Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/173
tarix28.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#83203
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173
jahon sanati tarixi

Qadimgi Misr san’ati.  
Afrikaning Shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi vohasida bugungi Misr 
Arab  Respublikasi  yerlarida  juda  qadim  paytlarda  (er.av.VI  ming  yillik)  bir 
qancha  qabilalar  yashagan.  Eramizdan  avvalgi  4000  yillikda  shu  yerda  yer 
yuzida  birinchi  sinfiy  jamiyat  kurtaklari  nish  urdi,  quldorlik  davlatlari  yuzaga 
keldi,  rivojlandi.  Eramizdan  avvalgi  4000  yillik  oxiri-3000  yillik  boshlariga 
kelib  esa  ular  yagona  yirik  despotik  davlatga  aylandi.  Qadimgi  Misr  san’ati 
tarixi  ana  shu  davlatlarning  yuzaga  kelishi,  rivojlanishi  va  inqirozidan  tortib  to 
Makedoniyalik  Iskandar  (Aleksandr  Makedonskiy)ning  yurishi  bilan  uning 
ellinistik  dunyoga  qo‘shilib  ketishigacha  bo‘lgan  davrni  o‘z  ichiga  oladi, 
o‘rganadi,  tahlil  etadi.  Qadimgi  Misr  uzoq  yo‘lni  bosib  o‘tdi.  Deyarli  4000 
yildan ortiq vaqtni o‘z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san’at, 
me’morchilikning  nodir  durdonalari  yuzaga  keldiki,  ular  bugungi  kunda  ham 
o‘zining  ulug‘vorligi  va  yuksak  badiiyligi  bilan  kishilarni  hayajonlantiradi. 
Qadimgi  Misr  san’ati  o‘zining  butun  taraqqiyoti  mobaynida  din  va  uning  turli 
marosimlari  bilan  uzviy  bog‘liq  holda  rivoj  topdi.  Me’morchilik  esa  san’atlar 
ichida  yetakchi  o‘rinni  egallab,  ularning  xarakter  va  uslubiga  o‘z  ta’sirini 
o‘tkazdi.  Eramizdan  avvalgi  VII  asrlarda  Misr  tarixida  eng  gigant  piramidalar 
qurildi. Piramidalar ansambli ichida eng kattasi Xeops piramidasidir. Balandligi 
146,6  metr,  asosi  esa  233  m.  Tarixchi  Gerodotning  ta’rifiga  ko‘ra,  Xeops 
piramidasi  20  yil  mobaynida  qurilgan.  Piramidaga  toshlar  olib  kelish  uchun 
kerak bo‘lgan yo‘lni qurish uchun esa 10 yil ketgan.  
Fivadash  Karnak  va  Luksor  ibodatxonalari  gigant  me’morchilik 
majmualaridandir.  Karnak  (er.av.XVI  asr,  me’mor  Ineni)  va  Luksor 
ibodatxonalari  (er.av.  XV  asr,  me’mor  kichik  Aminxotep)  me’morlar  birinchi 
bor  ochiq  hovli  atrofini  kolonadali  yechib,  yangi  podsholik  me’morchiligining 



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə