5
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka
rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma
kabilar) birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningd
е
k,
ayrim shaxs tomonidan
yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik sonda
yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi
shaxs birlik sonda tuziladi.
Hujjatchilikda imlo va tinish b
е
lgilari masalasiga alohida e’tibor qilish
k
е
rak. Hujjatning nomini bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningd
е
k
bosma
matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan
yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. L
е
kin hujjatning nomi bo‘lganligi
uchun (sarlavhalardagi kabi) undan so‘ng nuqta qo‘yish shart emas.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi
talablarga javob berishi lozim. Bu xususiyatlar hujjatchilik tilining o‘ziga xos
uslubi, so‘z qo‘llash yo‘llari, morfologik va sintaktik belgilari orqali
ta’minlanadi.
Xizmat yozishmalarida aniqlik va mazmuniy tugallik
fikrni aniq dalillar
bilan asoslashga bog‘liq. Hujjatchilikda bunday dalil, asoslar quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
- rasmiy qonunlar, bitim va shartnomalarning
tegishli moddalari, bandlarini
ko‘rsatish. Masalan: «O‘zR fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga muvofiq»,
«Tuzilgan shartnomaning 3- bandiga asosan» kabi;
- qonunchilik yoki kelishilgan shartlar, manzilning o‘zgarganligini ta’kidlash.
Masalan: «boshqa shaharga ko‘chishi munosabati bilan»;
- raqamli ko‘rsatkich, hisob-kitoblar asosida. Masalan: «davlat raqami 10S6260
bo‘Igan VAZ 2107 rusumli yengil avtomobil bilan»;
- mantiqiy asoslarni ifodalovchi «shunga ko‘ra», «munosabati bilan», «...ganligi
sababli», «...ishi uchun», «oqibatida», «...masligi tufayli», «shu maqsadda»,
«guvohlik berishicha», «tekshiruv natijasiga binoan» kabi qoliplashgan so‘z
birikmalari va h.k.