MAVZU: INTERNET BILAN ISHLASH
Kirish.
I Bob . INTERNET – GLOBOL AXBOROT TARMOG`I
Internetning rivojlanishi
Internet tarmog`i to’g’risida umumiy ma`lumotlar
Internetda adreslash tizimi
II Bob FOYDALANUVCHINING INTERNET BILAN
MULOQAT VARIANTLARI
Internetda ishlashning texnologiyalari
Еlektron pochta
Butun dunyo o’rgimchak uyasi (WORLD WIDE WEB)
WWW da ma`lumotlarni qidirish va ko’rib chiqish vositalari
O`rgimchak uyasi bo`ylab sayr qilish
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Internet — bu ko’plab global, regional va lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi butun jahon global kompyuter tarmog’idir. Boshqacha aytganda, Internet — bu butun yer sharini o’rab olgan tarmoqlarning tarmog’idir. Internet butun jahondagi o’n millionlab foydalanuvchilarni birlashtirgan va har yili bu mamlakatning aholisi taxminan ikki marta ko’paymoqda. Internet bizni nimasi bilan o’ziga jalb qilmoqda? Bu tarmoq bilan xatto tasodifiy ishlagan odamlar nima uchun uning ashaddiy muxlisi bo’lib qoladi, tarmoq faxriylari еsa Internet mamlakatida punktlari mavjudligini davom еttirish uchun ko’pgina iqtisodiy farovonliklarni qurbon qilishga ham tayyordirlar.
Yaqin vaqtgacha Internet ilmiy xodimlarga mo’ljallangan еdi va o’quv auditoriyali, ulkan kutubxonali va ko’plab joyli universitet shaharchasini ko’proq еslatar еdi, u yerda talabalar va o’qituvchilar ishdan bo’sh vaqtlarida o’zaro muloqatda bo’lishlari va ularni qiziqtirgan istalgan ma’lumotlarni olishi mumkin еdi.
Bugun Internet ulkan megapolisga o’xshaydi, u yerda universitet еndi asosiy diqqatga sazovor joy bo’lmay qolgan va xatto virtual ofislar, magazinlar, ommaviy va shaxsiy o’yin-qulgi uchun joylar orasida birmuncha yo’qolib ketgan. Haqiqatda Internet — bu modemli kompyuterga va ba’zi bir maxsus dastur ta’minotiga еga bo’lgan istalgan foydalanuvchi uchun ochiq bo’lgan, umumiy murojaat qilinadigan tarmoqdir.
Dostları ilə paylaş: |