10-MAVZU. ETAKCHI KAPITALISTIK
MAMLAKATLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
tamlaka va yarimmustamlaka sharoitidagi boshqa osiyo mam-
lakatlariga namuna bo‘ldi.
Konsentratsiya va monopolizatsiya jarayoni. Bu bosqichda ish-
lab chiqarishni konsentratsiyalashuvi davom etdi, yapon eksporti
tarkibi o‘zgardi. Mamlakat ichida kapitalistik
munosabatlarning
juda past darajada rivojlanganligiga qaramasdan Yaponiya Xitoy,
Koreya va Tayvanga kapital chiqarishni boshladi.
Ishchilarning mehnat faoliyati og‘ir edi: o‘sish davrida ish haqi
bir necha bor oshgan bo‘lsa ham ish vaqtining uzunligi 15-18
soatga etar edi. 1914 y.da ishchilar soni 1 mln.kishiga etdi.
1897-1898 yy.dagi moliyaviy inqiroz va 1900-1903 yy.dagi or-
tiqcha ishlab chiqarish jahon inqirozi monopolizatsiyani chuqur-
lashuviga turtki bo‘ldi. Yaponiya monopoliyalari birdaniga moli-
ya-sanoat guruhlari tarzida shakllandi.
Bu yapon kapitalizmining
“davlat” xarakterini aks ettirardi. Davlat-monopolistik kapitalizmi
birinchi bo‘lib Yaponiyada paydo bo‘lgan.
Yosh yapon kapitalizmining Xitoy va Koreyaga qarab intilishi
1904-1905 yy.dagi rus-yapon urushiga olib keldi. Mamlakat iqti-
sodiyoti to‘liqligicha harbiylashtirilgan edi. Ichki zayomlar (ay-
niqsa majburiylari) keng tarqaldi. Yer solig‘i 3%dan 17%gacha
ko‘tarildi. Real ish haqi 20%ga pasaydi. Harbiylashmagan tarmo-
qlarni qisqarishi ishsizlikka olib keldi. Ekin maydonlari qisqardi.
Mamlakatning tashqi qarzi o‘sdi. Harbiy xarajatlarning 60% xorijiy
zayomlar evaziga qoplanardi.
Ushbu urushda g‘olib chiqib Yaponiya Janubiy Manjuriyani va
Janubiy Saxalinni bosib oldi. Yapon
monopoliyalari ushbu mam-
lakatlarga qarab intildi. Yapon tovarlarini Koreya va Manjuriya
importidagi ulushi tegishli ravishda 74 va 60%ni tashkil etdi. Max-
sus mustamlaka banklari tuzildi. 1906 yilda Janubiy Manjuriyada
temiryo‘l qurilishini boshlagan yarimdavlat konserni tashkil etildi.
1900-1914 yy.da ushbu mamlakatlarga yapon investitsiyalari 1
mln.AQSh doll.dan 220 mln.doll.ga etdi.
Kapital konsentratsiyasi kuchayib
borib ishlab chiqarish kon-
sentratsiyasidan o‘zib ketdi. Birinchi jahon urushi arafasida barcha
kompaniyalarning 0,4% mamlakat yalpi kapitalining 38%ga ega-
lik qilar edi. Yaponiya banki (1882 yilda tashkil topgan) yetakchi
bank bo‘lib, unda moliyaviy mablag‘larning asosiy qismi jamlan-
gan edi.
117
Yaponiyaning moliya-bank tizimi o‘ziga
xosligi bilan ajral-
ib turardi – unga jamoa moliya muassasalari kirar edi, masalan
Omonatlar byurosi (Trast fond byurosi) va Narx jamg‘arma tizimi.
Shakar, sement, ko‘mir, temiryo‘l
uskunalari ishlab chiqarish
tarmoqlarida yangi kartellar va sindikatlar paydo bo‘ldi.
“Mitsui” va “Mitsubisi” kabi eski monopoliyalar xolding-kom-
paniyalar boshqaruvidagi rosmana konsernlarga aylandi. “Asano”,
“Fudzito” va “Okura” kabi kompaniyalar ham monopoliyaga ay-
landi.
Ammo Yaponiya G‘arbiy Yevropa
mamlakatlari va AQShdan
orqada edi, uning milliy daromadida sanoatning ulushi 40% edi.
XX asr boshida mamlakat aholisining 2/3 qismi qishloq xo‘jaligida
band edi.
Dostları ilə paylaş: