|
Жаҳон санъати тарихиjahon sanati tarixiЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ
18
qo‘llanildi. Ular Eron me’morlik yodgorliklariga o‘ziga xos qaytarilmas joziba
kiritdi.
Ahmoniylar davrida vujudga kelgan san’at o‘rta Sharq halqlari tarixida
muhim o‘rin egallaydi. Bu san’at bevosita o‘rta Sharqda yashagan xalqlarning
yangi o‘zaro munosabati natijasida, atrofdagi xalqlar san’ati ta’sirida ravnaq
topdi. Jumladan, Persepol va Suza saroylarini qurishda So‘g‘d, Baqtriya va
Xorazmdan kelgan usta va san’atkorlar mehnat qilganliklari haqidagi
ma’lumotlar mavjudligi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga, Ahmoniylar
davri san’ati atrofidagi mamlakatlar san’atiga, jumladan O‘rta Osiyo san’ati
taraqqiyotiga ham o‘zining sezilarli ta’sirini o‘tkazgan.
Eramizdan avvalgi I minginchi yillarda O‘rta Osiyoda dastlabki ibtidoiy
davlatlar shakllana bordi. Zardushtiylik (er.av. VII asr) dini yoyildi. Uning
muqaddas kitobi “Avesto” esa shu din qarashlarini targ‘ib etadi. Qadimgi O‘rta
Osiyo san’ati va madaniyatini o‘rganishda bizgacha saqlanib kelgan qal’a,
saroy, turar joy va qabrlar bilan birga zardushtiylar dini bilan bog‘liq bo‘lgan
ossuariylar (astadonlar) deb ataluvchi odamlar suyagini saqlash uchun
mo‘ljallangan sopoldan yasalgan idishlar muhim daliliy material bo‘lib xizmat
qiladi.
Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyodagi badiiy hayot va
madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan
“Amudaryo boyligi” (Oks boyligi) muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda
Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida haykallar,
turli ko‘za, bilaguzuk, uzuk, muhr, tanganlar, oltindan yasalgan aravacha va
qurollar diqqatga sazovordir. Bu buyumlarda uchraydigan tasvirlar birmuncha
shartli bo‘lsa ham, lekin nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib turadi,
detallari ochiq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi. “Jangchi - sak” bo‘rtma
tasvirida shu fazilatlar mujassamlangan.
Markaziy Qozog‘iston qabrlaridan uch oyoqqa o‘rnatilgan bronzadan
yasalgan qozonlar topilgan. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda ishlangan bu
qozonlarning tepa qismi hayvonlar tasviri - ko‘proq tog‘ echkisi haykali bilan
bezatilgan. Markaziy Qozog‘iston yerlaridan topilgan taqinchoqlardan topilgan
taqinchoqlarda yovvoyi qush, kiyik va echki tasvirlari uchraydi. Bu tasvirlarda
hayvon va qushlarning eng xarakterli belgilari harakat paytida ko‘rsatiladi.
Aksincha, hajmli dumaloq hayvonlarda (asosan ular amaliy san’at
buyumlarining ajralmas qismi bo‘lgan) hayvonlar harakati og‘ir va vazmin
bo‘lib, ular ko‘p hollarda soat strelkasi harakatida ko‘rsatiladi.
Makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn eramizdan avvalgi IV asrlarda
Ahmoniylar davlatini tor-mor etib, O‘rta Osiyo yerlarining ko‘pgina qismini
|
|
|