89
Har bir mushak xujayra yuqorida qayd etilgandek, bazal membrana
bilan qoplangan. Mushak xujayralarining bir-biriga tegib yotgan
qismlarida tirqishli tutashish — neksuslar uchrab, ular silliq mushak
hujayralarining ma'lum guruhlari barobar qisqarishini ta'minlaydi. Bazal
membranaga biriktiruvchi to‘qima tolalari kirib to‘r hosil qiladi. Mushak
hujayralarining gruppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi to‘qima
qatlamlari bilan o‘raladi. Ana shu biriktiruvchi to‘qima sarkolemma
bilan birga silliq mushak to‘qimasining tayanch apparatini hosil qiladi.
Silliq mushak to‘qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar
tizimiga ega. Qon tomirlar to‘qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib,
mushak hujayralari tutamlari orasidagi biriktiruvchi to‘qima
qatlamlarida kapillyarlar to‘rini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: