buglanishdan  katta  buladi.  Bunday 

sharoitda 

oksidlanish, gidratatsiya, 

erish, 


karbonatizatsiya  jarayonlari,  ya`ni  kimyoviy  nurash 

asosiy 


axamiyatga ega. 

                                                



15-rasm. 

Elyuvial 

katlamning 

kirkimdagi tuzilishi  

 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə