|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filialiJamoalar bir-birining muhokamasiga xalaqit bermasligi uchun bir-birlaridan kamida 1-1,5 metr masofada o‘tirishlari kerak
|
səhifə | 8/12 | tarix | 05.04.2022 | ölçüsü | 218,43 Kb. | | #85066 |
| TDIU SF Zakovat buyruqJamoalar bir-birining muhokamasiga xalaqit bermasligi uchun bir-birlaridan kamida 1-1,5 metr masofada o‘tirishlari kerak.
Savol-javoblar o‘ynalayotgan jarayonda jamoa a’zolarining o‘rnidan turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va o‘yin jarayoniga oid bo‘lmagan boshqa xatti-harakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulodda holatlar bundan mustasno. Bunday holat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish berilishi yoki 1 balldan 3 ballgacha jarima bali ushlab qolinishi mumkin. Agar ogohlantirish va jarima ballaridan keyin ham ushbu holat takrorlanaversa, jamoa o‘yindan chetlatiladi va ularning barcha ballari bekor qilinadi.
O‘yin jarayonini tomoshabinlarni kuzatib borishiga ruxsat beriladi. Lekin ular tartib va tinchlikni saqlashlari talab qilinadi. Tomoshabinlar jamoalarga har qanday shaklda (imo-ishora, yozma, og‘zaki va hokazo) savolga javob topishda yordam berishlari taqiqlanadi. Bunday holat aniqlangan taqdirda tomoshabin o‘yin bo‘layatgan joydan chiqarib yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|