Balans (birinchi operatsiyadan keyin)
7
3-
jadval
Aktiv
Passiv
Mablag‘lar turi va
ularning joylanishi
Summa
Mablag‘lar manbai va ularning
tayinlanishi
Summa
Asosiy vositalar
550000 Ustav kapitali
500000
Хom ashyo va materiallar 200000 Foyda
145000
Kassa
30600 Bank kreditlari
128000
Hisob-kitob schyoti
19400 Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilar bilan hisoblashishlar
27000
Debitorlar
30500
JAMI
800000
JAMI
800000
Ikkinchi operatsiya. Sof foydaning bir qismi (145000 so‘m) hisobidan xo‘jalik yurituvchi
subyekt ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira kapitali tashkil
etilgan.
Mazkur operatsiya xo‘jalik yurituvchi subyektning taqsimlanmagan foydasini 50000
so‘mga kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo‘ladi: xuddi shu summaga zaxira
kapitali ko‘payadi. Demak, endi foyda miqdori 95000 (145000-50000) so‘mni, zaxira fondi esa
50000 so‘mni tashkil qiladi.
Ikkinchi operatsiya natijasida faqat mablag‘lar manbaio‘zgaradi. Bir manba (foyda)ning
kamayishi hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo‘ladi. Bu operatsiya faqat passiv
moddalarga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: |