Masalaning sharti:
Kompaniya yil oxirida tovar kiymatini balansda kaysi kiymatda aks ettiradi ?
5.6-masala.
Zaxiralar Hisobi 4-sonli «Tovar moddiy zaxiralar» deb nomlangan BXMS va shu
«Zaxiralar» deb nomlangan 2-sonli MXXS orqali tartibga solinadi.
BXMS № 4 ga asosan material qiymatliklar buxgalteriya xisobiga tannarxda qabul
qilinadi.
MHXS № 2 ga asosan tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi
biri
kamroq bo‘lsa, o‘sha bo‘yicha baholanishi lozim.
Sof sotish qiymati - bu odatdagi faoliyat davomida ishlab chiqarishni oxiriga yetkazish
bo‘yicha xarajatlar va sotishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va taxminiy
baholangan xarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir.
BXMS da shunga o‘xshash yondashuv Hisobot davrining oxirida TMZ ni baholash uchun
qo‘llaniladi. Unga ko‘ra tovar-moddiy zaxiralar, agar sotishning sof qiymati ularning
haqiqiy tannarxidan past bo‘lsa, sotishning sof qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
Manaviy eskirgan, boshlang‘ich sifatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan yoki ularni
sotishning sof qiy-mati pasaygan TMZ buxgalteriya balansida ularni qadrsizlanishi
bo‘yicha tuzilgan rezerv summasi-ni ayirgan holda ko‘rsatiladi. TMZ ni qadrsizlanishi
bo‘yicha rezerv kompaniyaning moliyaviy nati-jalari hisobidan ularning bozor hamda
haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq summasiga tashkil qili-nadi.Ammo, amaliyotda hamma
vaqt ham bu qo‘llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |