34
uzluksiz ravishda uzoq masofalarga yetkazib berish imkoniyatini berdi. Bu yerdan
quvur transportining asosiy xususiyati kelib chiqadi
- uning faoliyatining
uzluksizligi.
Umuman quvur transporti boshqa turdagi suyuqlik mahsulotlari (neft va neft
mahsulotlaridan sutgacha), gazsimon mahsulotlar(tabiiy gaz, ammiak, etan, etilen
va h.k) qattiq mahsulotlar (ko„mir, g„alla)ni tashishga ixtisoslashmoqda. Ular bir
necha kilometr dan tortib bir necha ming kilometr masofaga tashilishi mumkin.
YEtkazib berishning oxirgi manzili har xil bo„ladi: neft - neftni qayta ishlash
zavodlariga; tabiiy gaz, ammiak, etan, etilen - kimyo sanoatlariga, ko„mir va mazot
asosan elektr stansiyalariga.
Quvur transportining ijobiy tomonlaridan ba‟zilari uning yo„llarini
har xil
rel‟yefdagi joylarda, katta suv havzalari bo„ylab shu bilan birga mangu muzlagan
dengizlardan o„tkaza olish imkoniyatlaridir. Bu transport turi xoxlagan iqlim va
tabiiy sharoitlarda faoliyat ko„rsata olishi mumkin, tashishdagi yo„qotishlar
minimal darajada.
Biroq gaz va neft quvurlarini yotqizilishi bir qator ekologik muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin (trubaning yorilishi va neft va gazning chiqishi, trubani
yotqizish paytida tabiiy qobiqning buzilishi, shimoliy hududlarda quvurlarning yer
ustida yotqizilishi hayvonlarning tabiiy migratsiyasiga to„siq bo„ladi).
Qimmat qurilish yoki ta‟mirlash xarajatlarini aytib o„tmasdan ilojimiz yo„q.
Bundan tashqari ishning boshlanishini ta‟minlash
maqsadida yangi Quvurlar
mahsulot bilan to„ldirilishi kerak va zarur bo„lgan bosimni butun Quvur bo„ylab
ta‟minlash muhimdir. Ma‟lum masofadan keyin trassaning re‟lefidan kelib chiqqan
holda nasos stansiyalari o„rnatiladi, bu o„z navbatida qo„shimcha xarajat
hisoblanadi. Quvur transportining yana bir ajralib turadigan xususiyati uning uzoq
masofaga cho„zilganligidir.
Neft va gaz quvur yo„llarining umumiy uzunligi dunyoda 2 mln km ga
yaqinlashadi, ya‟ni, temir yo„l uzunligidan 2 barobar ko„pdir. 1,2 mln km ri gaz
qolgan qismi esa neft quvurlari hisoblanadi.
Quvurlar asosan magistral hisoblanadi va qazib olinish joyi- qayta ishlash
35
iste‟molchi tarzida amalga oshiriladi va bir nechta
mamlakatlarning hududidan
kesib o„tishi mumkin. O„zining hududida xalqaro magistral quvurlarga ega bo„lishi
uchun (boj olish maqsadida) mamlakatlar o„rtasida tortishuvlar ketadi va ba‟zi
hollarda diplomatik yoki harbiy konfliktlarni keltirib chiqaradi.
O„zbekistonda birinchi 20 km uzunlikdagi neft quvuri 1908 yil Chimyon neft
konida Vannovsk (xozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodiga tortilgan.
Keyinchalik Farg„ona vodiysi, Surxondaryo viloyatida yangi neft konlari ochilishi
bilan transportning bu turi jadal rivojlantirildi. Neft konlaridan Farg„ona va
Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga umumiy uzunligi 228,5 km bo„lgan neft
quvurlari qurildi. Respublikamiz janubida – Surxondaryo viloyatida 1947 yil
Lalmikor- Qumqurg„on va 1969 yil Amudaryo-Amu-Zang liniyalari qurildi
(umumiy uzunligi 40 km). Qashqadaryoda yangi neft konlari ochilganidan keyin
1977 yil G„arbiyToshlaq-Qashqadaryo stansiyasi (3,3 km),
nefteprovodlari ishga
tushirildi.
O„zbekistonning barcha viloyat markazlariga gaz quvur yo„llari o„tkazilgan. Gaz
quvurlari
ichida
Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent,
Muborak-Toshkent
trassalari juda muhimdir. O„zbekistondan Uralga (2100 km), Moskvaga (3500 km)
o„tkazilgan gaz quvurlari diametrining kattaligi va uzunligi jihatidan dunyoda
oldingi o„rinlardan birini egallaydi.