O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə8/92
tarix29.06.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#90229
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Fizika 3 kitob Ma\'ruzalar matni A No\'monxo\'jayev, M Fattohov va

rasm. 11- rasm.

  1. — Fizika, 3- qism 1 7

M M1
12- rasm.
O‘zi yorug‘lik tarqatmaydigan buyum- larni ulardan yorug‘likning xuddi shu tarqoq qaytishi tufayligina ko‘ramiz. Òusha- yotgan A nur bilan ikki shaffof muhit orasidagi chegara — MM1 sirtning nur tushayotgan nuqtasiga o‘tkazilgan per- pendikular (normal) orasidagi  burchak

yorug‘likning tushish burchagi deyiladi. Qaytgan B nur bilan perpendikular orasidagi  burchak yorug‘likning qaytish burchagi deyiladi (12- rasm).
Singan nur bilan perpendikular orasidagi  burchak sinish burchagi deyiladi. Ayrim hollarda tushgan nurning hammasi shu muhitda qaytishi mumkin, unda ikkinchi muhitga hech qanday yorug‘lik o‘tmaydi. Yorug‘likning qaytishi quyidagi qonunga asosan sodir bo‘ladi:

      1. Òushuvchi A nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasiga o‘tkazilgan perpendikular qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur B ham shu tekislikda yotadi.

      2. Qaytish burchagi tushish burchagiga teng:  = . Yorug‘likni yaxshi qaytaruvchi ideal silliq sirtga ko‘zgu deyiladi.

Agar ko‘zgu sirti yassi bo‘lsa, unga yassi ko‘zgu deyiladi. Parallel nurlar dastasi yassi ko‘zgudan qaytgandan keyin yana parallelligicha qolib, o‘z tarqalish yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Yorug‘likning qaytish qonuniga binoan ko‘zguda tasvir qanday hosil bo‘lishini qarab chiqaylik. Har qanday nuqtaning tasvirini eng kamida ikkita nur yordamida hosil qilish mumkin. Agar tasvir ko‘zgudan qaytgan nurlarning kesishishidan hosil bo‘lsa, unga haqiqiy tasvir deyilib, nurlarning davomi kesishishidan hosil bo‘lgan tasvirga mavhum tasvir deyiladi.
Faraz qilaylik, A nuqta yassi ko‘zgu yaqiniga joylashgan bo‘lsin (13- rasm). Bu nuqtaning tasvirini yasash uchun AC va AC1 nurlarini olamiz. Bu nurlar ko‘zgu sirtidan qaytib, CC va C1C1 nurlarni hosil qiladi. Ko‘zgudan qaytgan bu nurlar davomining kesishidan hosil bo‘lgan A nuqta A nuqtaning mavhum tasviridan iborat bo‘ladi. 13- rasmdagi chizmadan ABC va ABC uch- burchaklarning o‘zaro teng bo‘lganligi uchun AB = AB ekanligi kelib chiqadi. Bundan ko‘rinadiki, nuqta yassi ko‘zgudan qancha masofada bo‘lsa, uning mavhum tasviri ham ko‘zguning orqa tomonida shuncha masofa hosil bo‘lib, u ko‘zguga nisbatan simmetrik joylashgan bo‘ladi.
1 8

Buyumning yassi ko‘zgudagi tasvirini nuqtalar to‘plami sifatida yasash mumkin. Buning uchun buyumning har bir nuqtasining ko‘zguga simmetrik bo‘lgan tasvir nuqtalarini topish kerak.
Buyumning yassi ko‘zgudagi tasviri hamma vaqt mavhum,



  1. rasm.

to‘g‘ri, buyumga teng va ko‘zgu tekisligiga simmetrik bo‘ladi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə