Monopoliya
Monopoliya atamasining kelib chiqishi
bozorga
oid tushunchalardan (yaʼni,
yunoncha
„monoc“ — yagona, bitta va
„poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning
iqtisodiy
asoslari aslida
ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya —
monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar,
bozorlar va yaxlit
makroiqtisodiyot
ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning
birlashmalari.
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) —
iqtisodiyotning
bir sohasida tanho
hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-
oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish
vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor
shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud.
Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy
manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni
bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz tabiatiga koʻra
ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni
kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini
oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti
hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari —
kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.
[1]
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari,
ishchi kuchi
hamda
mahsulot
ishlab
chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi mavjud
bo'lib ular: 1.Tabiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya 4.Aligopoliya
5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya