shug„ullanuvchilarda jismoniy tarbiya-sport faoliyatiga chuqur ongli munosabatni,
barqaror qiziqish va ehtiyojni shakllantirishdan, shuningdek, ularni optimal
bilimlar bilan boyitishga, har xil mashqlar texnikasini chuqur tushunishga,
jismoniy tarbiya jarayoniga ongli va faol munosabatda bo„lishni tarbiyalashga olib
Onglilik – bu insonning ob‟ektiv qonuniyatlarni to„g„ri tushunish, ularni
tahlil qila olish va shunga muvofiq o„z faoliyatini amalga oshirish qobiliyatidir.
O„z faoliyati natijalarini oldindan ko„ra olish va aniq vazifalarni oldinga qo„yish
onglilikning asosi hisoblanadi. Onglilik o„qishga tarbiyaviy xususiyat bag„ishlaydi
va ko„p jihatdan shaxsning yuksak axloqiy-psixologik hamda kasbiy sifatlarining
shug„ullanuvchilarda ularni yillar davomida mashg„ulotlarga vaqt ajratishga hamda
ularga o„z quvvatlarini safarbar qilishga undovchi kuchli hamda mustahkam
rag„batlantiruvchi xohish-istaklar hamda yuksak maqsadlarni hosil qilish ko„p
jihatdan jismoniy tarbiya o„qituvchisiga va sport turi bo„yicha murabbiyga bog„liq.
tomonidan qo„yilgan har xil vazifalarni hal etish jarayonida shug„ullanuvchilarning
ongli faoliyati juda muhim. Har bir muayyan talab qo„yish paytida imkoni boricha
uning ahamiyatini shug„ullanuvchilar ongiga еtkazish kerak. Jismoniy tarbiya
o„qituvchisi pedagogik mahoratining eng muhim jihatlaridan biri har bir
topshiriqni bajarishga jonli, sog„lom qiziqish uyg„ota olishdan iborat. Jismoniy
tarbiya jarayoni samaradorligi ko„p jihatdan shug„ullanuvchilarning o„z
harakatlarini tahlil qilishga hamda ularni yaxshilash yo„llarini ijodiy izlashga
qanchalik o„rganganliklariga bog„liq. Bunga bajarilayotgan harakatlarni kuzatib,
so„z orqali tahlil qilish metodini qo„llash orqali erishiladi. Shug„ullanuvchilarning
o„rganilayotgan harakat texnikasini o„zlashtirishlarida ularning ongi katta ahamiyat
kasb etadi. Harakatlarni egallash va boshqarish jarayonida fikr yuritishga undagan
holda o„qituvchi shu orqali harakat faoliyatlarini yaxshilash uchun aniq shart-
sharoitlar yaratadi. Bu organizmning xayoldagi ishga reaktsiyalarini tekshirishga
qaratilgan ko„p sonli tadqiqotlar bilan isbotlangan. Vazifani oldindan o„ylab
ko„rish o„rgatish samaradorligini aniq oshiradi.
Psixologiyada bu ideomotor mashq (mashg„ulot) nomini olgan.
Faollik – bu inson tomonidan namoyon qilinadigan faoliyat o„lchovi yoki
kattaligi, uning ishga kirishish darajasidir. Faollik o„rgatish nuqtai nazaridan
bilimlar, ko„nikma va malakalarni ongli o„zlashtirish shart- sharoitlari va natijasi
sifatida qatnashadi.
Faoliyat
nazariyasiga
binoan
(S.L.Rubinshteyn,
L.S.Vigetskiy,
A.N.Leontьev) inson faolligi ongga bog„liq bo„lgan omil hisoblanadi. Bunda ong
bilim, motivatsiya, ehtiyoj, qiziqishlar va maqsadlar kabi kategoriyalar orqali
faoliyatni yo„naltiradi va boshqaradi.
Ushbu tamoyildan quyidagi talablar kelib chiqadi:
-
Mashg„ulot maqsadi va vazifalarini qo„yish hamda ularning
shug„ullanuvchilar tomonidan anglanishi.
- Pedagogik jarayonda harakatlarni ongli tarzda o„rganish va egallash.
- Egallangan bilim, ko„nikma va malakalarni amaliyotda qo„llash usullari
hamda imkoniyatlarini anglash.
- Jismoniy kamol topish jarayoniga tashabbuskorlik, mustaqillik hamda
ijodiy faollik bilan munosabatda bo„lishni tarbiyalash.
O„qituvchi tomonidan maxsus metodik usullarning qo„llanilishi onglilik va
faollikning oshishiga yordam beradi. Shug„ullanuvchilar harakatlarini nazorat
qilish va baholash, ularning diqqatini harakatlar bajarilishini tahlil qilishga
yo„naltirish, mushak sezgilari orqali o„z harakatlarini mustaqil nazorat qilishga
o„rgatish, ko„rgazmali vositalar yordamida topshiriqlarni namoyish qilish,
mashqlar bajarishga o„rgatishda ko„z va eshitish analizatorlaridan foydalanish,
o„rganilayotgan harakatlarni xayolda bajarib ko„rish (ideomotor mashq), texnikani
tahlil qilish bo„yicha suhbat shunday metodik usullarga kiradi.
Dostları ilə paylaş: