maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o„quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga
oshiriladi.
Texnologik
yondoshuv,
eng
avvalo,
tasvirlash
emas,
balki
loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali
tuzilmada o’z ifodasini topadi. Maqsadga yo’naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli
tekshirib borish, ta’limni alohida o’qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi
kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo’lgan ta’lim texnologiyasi g’oyasida
mujassamlangan.
U asosan o’z ichiga quyidagi omillarni oladi:
Ta’limda umummaqsadning qo’yilishi;
tuzilgan umummaqsaddan aniq maqsadga o’tish;
o’quvchilarning bilim darajasini dastlabki (tashxisli) baholash;
Ta’limga texnologik yondoshuv
.
Tarbiyalash texnologiyasi
- nisbatan yangi
atama bo’lishiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash
texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g’oyasi, mazmuni, tarkibini emas,
balki bu sohadagi hukumat ishlab chiqqan maqsad va vazifalarni samarali amalga
oshirish bilan shug’ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo’ljallangan tarbiyaviy
maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko’rib chiqadi. Shu
bois professor-o’qituvchilar uchun har tomonlama rivojlangan yuqori intellektual va
ma’naviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga qaratilgan talabalarni hukumat
siyosatiga muvofiq tarbiyalash texnologiyalarini egallashi dolzarbdir.
Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi
- har tomonlama yondoshuvni amalga
oshiradi va quyidagi majburiy talablarga rioya qiladi; Tarbiyalanuvchilarga 3
yo’nalish bo’yicha ta’sir etiladi - tafakkuriga, sezgilariga va xulqiga.
Shaxsning ma’lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil
qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko’rinishdagi ko’p yoqlik bo’lishi, bir vaqtning o’zida
aqliy, jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi
zarur. Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini
va boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi
va ichki omillarni va ularning o’zaro ta’sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli
bo’lishi mumkin. Shu bois, u omillar haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy
qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p marta takrorlanib, ularni o’quv muassasalariga
olib kirish zarurligi uqtirilgan. Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan,
mintaqamizning
ijtimoiy-pedagogik
sharoitiga
moslashgan
pedagogik
texnologiyalarni yaratish va ularni ta‟lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga
intilmoqdalar.
O’quv-tarbiya ishlari jarayonida talaba yoshlarni ijodiy fikrlashga, o’zgaruvchan
vaziyatlarga o’rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda talabalarni
axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan amaliy
mashg’ulotlarda foydalanishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkin
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
989
fikrlashni tarbiyalashni, o’quv faoliyatini tahlil qilishni, istiqbolda kasbiy mahorat va
kompyuter savodxonligini orttirish bo’yicha rejalarini aniq belgilashiga erishishni
ularning ichki ehtiyojiga aylantirish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: