Ong faqat insonga xos bo’lib, obyektiv voqelikni psixik aks ettirishning oliy formasidir. Ong strukturasiga quyidagi elementlar kiradi:
Subyekt va obyektni farqlash
(o’zlikni anglash va o’z-o’zini bilish).
|
Insonning maqsadli, alohida munosabatlarini kiritish
(hissiyot olami).
|
Ong shakllanishining asosiy sharti tildir. Inson psixikasining ong osti xossalari bu inson xulq-atvoriga, ong mazmuniga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan anglanmaydigan psixik protsesslar yig’indisidir (masalan: intuitsiya, subinsor idrok).
Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan aniq anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqozo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini boshka fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kebernetika va boshkalar) bilan birgalikda ochib beradi.
Shunday qilib, psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: |