2-masala.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir.
Bu davrdagi falsafiy qarashlar
antik davr
falsafasi deb yuritiladi. Unda
Milet falsafiy maktabi,
Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu
va boshqalarning falsafii, tabiiy-ilmiy,
ijtimoiy- axloqiy ta’limot - lari urganiladi. Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan
avvalgi VII—VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi
vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624—
547 yillarda yashagan) o‘z davrining yetuk siyosiy arbobi, jo‘g‘rofi, faylasufi bulgan. Fales
ta’limotiga ko‘ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bulgan
va yana suvga aylanadi hamda bu moddiy birlik doimo o‘zgarishda bo‘ladi. Anaksimandr
(Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o‘rtalarida yashab ijod etgan. U “Tabiat
haqida” asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni
qo‘ygan bo‘lsa, Anaksimandr dunyo cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issikdik va sovukdik,
quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini
ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen
(eramizdan avvalgi 588—525 yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning
quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo
bo‘lgan. Yana bir yunon faylasufi
Dostları ilə paylaş: |